O‘quvchilarning mustaqil ishlarini baholash tartibi: har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani
bo‘yicha o‘quvchilarga fanning chuqur o‘zlashtirishni ta’minlashlari uchun nazariy va amaliy
jihatdan mustaqil ishlar berish va natijalarini baholash bo‘yicha alohida qayd jurnali yuritadi,
hamda har 45 kunda guruh o‘quvchilarining mustaqil ish natijalari fan kafedralarida muhokama
qilinib, natijalar umumlashtiriladi. Har 45 kunda mustaqil ish natijalari o‘rganilib, metod xonada
“monitoringi” chiqarib qo‘yiladi. O‘quvchilarda o‘z bilimini tekshirish malakasini rivojlantirish
maqsadida uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olingan bilimlarini mustahkamlash, qo‘shimcha
adabiyot, ro‘znoma, jurnallardan yangiliklarni o‘rganish, o‘quvchilarning o‘quv materiali
mazmunini tushunish uchun ularni reja asosida o‘qish, korreksion-rivojlantiriuvchi didaktik
o‘yinlar, konspekt yozish kabi amaliy ishlarga o‘rgatiladi. O‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb qilish
uchun mustaqil soatni noan’anaviy usullarda va har xil o‘yinlardan foydalangan holda tashkil
etiladi. Mustaqil soatlarda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlikda ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: