radioelektronika kabi ko‘plab muhim sohalarda
yuqori samaradorlik va
tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda.
Mamlakatimizda
fan,
ta’lim
va
ishlab
chiqarish
integratsiyasini
rivojlantirishga
qaratilayotgan
e’tibor,
intellektual
salohiyatning
qo‘llab-
quvvatlanishi samarasida ilm-fanning ushbu zamonaviy yo‘nalishi ham izchil
taraqqiy etmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyuldagi
“Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu
boradagi sa’y-harakatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni
tizimli asosda tashkil etish va rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus
dastur asosida Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limi, Polimerlar kimyosi
va fizikasi,
Yadro fizikasi, Umumiy va noorganik kimyo institutlari, Toshkent davlat
texnika universitetining “Fan va taraqqiyot” ilmiy texnologik majmuasi va boshqa
ilmiy muassasalarda nanotexnologiyalar sohasida qator istiqbolli loyihalar amalga
oshirilmoqda.
Bugun tobora rivojlanayotgan mamlakatimiz sanoatini va zamonaviy ishlab
chiqarish sohalarini polimer mahsulotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu ehtiyojni
qondirish
uchun
ilmiy
tadqiqot
ishlari
va
nanotexnologik
ishlanmalarni
muvofiqlashtirish asosida nanotizimlar hamda nanomateriallar sanoatini yaratish
zarurati yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida
nanotexnologiya yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi
ushbu ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan.
Shu maqsadda
polimer tizimlarda nanozarrachalar va nanotuzilmalarning shakllanishi, ularning
yaratilishi, materiallarning maxsus xossalarida namoyon bo‘lishini o‘rganish hamda
undan amalda samarali foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilayotir. Mazkur
institutdan ma’lum qilishlaricha, bunday fundamental tadqiqotlar allaqachon
o‘zining yuqori samaradorligini namoyon etmoqda. Qator loyihalar bo‘yicha muhim
natijalarga erishildi, xususan, tabiiy va sintetik polimerlardan
nanopolimer tizimlar
ajratib olindi.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlariga zararkunandalar, hasharotlar va
kasalliklarga qarshi bir necha bor kimyoviy ishlov beriladi. Hozir amalda
foydalanilayotgan bunday vositalar asosan chetdan valuta evaziga olib kelinadi.
Qolaversa, ularning foydali jihatlari bilan birga atrof-muhitga muayyan salbiy ta’siri
ham bor.
Shu bois institut olimlari bunday vositalarni mahalliy xomashyo va
texnologiyalar asosida ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.
Masalan, ipak qurti g‘umbagidan ajratib olinadigan “O‘zxitan” preparati ekologik
sof va samaradordir. Nanotexnologiyalarning muhim xususiyatlarini o‘zida
namoyon etuvchi ushbu ixtiro amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. “O‘zxitan”
bilan ishlov berilgan ekinlarning mahsuldorligi, urug‘ning unuvchanlik xususiyati,
kasallik, zararkunandalar va murakkab iqlim sharoitlariga bardoshliligi bir necha
barobarga oshdi. Tabiatga mutlaqo zararsiz ushbu vositaning o‘zi
esa tuproqqa
singib ketadi. Hozirgi kunda bu preparatdan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda ham
samarali foydalanilmoqda.
– Olimlarimizning yana bir muhim ixtirosi polimer tizimlar asosida yaratilgan,
g‘o‘za parvarishida muhim o‘rin tutuvchi “Polidef” vositasidir, – deydi Polimerlar
kimyosi va fizikasi instituti direktorining o‘rinbosari Abdushukr Sarimsoqov. –
Xorijda ishlab chiqarilayotgan shunday vositalar ekologiyaga salbiy ta’sir etishi
barobarida ochilmagan ko‘saklarni quritadi. “Polidef” sepilganda esa g‘o‘zadagi
ko‘raklar qurimaydi, tuproqqa ziyon yetmaydi. Mamlakatimizning qator
viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarida olib borilgan sinov-tajriba ishlarida uning
samaralari yaqqol namoyon bo‘ldi. Davlat kimyo komissiya
ushbu ixtironi sinovdan
o‘tkazib, ishlab chiqarishga ruxsat berdi. U mamlakatimizning mahalliylashtirish
dasturiga
kiritilib,
«Farg‘onaazot»
ochiq
hissadorlik
jamiyatida
ishlab
chiqarilmokda.
Davlatimiz rahbari tomonidan soha rivojiga qaratilayotgan doimiy e’tibor
tibbiyotda ham samarali ixtirolarni yaratish va amalga tatbiq etish imkonini
berayotir. Ana shunday muhim ishlanmalardan biri “SelAgripp” preparati
farmakologik xususiyatlari jihatidan xorijiy dori vositalaridan aslo qolishmaydi,
narxi esa bir necha barobar arzon. Hozirgi kunda poytaxtimizdagi “Radiks” ilmiy
ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilayotgan ushbu preparat gripp
kasalligining oldini olish va davolashda samaralidir. Shu kunlarda olimlarimiz
“SelAgripp”ning pediatriya sohasida qo‘llaniladigan turlarini yaratish yuzasidan
izlanish olib bormoqdalar.
Kuyish oqibatida kelib chiqqan va bitishi qiyin yaralarni
davolash tibbiyotning
dolzarb muammolaridandir. Hozir bu jarayonda tibbiyotimizda xorijdan olib
kelinayotgan plyonka qoplamalardan foydalanilmoqda. Mahalliy xomashyo asosida
yaratilgan plyonka qoplama bu borada bir qancha afzalliklarga ega. Xususan, bu
vosita jarohat joyiga bog‘langach teriga singib ketadi. Uning tarkibidagi
nanotuzilmali kumush zarrachalari jarohatni tez va samarali davolash, bemorning
immun tizimini kuchaytirish imkonini beradi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam
ilmiy markazi mutaxassislari kuyish asoratlarini davolashda qo‘llanilayotgan ushbu
ixtironing shifobaxshligini alohida e’tirof etdilar.
Nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak natijalari dermatologiya,
pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson
vujudiga beziyon shifo
vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda.
Institutda tabiiy polimerlar bilan bir qatorda sintetik polimerlardan
foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlariga oid izlanishlar ham ko‘plab muhim
ixtirolarga asos bo‘lmoqda.
Kelajak fani bo‘lgan nanofan va nanotexnologiya yo‘nalishidagi bunday
tadqiqotlarda yoshlar ham o‘z salohiyatini namoyon etayotir. Ular jahonning
taraqqiy etgan mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanlarda faol ishtirok
etib, ilm-fanimizning bunday muhim natijalarini dunyo ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida
keng namoyish etmoqda. Iqtidorli yigit-qizlar safini kengaytirish maqsadida
institutda yurtimizning boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari bilan
mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Yurtimizda nanotexnologiyalarni
rivojlantirish, ilmiy-intellektual salohiyatni
rivojlantirish,
ilmiy-texnika bazasini takomillashtirish va xalqaro aloqalarni
kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar
mamlakatimizning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: