23
ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi, inflyatsiya sur’atining
jilovlanishi, ishsizlik darajasining past sur’atda ta’minlanib turilishi,
milliy
valyuta devalvatsiyasining past sur’atlariga erishilishi va davlat byudjeti
taqchilligi ijobiy darajasida bo‘lishiga ta’sir qilgan hamda unga zamin yaratgan
hodisa va jarayonlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi omillar deyiladi.
Mamlakatimizning
mustaqillik
yillaridagi
makroiqtisodiy
barqarorqarorlikni ta’minlash davrlarini 3 bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiq (1.2.2-jadval).
1. 1991-1996 yillar: makroiqtisodiy beqarorlikka barham berish bosqichi
(ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish va iqtisodiy o‘sishga erishish).
2. 1997-2004 yillar: makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish bosqichi
(YAIMning aholi jon boshiga o‘sishiga erishish, inflyatsiyani keskin pasaytirish
va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash).
2005-yildan hozirgacha bo‘lgan davr: makroiqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash bosqichi (davlat byudjeti va joriy operatsiyalar hisobi ijobiy
saldosini hamda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash).
Istiqlol yillarida mamlakatimiz YaIM qariyb 6 barobarga, uning aholi jon
boshiga to‘g‘ri kelishi esa 4 barobardan ziyodga oshdi. 2000-2016
yillarda
qishloq xo‘jaligini mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 16,1
foizgacha qisqargani holda, aksincha sanoatning ulushi mutanosib ravishda 14,2
foizdan 34 foizgacha oshgan.
28
Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo
bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon’yunkturaga qaramasdan, so‘nggi
yillarda respublikamiz makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatgichlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishmoqda. Xususan, 2015-yil yakuni
bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2014-yilga
nisbatan 8 foizni, 2016-yilda 2015-yilga nisbatan 7,8 foizni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: