Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Kasalliklari

Birinchi molyar
Tishning chaynov yuzi to ‘rtburchak shaklida bo‘lib, beshta 
do‘mboqligi bor. D o‘mboqligidan uchtasi vestibulyar, ikkitasi 
oral joylashgan. Medial vestibulyar do‘mboq do‘mboqlar ichida 
eng kattasi, ildizi ikkita, oldingi ildizda ikkita ildiz kanali bor, 
orqa ildizda bitta yaxshi o‘tuvchi ildiz kanali bor.Tish uzunligi
18,3—26 mm. Toj qismi uzunligi 7—9 mm, tish eni 10—12 mm.
Ikkinchi molyar
Ikkinсh i molyar birinchi molyarga o ‘xshaydi. Hajmining 
kichikligi, do‘mboqlar soni to ‘rttaligi bilan farq qiladi, ildizi 
ikkita. Tish uzunligi 22 mm, toj qismi uzunligi 10 mm, tish 
eni 11 mm.
Uchinchi molyar
Har xil shaklda bo‘lishi mum kin. Pastki uchinchi molyar 
hajmi jihatidan molyarlar ichida eng kichigi. Chaynov yuzasida 
to'rtta do‘mboqlik bor. Ko‘pincha ildizi ikkita bo‘lib, bir-biriga 
yopishgan.
PERIODONT
Periodont tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘idagi 
bo‘shliqda joylashgan. Bu b o ‘shliq periodont yorig‘i deb ataladi. 
P eriod on t yorig‘ining kengligi ildizning tu rli sathlarida, 
yuzalarida bir xil emas va u 0,35—0,8 mm gacha b o ‘ladi. 
55—60 yoshdan so‘ng, periodontal yoriq torayadi.
Periodont to ‘qimasi tolalari ildizning turli qismlarida turli 
yo‘nalishga ega. Quyidagi guruh tolalari farqlanadi: tish milk 
tolalari, tish alveola tolalari va tishlararo tolalar.
Tish milk tolalari. Milk cho‘ntagidagi sement chetidan 
boshlanib, yelpig‘ichsimon yo‘nalishda milk to ‘qimasi bilan 
birikadi. Tola tutam lari vestibulyar va oral yuzada yaxshi, 
aproksimal yuzalarda zaif rivojlangan. Ulaming qalinligi 0,1 mm.
19


Tish alveola tolalari ildizning butun yuzasidagi sementidan 
boshlanib ildiz katagi devoriga birikadi. Ildiz uchi qismida 
tolalar vertikal yo‘nalishga ega. Ildiz uchiga yaqin qismida 
tolalar gorizontal, ildiz o ‘rtasi va yuqori 1/3 qismida tolalar 
qiyshiq yo‘nalgan.
Tishlararo tolalarning tutam lari 1—1,5 mm b o ‘lib, bir 
tishning sem entidan boshlanib yonida joylashgan tishning 
sementiga birikadi. Bu tolalar tish qatorining butunligini 
ta ’minlashda ishtirok etadi.
Periodont quyidagi funksiyalami bajaradi: tishni alveola 
katagida ushlab turadi, tishga tushadigan chaynov bosimini 
tarq atib am ortizatsiya, bary er-m u do faa qilish vazifasini 
bajaradi, trofik, ya’ni sementni oziqlantirishda ham da tish 
almashinuvida ishtirok etadi.
Katakning o ‘rta qismida periodontal yoriq toraygan bo‘lib, 
shu sababli uni qum soatiga o ‘xshatiladi. Periodont yorig‘ining 
uchidan o ‘rta qismi torayganligi tishning fiziologik qimirlashi 
xususiyatidan deb tushuntiriladi. Yon tom onga b o ‘ladigan 
harakatlarda ildizning eng ko‘p og‘ishi uning uchida va b o ‘yin 
qismida kuzatiladi. Bu vaqtda tish tayanch nuqtasi ildizning 
taxminan uchdan bir o ‘rta qismiga o ‘rnashgan ikki yelkali 
richagga o ‘xshash harakatlanadi. Periodont yorig‘ining uchdan 
birining o ‘rta qismi torayganligi shu bilan izohlanadi.
Periodont zich biriktiruvchi to ‘qim adan iborat b o ‘lib, 
kollagen va elastik tolalari bor (5-rasm).
5-rasm. P eriodont to ‘qimasi: i-periodontal yoriq, 2-periodont 
to'qimasmmg tolalari, 3—tishning aylana bog'lami.
20


Ildizning turli qismi har xil yo‘nalishga ega.
Periodontning qiyshiq tolalari tishni osib qo‘yilgandek 
ushlab turadi va tishning vertikal o ‘qi bo‘yicha yoki unga burchak 
shaklida yo‘nalgan chaynov bosimini qabul qiladi. Radial yoki 
tangensial tolalar tish o ‘z bo‘ylama o ‘qi atrofida aylanganida 
ushlab turadi.
Periodont funksiyalari quyidagilardan iborat: Periodont tishni 
tish katagida ushlab turish va chaynash vaqtida bosimni tekis 
tarqatish (amortizator) funksiyalarini bajaradi. Bundan tashqari, 
u tish, lunj to ‘qimalarini oziqlantirish(trofika)da muhim o ‘rin 
tutadi va chaynov bosimini reflektor boshqarishda ishtirok etadi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin