Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Xalq ertaklari
mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy maishiy hayotning hamma masalalari o’z ifodasini
topadi, desak xato bo’lmaydi. Boshlang‘ich sinflarda bu janrda yaratilgan asarlarni
o‘rganish, g‘oyasi, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘quvchi ongiga chuqurroq
singdirish uchun o‘qish darslari bilan chegaralanib qolmay, balki sinfdan tashqari
o‘qish darslarida ham ishlash zarur. Sinfdan tashqari o‘qqish darslarida ertaklarni
ustida ishlashni ko‘rsatib bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi hisobanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilandi:
- boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining maqsadi,
vazifalari va ahamiyatini o‘rganish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarining hajmi va ularga qo‘yilgan talablar bilan
tanishish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish usullari va shakllarini
o‘rganish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash tizimi va usullarini
ko‘rsatib berish;
- ertak janri va ertaklarning turlarini o‘rgani;
- boshllang‘ich sinflarda ertak ustida ishlash tizimini ko‘rsatish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar yordamida o‘quvchilarda
vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik tuyhularini
shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |