O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Fanning o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Fanni o’qitishda qo’llaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari alohida ahamiyatga ega. O’quv
mashg’ulotlarini sifatli, qiziqarli tashkil etish maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalanish
o’quvchilarning kasbiy tayyorgarligi va ko’nikmalarini rivojlantirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning vazifasi va mazmunidan kelib chiqqan holda yondashish
kerak. Buning uchun dars oqilona tashkil etilishi hamda ta’lim oluvchilarning qiziqishini hisobga olish
o’quv materiallarini alohida bo’laklarga bo’lib, ularni mazmunini ochib berishda har bir usuldan o’z
o’rnida foydalanish. “Tarmoqlash”, “Sinkven”, “BBB”, “Aqliy hujum”, “Romashka metodi”,
“O’rgimchak to’ri”, “Issiq kartoshka”,“Bahs munozara” kabi texnologiyalardan, shuningdek, audio,
video, kompyuter tehnikalaridan foydalaniladi.
Baholash ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida o`quv maqsadlariga erishganlik
darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o`lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan
iborat jarayondir. Ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlarini va aqliy layoqatini
baholashda og`zaki va yozma baholash topshiriq shakllaridan foydalaniladi.
Test usuli, reyting tizimi, o`quvchining bilim va ko`nikmalarini egallash jarayonini
nazorat qilishdan esa pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholashda foydalaniladi.