71
Adabiyotshunos Umarali Normatov istiqlol davri adabiy jarayon va
tanqidchiligi haqida so’z yuritib quyidagi fikrlarni qayd etgan edi: “Chop
etilgan son-sanoqsiz asarlar orasida aynan shu “Ey, odamzod, ko’zingni
och, sen nima uchun yashayapsan, inson degan nomga munosib bo’lish
uchun nima qilyapsan?” degan savollarni qat’iy qilib qo’yadigan, ularga
baholi qudrat javob izlaydigan, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-
oqibat va bag’rikenglikka da’vat etadigan yalt etib ko’zga tashlanadigan,
o’quvchini larzaga soladigan, o’y-mushohadalarga undaydigan hikoya,
qissa, romanlarga ham duch kelamiz”.
Zulfiya Qurolboy qizining “Yozsiz yil” “Muhabbat va nafrat”, “Rashk”
kabi
hikoyalari, “Armon asirasi”, “Mashaqqatlar girdobi”
romanlari shu xil
asarlar sirasidan. Bu hikoya va romanlarning barchasi bugungi kunimiz,
hozirgi globallashuv davri, bozor iqtisodiga o’tish pallasida odamlar
qismati va ruhiyatida kechayotgan evrilishlar haqida bahs etadi. Mualliflar
ayni shu evrilishlar chog’i chin insoniy qiyofasini – qalbdagi noyob xazina
– imon-e’tiqod, mehr-muruvvat, muhabbat tuyg’ularini saqlab qololgan asl
insonlar, ayni paytda, nafs balosi tufayli yuz tuban ketgan kimsalar,
bundan ham yomoni, turmush chigalliklari girdobida najot yo’lini,
o’zligini topolmay, arosatda sarsari kezib yurgan noshud-notavonlar
qismati ustida ehtiros bilan qalam tebratadilar.
Dostları ilə paylaş: