2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish qonuniyatlari Nazariy mashg’ulot. Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha. Bolaning psixik
taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar. Psixik taraqqiyot qonuniyatlari.
Amaliy mashg’ulot. Psixik taraqqiyot va ta’lim. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari,
inqiroz davrlari. “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari”da bolalarning psixologik
xususiyatlari.
3. Chaqaloqlik va go’daklik davrida psixik rivojlanish. Amaliy mashg’ulot. Chaqaloqlik va go’daklik davrining xususiyatlari.Go’daklik davrida nerv
sistemasining va analizatorlarning rivojlanishi. Go’daklik davrida psixik rivojlanish. Harakatlarni
qondirish bilan bog’liq bo’lgan emotsional ehtiyojlarning paydo bo’lishi. Jonlanish kompleksi.
Go’daklik davrida sezgi, idrok, diqqat, xotiraning rivojlanishi. Kattalar bilan emotsional
aloqalarning rivojlanishi. Muomala jarayonida nutqni egallashning vujudga kelishi. Nutqni
tushunish va dastlabki so’zlar.
Amaliy ish. Chaqaloqlik va go’daklik davri xususiyatlarini tahliliy o’rganish. (rasmlar,
jadvallar, prezentatsiya). “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari”da 0-1 yoshdagi
bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanish ko’rsatkichlari.