Siydikni o'tkir tutilishiga prostata
bezini o’sma kasalliklari, qovuqdagi toshlar,
orqa miya kasalliklari sabab bo'ladi.
Bemor mustaqil siya olmaydi, siydik qovuqda to’planib boradi. Siydik tutilishi
qovuqning chizilishiga va qorinda qattiq og'riq bo'lishiga olib keladi, bular o’z
navbatida boshqa ichki organlar (ichak o’pka va boshqalar)
funksiyasining
reflektor ravishda buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.Birinchi yordam sifatida
bemorga bir stakan sovuq suv ichiriladi, oraliqqa grelka qo’yiladi, bemorga
oqayotgan suv tovushi eshittiriladi, ozroq tozalash klizmasi qilinadi, beladonnali
shamchalar qo’yiladi. Agar shu
choralar natija bermasa, bemorni tezda
kasalxonaga olib borish kerak, bu yerda siydikni kateter bilan chiqariladi (kateter
maxsus rezina yoki metall naycha bo'lib, uni siydik
chiqarish kanali orqali qovuqqa
kiritiladi.
Homiladorlik toksikozlari nerv, yurak-tomir, endokrin tizimlar va moddalar
almashinuvining o'zgarishi tufayli kelib chiqib, tug'ruqdan so’ng o’tib
ketadi.Homiladorlikiiing -birinchi (ilk) va ikkinchi
yarmi (kechki)
toksikozlar farq
qilinadi.
Ilk toksikozlar homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ro'y beradi. Ayolning
umumiy ahvoli o’zgaradi, jizzaki bo'lib qoladi. Ko’ngli ayniydi, so’lagi oqib (ko'p,
ya'ni bir kunga 1 litrgacha oqishi mumkin), keyin qusadi. Ba'zan ayol hadeb
qusaveradi, darmonsizlanadi, ozib boshlaydi, uyquchan va serjashl bo'lib qoladi.
Uning qon bosimi pasayadi, tana harorati ko’tariladi, pulsi tezlashadi, terisi
quruqlashadi, og'zidan nohush hid keladi.Ilk toksikozlarda homilador ayol ayollar
konsultasiyasiga qatnab davolanishi mumkin. Haddan tashqari ko'p qusish ayolni
kasalxonaga yotqizishni talab etadi. Homilador ayolga kasalxonada tinch va
osoyishta sharoit yaratilib, ko'proq uxlash tavsiya qilinadi. Kofein 1 ml 10 %
eritmasi kuniga 2 mahal teri ostiga, qayt qilmayotgan bo’lsa tabletka holida
beriladi. Aminazin, etapirazin, propazin kabi dori moddalari enteral va parenteral
usullarda organizmga kiritiladi. Vitaminlar buyuriladi.Kech toksikozlar
homiladorliking ikkinchi
yarmida ko'pincha. singgi oylarida vujudga keladi.
Bularga homiladorlik istisqosi, mikropatiya, preeklampsiya va eklampsiya kiradi.
Kech toksikozlarning barchasi ketma-ket kelib, kasallik holati bosqichma-bosqich
kechadi.Homiladorlar istisqosida shish paydo bo'ladi. Odatda u to’piqdan
boshlanib,
tizza, son, qorin va tashqi jinsiy organlarga o'tadi, so’ngra
asta-sekin
butun tanaga tarqaladi. Homilador ayol oyda 2 marta konsultasiyaga borishi,
shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi, haftada bir marta tarozida tortilib turishi
lozim.
Suyuqlik (sutkada bir litrgacha ruhsat etiladi)
va tuzni cheklash, servitamin
ovqatlar, sabzavot va mevalar, tvorog, kefir ist'emol qilish tavsiya etiladi. Ayol o’z
vaqtida davolanmasa nefropatiyaga o'tadi. Nefropatiyani asosiy belgisi shish, qon
bosimining oshishi va siydikda oqsil bo'lishi. Homilador ayol zudlik bilan
kasalxonaga yotqizib davolanadi.
Preeklampsiyada ham nefropatiyadagidek simptomlar va ayolning qattiq boshi
og'rishi,
ко'z xiralashishi, ko’krak ostida og'riq
paydo bo'lishi kuzatiladi.
Bosh og'riq, ко’z
xiralashuvi, miyada qon aylanishining jiddiy buzilganligidan dalolat beradi.
Bemor
vaqtida davolanmasa preeklampsiya yanada og'irroq kasallik eklampsiyaga
o’tishi
kuzatiladi.
Eklampsiyada tutqanoq
tutadi, bemor hushidan ketadi. Eklampsiyada tutqanoq
tutish alomatlari yuz va qovuq muskullari tortishganda
paydo bo’lganda, darhol
tez
yordam chaqirilib,
u kelguncha
bemorni havosi toza, qorong'iroq xonaga yotqizib,
tinch qo’yiladi. Tutqanoq
tutganda bemorning biror
joyiga shikast yetmaslik
chorasini
ko’rish lozim. Tilini tishlab olmaslik uchun bandiga doka o'ralgan qoshiq
og’ziga solinadi.
Tutqanoq xuruji
to’xtagandan so’ng bemorni so’lagi nafas yo'llariga tushmasligi
uchun og'zini doka salfetka bilan artib olinadi.Tug'ruqxonalar tarmog’ining
beqiyos o’sganligiga va homilador ayollarning yaxshi dispanserizasiya qilinishiga
qaramay, ba'zan uy sharoitda, poyezdda, samolyotda, va shu kabilarda tug'adigan
xotinlarga
birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga to'g’ri keladi.Tug'ruqga yordam
ko’rsatuvchi odam avvalo
aseptik
sharoitlar yaratish
to'g’risida g'amxo’rlik
qilishi kerak: Qo’lni yaxshlab yuvish va zararlantirish, qaychi yoki pichoqni
dezinfeksiya qilish, kindikni bog’lash uchun steril
bint tayyorlash yoki spirtga
(yod eritmasiga) pishitilgan ip, tasmachani solib qo’yish lozim. Bordi-yu bola
asfiksiya bilan tug'ilganda burun yo’llari og'zidan homila
oldi suvlarini tortib olish
uchun rezina nokchani taxt qilib qo’yish kerak.Tug'ilgan chaqaloqni qaynoq
dazmollangan toza choyshabga (yo’rgakka)
yotqiziladi. Kindikdagi pulsasiya
aniqlanmay, qolganda, kindik tizimchasi bola kindigidan 5-10 sm yuqorida
tayyorlab qo’yilgan ip tasmacha yoki bint tilishi bilan ikki joyidan bog'lanadi,
so’ngra kindikni bog'lagan ligaturalar o'rtasidan kesiladi.
Agar bolaning nafasi chiqmasa, bolaning
burni va og'zidagi suvlarni rezina
nokcha bilan tortib, so’ng og'izdan- og'izga usulida sun'iy nafas oldira boshlash
lozim.Onani va
yangi tug’ ilgan chaqaloqni imkon boricha tezroq tug'uruqxonaga
olib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: