o'qishdan oldin o'quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar,
muallifini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.
so'ng o'qitiladi. Asarning oson o'qiladigan o'rinlarini bo'sh o'qiydigan
bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qiydilar. Shuning uchun
o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik
13
Boshlang’ich bosqichda sinf ushun umumiy bo’lgan kitob sinfdan
tashqari o’qish darsida o’qib beriladi; uyga vazifa har bir o’quvchiga individual
yondashgan holda topshiriladi. Darsda o’qish uchun beriladigan vazifalar ham
individuallashtiriladi: «bo’sh» o’quvchilar gap qurilishi sodda, notanish so’zlari
bo’lmagan kichik bir qismni o’qiydilar. Boshlang’ich bosqichning oxirida
o’quvchilarning o’qish malakalari ancha stabillashadi. Bolalar so’zlarni sintetik
o’qishga, ayrim o’quvchilar tekis va ifodali o’qishga o’tadilar. O’quvchilar
o’rtasidagi individual farq ancha kamayadi. Bolalarning o’quv ishidagi tajribasi
ortadi. Bularning hammasi bolalarni keyingi bosqichga o’tishga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: