IX-bo’lim. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR SHAXSINING SHAKLLANISHI. 1. Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi. (1-3 yosh) Nazariy mashg’ulot. Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishish xususiyatlari.
Go’daklik davridan ilk bolalik davriga o’tish. Bir yoshli inqiroz. Ehtiyojlarni qondirilishi asosida
turli hissiy holatlarning yuzaga kelishi. Bolaning boshqalarga bog’liqligi va mustaqilligi. Ilk
yoshdagi bola shaxsini shakllanishining sharoitlari.
Amaliy mashg’ulot.Uch yoshli inqiroz. Bolaning xulq-atvori va kattalar bilan muloqotida
yuzaga keladigan o’zgarishlar. «Men o’zim» konsepsiyasining vujudga kelishi. Bolalarda vujudga
keladigan illatlar – qaysarlik, o’jarlik, injiqlik sabablari. 3 yoshli bolalarning psixik rivojlanishidagi
asosiy o’zgarishlar. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”
2-3 yoshli bolalarning ijtimoiy-kommunikativ rivojlanishi.