23
bog‘langan. Bo‘shliqdan tana ichiga shoxlangan uchi berk naylar ketadi.
Traxeyalarga o‘xshash bu sistema ―soxta traxeyalar‖ deyiladi.
Tengoyoqlilar tuxumlari urg‘ochi hayvonlar ko‘ krak xaltasida rivojlanadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkasi ko‘krak oyoqlarining kuchsiz rivojlanganligi
bilan
voyaga yetgan davridan farq qiladi.
Tengoyoqlilar dengiz va chuchuk suv havzalarida hamda quruqlikda yashashga
moslashgan 4500 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ularning
asosiy qismi dengiz
bentosi tarkibiga kiradi. Bir qancha turlari planktonda uchraydi. Dengizlar, sho‘ r
suvli ko‘llara va daryolarning quyi oqimida uzunligi 10 sm keladigan dengiz
suvaragi (Nesidothes entomon) uchraydi. Hovuz, ko‘ l va tinch oqar suvlarda suv
xo‘tikchalari Asellidae oilasi vakillari ko‘p uchraydi. Quruqlikda esa zaxkashlar
(Oniscoidea kenja turkumi) keng tarqalgan.
Tengoyoqlilar orasida (Oniscoidea) ayniqsa, katta amaliy ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo cho‘ llarida keng tarqalgan Hemilepistus cristatus tuproqda 60-100 sm
chuqurlikda in quradi. Inning ichida harorat qishda birmuncha iliq, yozda salqin,
namlik doimo bir xil bo‘ladi. Ayrim tengoyoqlilar
baliqlar terisida va boshqa
qisqichbaqasimonlar jabra bo‘ shlig‘ida parazitlik qiladi.
Zaxkashlar inlarida oila bo‘lib yashaydi. Indan faqat kechqurunlari va ertalab
chiqadi; qishda esa karaxt holatga o‘tadi. Zaxkashlar o‘ simlik qoldiqlari bilan
oziqlanib, tuproq hosildorligini oshirishda yordam beradi. Ular in qazib,
tuproq
qatlamlarini aralashtiradi; tuproqqa suv shimilishi va havo o‘tishini yaxshilaydi. Shu
sababdan ular ini atrofida o‘simlik yaxshi o‘sadi. Zaxkashlarning tuproq hosil
qilishdagi faoliyatini yomg‘ir chuvalchanglari bilan tenglashtirish mumkin. Sernam
sug‘oriladigan maydonlarda va issiqxonalarda keng tarqalgan Hemilepistus
zachvatkini zaxkashi o‘simliklarga birmuncha ziyon keltiradi.
Har
xil oyoqlilar, ya‘ni yonlab suzarlar (Amphipoda) turkumi. Yonlab
suzarlarning tanasi ikki yon tomondan siqilgan; tuzilishi tengoyoqlilarga birmuncha
o‘xshash bo‘ladi. Bosh bo‘limi birinchi, ba‘zan ikkinchi ko‘ krak bo‘g‘imi bilan
qo‘shilib ketgan. Fasetkali ko‘zlari va ikki juft moylovlari yaxshi rivojlangan, og‘iz
organi chaynovchi tipda bo‘ladi. Bosh qalqoni ostida muvozanat organi joylashgan.
24
Ko‘krak oyoqlari 7 juft bo‘lib, bir-biridan birmuncha farq qiladi. Shu sababdan
ularga har xil oyoqlilar nomi berilgan.
Yonlab suzarlarning qorin bo‘limi olti bo‘g‘imdan iborat; qorinoyoqlari yaxshi
rivojlangan. Uch juft ikki shoxli oldingi qorin oyoqlari tukchalar bilan qoplangan
bo‘lib, suzish uchun xizmat qiladi. Keyingi 2 juft qorin oyoqlari ham ikki shoxli,
lekin ular orqa tomonga egilgan. Bu oyoqlar telson bilan birga sakrovchi oyoqlar -
uropodlarni hosil qiladi. Ko‘payish davrida urg‘ochilarining ko‘krak qismida tuxum
xaltasi hosil bo‘ladi. Xaltadagi tuxumlar ichida embrionlar rivojlanadi. Yosh nasli
voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi. Yonlab suzarlarga 4500 dan ortiq tur kiradi.
Ko‘pchilik turlari dengizlarda suv tubidagi loyqada yoki naysimon inlarda yashaydi.
Ayrim turlari planktonda hayot kechiradi. Chuchuk suvli ko‘ llarda ko‘l yonlab
suzari Gammarus lacustris , oqar suvlarda G.balanicus keng tarqalgan. Yonlab
suzarlar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Suv
havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun yonlab suzarlarni ko‘paytirish ayniqsa
muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: