O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


 Tananing qon oqayotgan qismini gavdaga nisbatan yuqori ko'tarib



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

1. Tananing qon oqayotgan qismini gavdaga nisbatan yuqori ko'tarib 
qo'yish. Bu usul qo'l-oyoq venalaridan ozroq qon oqayotganda uni kamaytirishga 
va hatto to'xtatishga imkon beradi. Kapillyar qon oqayotganda jarohat bosib
bog'langandan keyingina qo'l-oyog'ini ko'tarib qo’yish kerak, tomirlarda bosim 
pasayadi va qon iviydi.
2) Shikastlangan joyni bosib turadigan bog'lamda bosib turish. Yumshoq 
to'qimalardan qon ketayotganda (kalla, boldirning oldingi yuzasi, tizza, tirsak 
bo’g’imlari terisi jarohatlanganda) vena va arteriyada qon ketganda bosib
bog'lash foydali. Jarohat chetlariga yod nastoykasi surtilgandan keyin bir 
necha qavat sterillangan doka yopib, ustidan qalin paxta qo’yiladi-da, zichlab bint
o’raladi Bog’lam tagida bosilgan qon tomirlardagi qon tez ivib tromb hosil qiladi.
 3) Arteriyaning yuqorirog'ida barmoq bilan bosib turish. Arterial qon 
oqishida shoshilinch to'xtalishning eng tarqalgan usuli
hisoblanadi. Arteriya 
yuzada yoki suyak yaqinida bo'lsa, shu suyakka qarab bosish mumkin. Arteriya 
barmoq bilan to'g'ri bosilsa teshigi yetarlicha to'la berkitiladi. Ko'pincha jgutni 
boshqatdan solishda shu usuldan foydalaniladi. Barmoq bilan bosib turib qon 
oqishini uzoq vaqt to’xtatib bo’lmaydi, chunki bu katta jismoniy kuch talab qiladi
yordam ko'rsatuvchini charchatadi va transportirovka qilish imkoniyatidan deyarli 
mahrum qiladi. Bu usul juda qulay, u jarohatga iflos tushurmay, qon to'xtatishni 
ta'minlaydi. Arteriyani barmoq bilan yuqorirog'idan bosib turish qo'1-oyoqlardagi, 
bo'yin va boshdagi arteriyalardan oqayotgan qonni vaqtincha to'xtatishda eng qulay 
bo'lgan birdan-bir usuldir. Yelka arteriyasini yelkaning yuqoridagi uchidan bir 
qismida qo'ltiq chegarasidan bosish yaxshi natija beradi. Barmoqlar yelkaning 
ichki etagiga qo'yilib, arteriya yelka suyagiga bosiladi. Son arteriyasi chov burmasi 
o'rtasining naq pastida bosib turiladi. Bu arteriyani musht bilan bosib turish 


mumkin, arteriyani bosh barmoq, kaft, musht bilan bosib turish mumkin, umumiy 
uyqu arteriyasini oltinchi bo'yin umurtqasining uyqu do’mbog'iga bosib turiladi, 
barmoqlar to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon o’siq muskulining o'rtasiga qo'yiladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin