O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
7-hafta – 6 soat. Ertalabki qabulni mustaqil o`tkazish.Bolalarni “Ona – Vatan” haqidagi bilim doiralarini aniqlashni davom ettirish.
O`zbekistonni poytaxti Toshkent haqida savollar: Toshkentni mustaqillik maydoni,
ma'muriy binolar, favvoralar, shox ko`chalari; mashg`ulot –turli yosh guruhlarda “Ona shahrim –
Toshkentim” mavzusida suhbat. Texnik vositalardan foydalanib “Toshkent” haqida vidiofilm va
ashulalarni qo`yib berish. Sayrda Toshkent ko`chalariga ekskursiya uyushtirish. 8 hafta – 6 soat. Ertalabki soatda bolalarga 2-3 ta bo`lib o`ynash uchun yangi didaktik o`yinni o`rgatish. Didaktik o`yinni mazmuni, qoidalarga rioya qilishga o`rgatish; nonushta o`tkazish
jarayonida bolalar madaniy-gigienik ko`nikmalarga rioya qilishni o`rgatib borishni davom
ettirish; mujassam mashg`ulot o`tkazish (ona tili va tasviriy faoliyat) – “Ertaklar olamiga
sayohat” va ertaklar qahramoni “uchar gilam” rasmini solib hikoya qilish; sayrda bolalar bilan
olaqarg`ani kuzatish. Milliy harakatli o`yinlar o`tkazish.Ota-onalarga Toshkent shahrini
“Mustaqillik” maydoni, milliy bog’ va boshqa yirik majmualar bilan tanishtirishni tavsiya etish.