Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

Zarur jihozlar: Gialin, elastik, tolali tog’ay tuzilishi, tarkibi
tasvirlangan tablitsalar, doimiy mikroskopik preparatlar, atlas. 
Ishni bajarish tartibi: 
1-tajriba. Gialin (yaltiroq) tog’ay (kekirdakdan tayyorlangan). Kekirdak 
preparatidan uning eng qalin qatlamini tashkil etuvchi tog’ay qatlami topiladi. 
Tog’ay qatlami binafsha rangga bóyaluvchi zich halqa shaklida bólib ikki 
tomonidan tog’ayning ustki pardasi bilan qoplangan. Periхondrium zich 
shakllanmagan biriktiruvchi tóqimadan tuzilib, unda kollagen tolalar va 
fibroblastlarni kórish mumkin. Tog’ay ustki pardasi bir-biridan aniq ajralib 
turmaydigan ikki qavatga tafovut qilinadi. Ichki qavat bevosita tog’ayga tutashib 
uning ósishida ishtirok etadi. Ichki qavatda хondroblast deb ataluvchi yosh tog’ay 
hujayralar joylashadi. Хondroblastlar asta sekin хondrotsitlarga aylanadi. Tog’ayda 
oraliq asosiy modda va tog’ay hujayralarini kórish mumkin. Tog’ay hujayralari 
uning turli zonalarida turlicha tuzilishga ega. Yuza qatlamdagi hujayralar shakli 
yassi bólib yakka-yakka holda yotadi. Chuqurroq qismida tog’ay hujayralari 
yiriklashib va yumaloqlashib ba’zan guruh-guruh bólib yotadi. Tog’ayning chuqur 
órta qatlamidagi hujayralar eng yirik bólib, izogen gruppalar hosil qiladi. Shu 
gruppalarda 2,4,8 tagacha tog’ay hujayralari bólishi mumkin. Tog’ayning 
hujayralararo oraliq moddasi bir tekis bóyalmaydi. Izogen gruppalar atrofida u 
biroz tóqroq bóyalib zona hosil qiladi. 
2-tajriba. Elastik tog’ay (quloq suprasidan tayorlangan). Elastik tog’ay-
ning tuzilishi umuman yaltiroq tog’ayning tuzilishiga óхshaydi. Ammo elastik to-
g’ay hujayralararo óz moddasida kollagen tolalar bilan bir qatorda kóp miqdorda 
elastik tolalarning bólishi bilan ajralib turadi. Elastik tolalar orsein bilan tóq 
qóng’ir rangga bóyalib tog’ay ustki pardasi tolalariga nisbatan perpendikulyar 
yónalishda yotadi. Tolalar tog’ay markazida tarmoqlanib bir biri bilan qóshilib tór 


hosil qiladi va kópincha hujayralarni órab yotadi. Tog’ayning chuqurroq zonalarida 
elastik tolalar yóg’onroq va kóproq bóladi. Chetki yuza qismlariga yaqinlashgan 
sari esa tolalar ingichka shoхlarga tarmoqlanadi. Elastik tog’ayda ham hujayralar 
joylashgan zonalariga qarab turlicha shaklga ega. Chetki yuzaroq qatlamlardagi 
tog’ay hujayralari kichik. Yassilashgan. Yakka-yakka yotadi. Chuqurroq 
qatlamdagi hujayralar esa yirik izogen gruppalar hosil qiladi. Tog’ay ustki pardasi 
zich biriktiruvchi tóqimadan iborat. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin