Microsoft Word Bir havodan nafas olish-Жамият doc


OQILONA MUNOSABAT ZARURATI



Yüklə 238,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix20.05.2022
ölçüsü238,7 Kb.
#116070
1   2   3   4   5
Bir havodan nafas olish-saiqhiolyggh

OQILONA MUNOSABAT ZARURATI 
Atrof-muhit, aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik vaziyatni sog'-
lomlashtirishda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta`minlash, atrof-muhit holatining 
inson salomatligi bilan o'zaro munosabati yuzasidan O'zbekiston ekologik harakati keng 
jamoatchilik, o'zini-o'zi boshqarish organlari ishtirokida qator tadbirlar o'tkazib kelmoqda. 
Ayniqsa, Ekoharakat faollarining «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar 
korxonasi faoliyatining atrof-muhitga va inson salomatligiga zararli ta`siriga qarshi 
Surxondaryo viloyatida o'tkazgan ommaviy tadbirlari O'zbekiston ekologik harakatining 
o'z maqsad va vazifalariga erishish yo'lidagi amaliy sa`y-harakatlarining yorqin isbotidir. 
O'zbekiston ekologik harakati vakillari 2011 yilning 6 sentyabr kuni Surxondaryo 
viloyati aholisining «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar koxonasi 
faoliyati natijasida aholi salomatligiga va atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy 
ta`sirga qarshi jamoatchilik noroziligi aks etgan murojaatni Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasiga topshirdilar. 
Xulosa o'rnida aytish joizki, bir mintaqada, bir daryodan suv ichib, bir havodan nafas 
olayotgan davlatlarning ekologik muammolari ham birdir. Uni yechishda ham birlik, 
hamjihatlik muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, vujudga kelgan ekologik 
vaziyatni hisobga olgan holda, transchegaraviy ifloslanish masalalari, ekologik, ijtimoiy 
va iqtisodiy muammolarni hal etish asnosida bajariladigan yagona tizim va xolis 
yondashuv O'zbekiston Respublikasi bilan birga Tojikiston Respublikasi uchun ham 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat 
unitar korxonasi tashlamalarining salbiy ta`siriga duchor bo'lgan hududning ekologik 
holatini yaxshilash bo'yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Bu kabi 
chora-tadbirlarni amalga oshirayotganda va tegishli hujjat hamda materiallarni 
tayyorlayotganda o'zaro manfaatli, mingyillik qo'shnichilik va samarali hamkorlik 
doirasida xolis, vazmin yondashuvni namoyon etish zarur bo'ladi. Qolaversa, atrof-muhit 
muhofazasini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta`minlashga ustuvor vazifa sifatida 
qarab, nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarimiz taqdiri uchun ham mas`ul ekanimizni 
unutmasligimiz kerak.
Abdurahim QURBONOV, 
Siddiq ABDUBOQIEV,  
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  
Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi a`zolari. 

Yüklə 238,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin