qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni ko’paytirish maqsadida
neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga
ular birgalikda neft
miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha neftning narxi 50 %
dan yuqoriroqqa ko’tarildi. Bir necha yildan so’ng, OPEK bu ishni yana bir amalga
oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikka barobar ko’tarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982-yildan 1985-
yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada esa OPEK davlatlari
o’rtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK a’zolari o’rtasidagi
hamkorlik butunlay sindi va neftning narxi 45% ga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning
narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda uning narxi deyarli o’zgarmadi
(XXI asrning 1-o’n yilligida
neftning narxi yana oshdi, lekin OPEK uni
kamaytirganidan emas, balki neftga bo’lgan talab oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti
shiddat bilan ko’tarilayotganidan).
1970-1980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa muddatda va uzoq muddatda talab va
taklif qanday harakatlanishini ko’rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo’lgan talab va taklif
nisbatan elastik emas. Taklif elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib
chiqarish hajmi tez o’zgarmaydi.
Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi
o’zgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, qisqa
muddatdagi taklif talab tik qiya holda turadi. Taklif S
1
dan S
2
ga o’zgarganda, P
1
dan P
2
ga narxning ko’tarilishi katta bo’ladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir.
Uzoq vaqt mobaynida, OPEK dan
tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini
ko’paytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini barpo etishadi.
Istemolchilar
esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani yangisiga
almashtirishadi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, uzoq muddatli talab va taklif egri
chizig’ielastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri chizig’ining S
1
dan S
2
ga
o’zgarishi narxning ozgina ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK
neftning yuqori narxini
ushlab turishga erishganini ko’rsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni
qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig’ini chap tomonga surishdi. OPEK
mamlakatlarining har bir kam
neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni ko’tarib
daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik
bo’lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig egri chizig’ini gorizontal tomonga surdi va
narxda biroz o’sish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq
foyda keltiradi.
Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqt>talab qiladi. Qisqa
muddatli davrda, (a) panelda talab va takliμ biroz noelastik.
shu tariqa taklif egri
chizig’ining S
1
dan S
2
ga siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatli davrda esa
aklif va talab biroz elastik.