O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Amaliy mashg`ulot-aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan boshqarib
turiladigan , aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darslarda olingan maxsus bilimlar
asosida malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik
harakatlardir.
“Musiqa savodi metodikasi va ritmika” fanidan amaliy mashg’ulotlari asosan bolalar
asarlaridan tinglash,kuylash,musiqaga mos harakatlar bajarish va bolalar cholg’u asboblarida ijro
etish, o’zbek va jahon kompozitorlari asarlarini texnik vositalar orqali tinglash va tahlil qilishdir.
O`quv materiallarini vizuallashtirilgan holda, turli ko`rgazmali tasvirlar yordamida uzatilganda,
ham eshitish, ham ko`rish,ham amalda ijro etish orqali qabul qilinadi. O`quvchilarga
ko`rgazmalilik tamoyillariga asoslangan holda o`quv materiallarini yetkazish ularning diqqatini
jalb etishga yordam beradi va shu bois, bu materiallarni idrok etish, o`zlashtirish osonroq va
samaraliroq kechadi. Nafaqat amaliy malakalarni , balki nazariy bilimlarni o`zlashtirishda o`quv
materialini mustaqil yoki guruh bo`lib birgalikda o`rganish, ta`lim oluvchining o`zi
ma`lumotlarni qidirib topishi, tajriba o`tkazishi, nimanidir o`zi qo`lda bajarishi barcha sezgi
organlarini birvarakayiga ishlashga olib keladi va bu holatda o`zlashtirish yuqori bo`ladi.