4
(gomeostazni) belgilaydi. Barcha funktsiyalar hujayralar va hujayralararo modda
vositasida bajariladi. Biriktiruvchi to`qima morfologiyasini o`rganish shu
to`qimaning kasalliklarini (kollagenozlarni) va turli jarayonlarga bo`lgan javobini
(immunologik reaktsiya, yallig`lanish, regeneratsiya) tushunishga yordam beradi.
1-rasm. Izoh.Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to`qima.
BIRIKTIRUVCHI TO’QIMANING
HUJAYRA ELEMENTLARI
Siyrak biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan:
fibroblast, makrofag, plazmatik (plazmotsit), to`qima bazofili (semiz hujayra),
peritsit, retikulyar, adipotsit (lipotsit yoki yog` hujayra), pigment, endoteliy va
adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan
tashqari
, biriktiruvchi to`qimada qon
orqali o`tgan qon shaklli elementlari (leykotsitlar) ham uchraydi.
Dostları ilə paylaş: