Patologik yedirilish
H ar qanday tish yoshga qarab sekin-asta yediriladi.
Ushbu
yedirilishni fiziologik deyiladi. Lekin ayrim hollarda yedirilish
tez kechadi va bu yedirilishni patologik yedirilish deyiladi.
Patologik yedirilish anomaliyali prikuslarda,
yomon odatlar
oqibatida, zararli ishlab chiqarish omillari ta ’sirida, masalan,
havoda kislota parlari ko‘p bo ‘lganida sodir b o ‘ladi. Ayrim
hollarda patologik yedirilishda bemor gipersteziyadan shiko-
yat qiladi.
Davolash
A w alam bor, patologik yedirilishni
keltirib chiqargan
sababchi faktor b artaraf etiladi. G ipersteziya davolanadi.
O rtoped stom atolog bilan m aslahatlashgan holda prikus
balandligi tiklanadi.
Tish jarohati
Tish jarohatlari o ‘tkir va surunkali b o ‘ladi. 0 ‘tkir jarohat
ta ’sirida lat yeyishi, tishning chiqishi va sinishi kuzatiladi.
Lat yeyishda tishlarni jipslashtirilganda va perkussiyada
og‘riydi. Palpatsiya biroz og‘riqli, ayniqsa tish
ildizi sohasidagi
o‘tuv burma sohasida hamda tish qimirlashida kuzatiladi. Tish
toj qismining rangi o ‘zgarib, pushti tusga kiradi. Ushbu hollarda
og‘riqsizlantiriladi, tish b o ‘shlig‘i ochiladi, pulpa eksterpatsiya
qilinib, plombalanadi. Agar tish toj qismining rangi o ‘zgar-
masa, pereodont reaksiyasini bartaraf
qilish maqsadida tishga
bir necha kun “dam” beriladi. Ya’ni shu tishda ovqat luqmasi
uzib olinmaydi, chaynalmaydi.
Dostları ilə paylaş: