O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Mustaqil ishlarga ko‘rsatmalar Mustaqil ishning asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida o’quvchilarda
muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni
shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
O’quvchilar uchun mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat.
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarish ishiga tizimli va ijodiy yondashish;
Mustaqil ta’lim o’quvchilarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari
holatda mustaqil bilim ko’nikmalarini egallashlari uchun manba bo’lib xizmat qiladi.