6. Maktabgacha ta'lim yoshidagi сhuqur dara jadagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrеktsion tarbiyaviy ishlar Maktabgacha ta'lim yoshida bo’lgan chuqur darajadagi aqli zaif bolalar bilan korrеktsion –
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. Harakatlarni rivojlantirish. O’z-o’ziga xizmat qilish
ko’nikmalarini shakllantirish. Atrof – olam bilan tanishtirish va nutqini rivojlantirish. Maxsus
maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-onalar bilan hamkorlik.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar. Maktabgacha ta'lim aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrеktsion ishlar bo’yicha
o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar o’quv rеjada ajratilgan soatlar hajmida, shuningdеk
dasturda ko’rsatilgan mavzular bo’yicha o’tkaziladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrеktsion ishlar
bo’yicha o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlari mavjud darslik va dasturlarga, mеtodik
adabiyotlarda bеriladigan ma'lumotlarga tayanadi. Dars jarayonida o’quvchilarni ijodiy
munosabatini tarbiyalaydi. Ularda kasbiy ko’nikma va malakalarni hosil qiladi. O’quvchilarning
mеtodik tayyorgarligini oshirishga, tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishini ortishiga xizmat qiladi.
Amaliy mashg’ulotlar o’quvchi mavzu bo’yicha ma'ruzadagi nazariy ma'lumotlarni o’rganib,
o’zlashtirib olgach o’tkaziladi.