4-MA’RUZA .
O’ZBEKISTON ENERGETIKASI VA ISTIQBOLLI ENERGIYA
ZAHIRALARI.
Mamlakatlar
iqtisodiyotida
asosiy
va
tayanch
tarmoqlardan
biri
elektroenergetikadir. Fan-texnika rivojlangan davrda xalq xo’jaligi
barcha
tarmoqlarining
elektrlashtirilishi
va
avtomatlashtirilishi
elektroenergetika
tarmog’iga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish
manbalariga ko’ra energetika sanoati uch turga bo’linadi:
1. Issiqlik;
2. Gidro;
3. Atom;
energetika tarmoqlaridir. Butun jahondagi issiqlik elektrostansiyalari
umumiy elektr
energiyaning 63% manbalarini ishlab chiqaradi.Issiqlik elektr stansiyalarining
asosiy yoqilg’i manbalari ko’mir, gaz, mazut va torfdir. Beshta yirik IESda quvvati
150 dan 800 MVt gacha bo`lgan energobloklar o`rnatilgan.
Bular Tolimarjon,
Sirdaryo, Yangi Angren va Toshkent IES kabi yirik issiqlik elektr stansiyalari
bo`lib, 86 foizga yaqin elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Keyinchalik tabiiy gaz
konlarining boy zahiralari topilishi elektr energiyaning IES larda ko’p
ishlab
chiqarilishiga sabab bo’ldi. Mamlakatimizda IES lar XX asrning 50-60 yillarida
tabiiy gaz konlari zahiralarining topilishi bilan rivojlana boshladi.Hozirgi kunda
ular O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning
asosiy qismini tashkil
qiladi.
O`zbekiston elektrenergetikasi 2001 yildan boshlab “O`zbekenergo” Davlat
akciyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko`rsatib kelmoqda va o`z ichiga ko`mir
sanoati korxonalarini ham olgan. Kompaniya tarkibiga 53 ta korxona va tashkilot,
shu jumladan 39
ta ochiq aksiyadorlik jamiyati, 11ta unitar korxona, 2 ta
mas’uliyati cheklangan jamiyat va kompaniyaning “Energosotish” filiali kiradi.
Hozirgi bosqichda kompaniya xalq xo`jaligi va aholining markazlashtirilgan
elektr
ta’minotini
amalga oshirilmoqda, shuningdek respublikaning ayrim
shaharlarida sanoat va kommunal – maishiy iste’molchilarga issiqlik energiyasini
bermoqda.
Iqtisodiy islohotlar yillari mobaynida sohaning
energetik korxonalari
tomonidan har yili 48 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi va 10 mln. Gkal.dan ortiq
issiqlik energiyasi ishlab chiqarilmoqda, bu esa iqtisodiyot va aholining elektr
energiyasiga bo`lgan talabini to`liq qondirmoqda.
Bugungi kunga kelib, O`zbekiston elektr stansiyalarining o`rnatilgan
quvvati 12,3 mln. kVt.dan ortadi va butun Markaziy
Osiyo Birlashgan energetika
tizimidagi ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli 50 foizini tashkil etadi.
Umumiy o`rnatilgan quvvati 12,0 mln. kVt bo`lgan 39 ta elektr stansiyalarini
o`z tarkibiga olgan “O`zbekenergo” kompaniyasi amaliy jihatdan respublikada
elektr energiyasining asosiy ishlab chiqaruvchisi va etkazib beruvchisi bo`lib
hisoblanadi.
Elektr stansiyalarining o`rnatilgan quvvati respublikaning
elektr energiyasiga
bo`lgan tobora o`sib borayotgan talabini qondirish, elektr energiyasini eksportga
etkazib
berish
majburiyatlarini
bajarish
va
mamlakatimizning
energetik
xavfsizligini ta’minlash uchun etarlidir.
Dostları ilə paylaş: