suyaklanish dastlab tog’ayning ustki pardasi ostidan boshlanadi. Hosil bólgan
suyak moddasi diafizni хuddi belbog’ singari óraydi. Bu jarayon periхondral
suyaklanish deyiladi, sóngra periхondral belbog’ órab turgan joyda oziqlanishning
buzilishi tufayli tog’ayda distrofik ózgarishlar
yuz berib, uning emirilishiga olib
keladi. Emirilayotgan tog’ay órnida ham ichki suyak hosil bóla boshlaydi. Bu
jarayon endoхondral suyaklanish nomini olgan.
Tog’ay diafizdan har ikkala epifiz tomon suyaklanib boradi.
SHu sababli
preparatda suyaklanishning turli boskichlarini óz ichiga olgan murakkab jarayonni
kórish mumkin. Chunonchi, diafiz qismida shakllana
boshlagan suyak moddasi,
epifizga tomon esa emirilayotgan tog’ay va undan keyin normal tog’ay zonalari
kórinadi.
Shunday kilib, preparatda suyak diafizida hosil bólayotgan suyak
tósinlarini kórish mumkin. Suyak tósinlari tóq pushti rangga bóyalib,
ularning
chetlariga osteoblast hujayralari yopishib yotadi. Tósinlar ichida osteotsitlar
joylashgan. Suyak tósinlari
orasida mezenxima joylshib, unda kópgina qon
tomirlarni kórish mumkin.
34-rasm. Tog’ay modadan suyak hosil bo’lishi
Tog’ayning yemirilish zonasidan sóng, uning ohaklanish zonasi joylashgan. Bu
erda suyak tósinlari bilan óralgan tog’ay qoldiqlari kórinadi. Ular tog’ayning
bazofil bóyaluvchi hujayralararo moddasidan iborat. Sóng pufaksimon hujayralr
zonasi yotadi. Bu erda tog’ay
hujayralari shishib, och bóyaladi, yadrosi esa
burishib emiriladi. Demak bu zonada tog’ayning emirilishi boshlanadi. Preparatni
epifizga tomon kóproq siljitsak, tog’ay hujayralari qator-qator bólib tizilib
yotganini kóramiz. Hujayralarning bu kórinishi ustma-ust
yotgan tangachalarni
eslatadi. Shu sababli bu qatlam hujayralarini ustunchalar zonasi deb ataladi. Bu
qatlamdan sóng normal tog’ayning keng zonasi kózga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: