moyiga shim dirilgan paxta tam pon q o ‘yilib, tish kovagi
vaqtinchalik plomba yordamida 4—6 kuncha berkitiladi. Shu
vaqt mobaynida tishdagi og‘riq pasayib, to ‘xtaydi va davo
tadbiri oxiriga yetkaziladi.
Ba’zan arsenat kislotasi ta ’sirida to ‘liq jonsizlantirilmagan
p u lp a am p u tatsiyasid an keyin m u m iy o lash tirish u ch u n
qo‘yilgan rezorsin, formalin suyuqligi ta ’sirida ham kuchli
og‘riq paydo b o ‘lishi mum k in . U ni bartaraf etish uchun
vaqtinchalik plomba olinib, kanalning kirish qismiga qo‘yilgan
fenol yoki boshqa bir kimyoviy eritmaga h o ‘llangan tampon
vositasida ildiz pulpasi kuydiriladi (koagulyatsiya). So‘ngra
kuydiruvchi vosita olib tashlanib, o ‘miga yana rezorsin formalinli
tampon qo‘yilib, kovak 2—3 kunga berkitiladi. Yallig‘langan
tish pulpasini butunlay olib tashlash (ekstirpatsiya) usuli
qo‘llanilayotgan paytda tish kanalidan qon tomirlar uzilishi
natijasida kuchli qon oqishi mum kin. Bunday hollarda kanalga
2—3 pulpa ekstraktor birga kiritilib, ildiz pulpasi to ‘liq olib
tashlanadi va kanalda adrenalin suyuqligi shimdirilgan paxta
turunda 1—2 kuncha qoldirilib, kovak vaqtinchalik plomba bilan
berkitiladi. Ana shu m uddat o ‘tgandan keyin qon oqishi
to ‘xtaydi va davolash oxiriga yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: