Elektr energiyasini olishning an’anaviy va noana’naviy usullari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/40
tarix03.06.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#116579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
ekologik toza energiya turlari va nanotexnologiya

Vulqon-tabiiy issiqlik mashinasi. Olimlarning hisob-kitoblari bo’yicha 
Petropavlovsk-Kamchatsk yaqinida joylashgan Avachinsk vulqonining 3-4 
kilometr chuqurligida magmatik kamerasi bor. Unda 20 kiometr kub 700-800 
gradusgacha cho’g’lanayotgan lava turibdi. Agar uning atigi 10 foizidan 
foydalanilsa, quvvati 1000 kilovatt soat bo’lgan elektr stansiyaning 150-200 yil 
davomida muntazam ishlahsi uchun yetadi. 
Harakatdagi vulqonning ichiga burg’alab kirish tajribaloyihasi ishlab 
chiqarilgan. Bunday, o’ta yuqori bo’lgan haroratda burg’alab kovlashning 
texnikaviy imkoni yaratildi. Ulardan biri olimlar rejasi bo’yicha bir quduqdan sovuq 
suv yuborib, ikkinchisidan o’ta qizigan bug’ olishdir. 
Okeanlarning kuchli to’lqini tutash dengizlar suvini bir necha metrga 
ko’taradi. Masalan, okeanning kuchli to’lqini Belomor va Oxot dengizlari qirg’oq 
suvini har 12 soat 25 minutda 9-18 metrga ko’taradi. Suvning ko’tarilishi katta 
energiyaga ega. Uning faqat Yevropa qismidan yiliga 40 milliard kilovatt soat elektr 
energiya olish mumkin. Suvning bunday ko’tarilishi hisobiga ishlaydigan unchalik 
katta bo’lmagan elektr stansiya bundan 40 yillar burun tajriba uchun Kislogub 
(Rossiya Federatsiyasi) da qurilgan edi. U hozirga qadar turibdi. Suvning 
ko’tarilishi va dengiz to’lqinlari ekologik toza energiya manbalaridir. Afsuski, 
bunday energiya manbalari va ulardan foydalanish imkoniyati bizning O’zbekiston 
Respublikamizda yo’q. 
 
BOSHQARILADIGAN TERMOYADRO SINTEZINI AMALGA 
OSHIRISHNI HOZIRGI DAVRDAGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI
 
Energiyaning yana bir yangi turi termoyadroviy energiyadir. Termoyadroviy 
energiya vodorod geliyga aylantirlganda ajratib chiqadigan energiyadan inson 
ehtiyoji uchun foydalanishga asoslangan. Termoyadroviy elektr stansiyalar atom 
elektr stansiyalariga qaraganda ancha “toza”, “xavfsiz” bo’ladi. Biroq bunday elektr 
stansiyalarini 
qurish 
uchun 
juda 
murakkab 
va 
qimmatbaho 
jihozlar 
kerak 
bo’ladi, 
chunki 
termoyadroviy 
reaksiyalar faqat 
plazma 
(moddaning 
4-
agregat holati) da boradi. Biroq, shunga qaramasdan kelajak enargiyasi ana shu 
elektr stansiyalarniki. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin