o„zida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni o„z vaqtida
aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat
yuritishda shaxsiy qiziqishlarni ta‟minlaydi. Bu esa o„z
navbatida ushbu
faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi.
Ikkinchi jihat kasb tanlashning psixofiziologik omillarni talab qilmaydi, lekin
shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik bo„yicha faoliyat yuritayotgan
shaxsga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi.
Kasbiy tanlovning uchinchi jihati – shaxsning stressga barqarorligini
tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o„zi yo„q. Har qanday kasbda tezkor va
nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin.
Ta‟lim dasturlarida ko„pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko„nikmalarini
shakllantirishga ahamiyat berilmaydi.
Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan
alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning
chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa,
tashkilot va ish
joylarida kadrlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta‟minlaydi.
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv
tavsifnomasini yetarli darajada ta‟minlab beruvchi qator
uzviy bosqichlarni qamrab
oladi.
Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik
xususiyatlari baholanadi. Bu to„g„ridan to„g„ri ushbu faoliyatni o„rganish yoki
ishlab chiqilgan me‟yoriy talablar
va ish yurituvchi hujjatlar, ko„rsatma, texnologik
xarita, o„quv dasturlari, ma‟lumotnomalarni qo„llash orqali amalga oshiriladi. Bu
bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo„lgan noqulay
vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi
Faoliyatni o„rganish asosida ushbu mutaxassislik bo„yicha nomzodga
qo„yiladigan talablar tizimi ishlab chiqildi:
-tibbiy talablar (sog„liq holati, umumiy tibbiy ko„rsatkichlar);
-talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi);
-xarakterologik talablar (xarakter va
shaxs xususiyatlari, motivasiya);
-psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya
tezligi,
emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va
boshqalar)
Dostları ilə paylaş: