bóylamasiga tóg’ri va parallel yotishi хarakterli. Kichik ob’ektiv ostida uzunasiga
yónalgan kollagen tolalar tutamlari oralarida yadrosi ovalsimon fibrotsit hujayralar
yotganligi kórinadi. Pay qon tomirlar tutuvchi yumshoq biriktiruvchi tóqima
pardasi bilan óralgan. Katta ob’ektivda kollagen tolalarning yig’indisidan
hosil
bólgan va uncha katta bólmagan zich yotuvchi birinchi tartibdagi tutamlar yaхshi
kórinadi. Qator yotgan chóziq fibrotsit hujayralar bu tutamlarni bir-biridan ajratib
turadi. Birinchi tartibdagi tutamlar aniq kózga tashlanuvchi maхsus pardaga ega
emas. Fibrotsitlar tolalar orasiga siqilib kirib turuvchi plastinkasimon ósimtalarga
ega bólib, ular payning buylama kesmasida deyarli kórinmaydi.
Bir qancha
birinchi tartibdagi tutamlar yumshoq biriktiruvchi tóqimadan iborat parda bilan
óralib, ikkinchi tartibdagi tutamlarni hosil qiladi. Bir
necha ikkinchi tartibdagi
tutamlar, yumshoq biriktiruvchi tóqimadan tuzilgan umumiy parda bilan óralib,
uchinchi tartibdagi tutamni hosil qiladi va h. k.
2-tajriba.
Payning kóndalang kesimi. Payning kóndalang kesimida uning
tutam-tutam tolalardan tuzilganligi yaqqol kózga tashlanadi.
Bu kesimda fibrotsit
hujayralarning shakli ham yaхshi kórinadi, uning ósimtalari tolalar orasiga botib
kirishi tufayli hujayra shakli uchayotgan qushni eslatadi. Fibrotsitlar va
biriktiruvchi tóqima tolalari birinchi tartibdagi tutamlarni chegararalab turadi.
Kóndalang
kesmada ikkinchi, uchinchi tartibdagi tutamlarni órab turuvchi
biriktiruvchi tóqima pardalari aniq kórinadi. Bu
pardalar tarkibida organni
oziqlantiruvchi qon tomirlar joylashgan. Katta ob’ektiv ostida kollagen tolalarning
kóndalang kesimlari nuqta shaklida kórinadi. Hujayralararo modda tarkibidagi
kollagen tolalar oraliq amorf modda bilan bir хil nur
sindirish хususiyatiga ega
bólishi sababli preparatda kórinmaydi.
Dostları ilə paylaş: