16
1.2. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining turlari.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinshidan, sinfdan
tashqari o’qish sistemasining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari, ya’ni
dastur bilan, uchinchidan, o’qituvchining oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar
bilan, to’rtinshidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.
1-sinfda o’quv yilining birinshi yarmida – tayyorlov bosqichida yangi
matnni o’qituvchi o’qib beradi; ikkinchi – boshlang’ich bosqichdagi sinfdan
tashqari o’qish darslarida yangi kichik hajmli kitobni o’quvchilar o’qiydilar,
ammo bu vaqtda o’quvshilarda mustaqil o’qish malakasi hali o’smagan bo’ladi.
Tayyorlov bosqichida o’tkaziladigan 20 minutlik sinfdan tashqari o’qish
mashg’ulotida 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos va qiziqarli bo’lgan, 5-6 minutda
o’qishga mo’ljallangan hikoya, ertak, she’rlar tanlanadi; o’qilganlar yuzasidan
suhbat, mazmunini qayta hikoya qilish, kitob muqovasini, rasmlarni ko’rishga ham
vaqt ajratiladi.
1-sinfda o’quv yilining ikkinshi yarmida o’tkaziladigan mustaqil o’qishga
rahbarlikning asosiy turi sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslarda
o’qituvshi kishik hikoyacha yoki she’rni o’qib beradi, so’ng o’qilganlar va
o’quvchilar oldin o’qiganlari yuzasidan suhbat o’tkaziladi, qisqa umumlashtiriladi,
kitob muallifi bilan tanishtiriladi. Keyin o’quvchilar yangi kitob bilan tanishadilar
va uni o’zlari mustaqil ichida o’qiydilar; suhbat o’tkaziladi. Boshlang’ish bosqish
davomida sinfdan tashqari o’qish darslarida bir necha marta mavzuga qaratilgan
yoki bir muallif yozgan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Albom yoki montaj
tayyorlanadi, konkurs o’tkaziladi, sinf kutubxonasi tashkil qilinadi, ertalik
tayyorlanadi. Yordamshi vosita sifatida 2-3 darsda diafilm yoki kinofilmdan parsha
ko’rsatiladi; 3 – 4 dars muzika eshittirish bilan, 4 – 5 dars o’qilganlarga rasmlar
chizdirish bilan o’tadi. Bir dars kitobni qanday saqlash, uni yamashni o’rgatish
maqsadida kutubxonada o’tkaziladi. Har bir sinfdan tashqari uqish darsida kitobning
muqovasi, nomi rasmlariga qarab, unda taxminan nima haqida yozilganini aytish
mashq qilinadi.
17
Boshlang’ich bosqichda bolalar hali yaxshi o’qiy olmaydilar, natijada
o’qiganlarini yaxlit idrok etish qiyin bo’ladi, shuning uchun darsning qiziqarli,
hayajonli o’tishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish ushun
o’qituvshi hikoya, ertak yoki she’rni ifodali, jonli o’qib berishga puxta tayyorlanishi,
o’kuvshilarni sinfda o’qib berishga tayyorlashi, muzikadan, rasmlar chizdirishdan,
diklamatsiya qilish, rollarga bo’lib o’qish singari ishni jonlantiradigan vositalardan
foydalanishi zarur. O’qilganlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatda mazmunni qayta
tiklashga oid savol va topshiriqlardangina emas, tahlilni rivojlantirish, o’quvchilarni
o’ylashga, taqqoslashga, xulosalashga o’rgatadigan savollardan ham foydalanish
zarur. Bu bosqichda bolalar o’qilganlarga munosabat bildirishga o’rgatib boriladi.
Bolalar boshqalarning yutug’iga xursand bo’ladilar, xafaligiga achinadilar,
halol, odil kishilar ularni quvontiradi, yolg’onchi, pastkash kishilardan
nafratlanadilar. Bolalarda faraz qilish, tasavvur etish qobiliyati kuchli bo’ladi, qayta
hikoya qilishda asar qahramonlari roliga kiradilar. Darsni tashkil etishda bularning
hammasini hisobga olish zarur.
Boshlang’ich bosqichda «Ertaklar bayrami» mavzusida o’tkalidigan sinfdan
tashqari o’qish darsi ko‘rinishini beramiz. Bu darsni o’tkazishga tayyorgarlik ikki
xafta oldin boshlanadi. O’qituvchi topshirig’iga ko’ra bir guruh o’quvchilar kitob –
ertak ko’rgazmasi tayyorlaydilar. Bu ko’rgazmaga o’quvchilarning o’zlari to’qigan
ertaklari ham qo’yiladi. Bolalar ertaklarga rasmlar shizadilar. «Ertaklar bayrami» ga
1-sinf o’quvchilarning har biri o’zining ertak kitobini olib keladi.
«Ertaklar bayrami» darsi yuqori emotsionalligi, barcha ishlarning ijobiy
yo’naltirilganligi, uni tayyorlash va o’tkazishga hamma o’quvchilar jalb qilinganligi
bilan ajralib turadi. O’kituvshi boshlang’ich bosqichda o’quvchilarning aqliy
faolligini o’stirish haqida g’amxo’rlik qiladi, darsda ishlashning uslubi priyomlarini
tanlashda, kishik yoshdagi bolalar o’quv mehnatini tashkil etishda shu maqsadni
ko’zda tutadi.
Uchinchi – asosiy bosqichda o’tkaziladigan sinfdan tashqari o’qish darslari
2-sinfda xafta davomida, 3-4-sinflarda esa ikki xafta davomida o’qilganlarni
yakunlashga, xulosalar shiqarishga xizmat qiladi. Bu bosqichda bolalar o’qib kelgan
18
kitoblar hajmi anchagina katta bo’ladi. Bolalar o’qib kelgan kitoblardan ayrim
parchalar tanlab o’qiladi, analitik ishlar o’tkaziladi, o’qilganlarning hammasi
umumlashtiriladi, muhokama qilinadi va hokazo. Boshqacha qilib aytganda bu
bosqichdagi sinfdan tashqari o’qishsizlik darajasi darslari umumlashtiruvchi
xarakterda bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: