17 hafta – 6 soat.
Yangi yil bayramida biriktirilgan guruh bilan ishtirok etish; kiyinish va tayyorlanishga
yordam bеrish; ota-onalar bilan ishlash - qishki mavsumda bolalarni to`g`ri kiyintirish mavzusida
suhbat o`tkazish.
18 hafta – 6 soat.
Kun tartibini mustaqil o`tkazish; bolalarda madaniy-gigiеnik ko`nikmalarni
shakllantirishni davom ettirish.
Shaxsiy gigiеna (qo`lni sovun bilan yuvish, tirnoqlarni tozalash, iflos qo`l bilan
ovqatlanmaslik, qo`l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash, kiyimlarni toza
saqlash); nonushtani mustaqil o`tkazish; bolalarni stol atrofida to`g`ri o`tirish, ovqatlanish
madaniyatiga o`rgatish (qoshiq, vilka, piyoladan to`g`ri foydalanish va oqizmasdan, sochmasdan
ovqatlanish); Sayrda bolalar bilan milliy o`yin o`tkazish; tabiat hodisalari bilan tanishtirishni
davom ettirish, qish fasli bilan tanishtirish (qishda kunlar sovuq bo`lishi, quyoshni kamroq
isitishi).
Dostları ilə paylaş: |