140-95 mm simob ustunining 160-5 mm dan yuqorisi
gipertenziya deb
hisoblanadi. Markaziy nerv tizimining ruxiy zarbaga uchrashi, o’ta zo’riqishi,
moddalar
almashinuvining buzilishi, zararli odatlar (spirtli ichimliklar, chekish).
irsiyat muhim rol o'ynaydi. Bu omillar ta'sirida mayda arteriyalar bo'shlig’ining
vaqtincha keyinchalik doimiy torayishi (spazmi) natijasida sistolik va diastolik
arterial qon bosimi кo’tarilib
ketadi.
Gipertoniya kasalligining kechishida uchta bosqich farq qilinadi
(A.L.Myasnikov).
l-bosqich kasallikning boshlang'ich davri bo'lib, yuqorida qayd etilgan sabablar
ta'sirida arterial qon bosimi qisqa vaqt ko’tariladi. Sabablarini bartaraf qilingandan
so’ng bemorning ahvoli yaxshilanib, bosim o’z holiga tushadi. II-bosqichda qon
bosimining ko’tarilishi doimiy (turg'un) bo’lib bemor maxsus davolanmasa,
arterial bosim normaga tushmaydi III-bosqichda
qon bosimi davo tadbirlari
qo'llanganda ham normallashmaydi. Bunda buyrak, aorta, yurak, miya va boshqa
organlar tomirlarida qaytmas o'zgarishlar yuzaga keladi.Kasallikning ilk davrida
asabiy zo’riqishlardan so’ng bosh og'rig'i vaqti-vaqtida bosh aylanishi, quloq
shang'illashi, darmonsizlik, yaxshi uxlay olmaslik, belgilari seziladi.
Gipertoniyaning keyingi bosqichlarida puls (tomir urushi) tezlashadi,
taranglashadi.Yurak chegaralarning chapga kengayganligi qayd etiladi.
Davosi. Bemorlar dam olish va uxlash rejimiga qat'iy rioya qilishi zarur. Ularning
asab tizimiga ta'sir qiluvchi omillar(ni) bartaraf qilinadi. Parhez
rejimiga rioya
qilish, holesteringa boy mahsulotlar (yog’li, go’sht, yog’), chegaralanadi, sho’r
taomlar man etiladi. Dori moddalaridan dibazol. papaverin. platifillin qo'llaniladi.
Profilaktika. Dam olish, uxlash rejimini yaxshi tashkil etish, korxonalarda, oilada
yaxshi munosabatlar o’rnatish. Gipertoniya kasalligining formalarini o’z vaqtida
aniqlash va davolash zarur.
Gipertonik kriz-gipertoniya kasalligining keskin kuchayishi bo'lib arterial
bosimning birdaniga o'tkir ko’tarilib ketishi bilan xarakterlanadi.Bemorning boshi
aylanadi, bosh og'rig’-kuchayadi, arterial bosim to’satdan ko’tarilib ketadi. Ba'zan
bemorning ko’ngli ayniydi, qayd qiladi, birdaniga holsizlanib hushidan
ketadi.Miyada qon aylanishi buzilishi natijasida harakatlar, nutq
buzilishi yuz
berishi mumkin. Og’ir hollarda shoshilinch davo choralari ko’rilmaganda miyaga
qon quyiladi (insult).
Dostları ilə paylaş: