Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Kasalliklari

0 ‘tkir parodontit
0 ‘tkir parodontit kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Xastalik 
chegaralangan bo‘lib, ko‘pincha bitta tish atrofida kuzatiladi. 
Mexanik ta ’sirlanish, masalan, sun’iy qoplama, plomba, olina- 
digan protez o ‘tkir parodontitni keltirib chiqaruvchi sabablardir. 
Bemor milkning ushbu sohasida doimiy pulslanuvchi og‘riq, 
qichishish va qonashiga shikoyat qiladi.
K o‘rik o ‘tkazilganda milkning giperemiyasi, milk so‘r- 
g‘ichining shishganligi, klinik cho‘ntak borligi, zondlanganda 
qonashi va boshqa sababchi faktorlar aniqlanadi. Klinik 
cho‘ntakning chuqurligi har xil boM ishi mumkin.
65


Surunkali parodontit
Surunkali parodontitning yengil formasida bemor shikoyat 
qilmaydi yoki milk sohasida noxush sezgilarga, qonashiga 
shikoyat qiladi. K o‘rik o ‘tkazilganda milkning giperemiyasi, 
shishganligi, milk so‘rg‘ichlarining kattalashganligi, 3—4 mm 
li cho‘ntagi, milk usti va milk osti toshlari borligi aniqlanadi. 
Rentgenogrammada tishlararo kortikal suyak plastinkasida 
o ‘zgarish borligi kuzatiladi.
Parodontitning o ‘rtacha og‘irlikda kechishida milk tishlarni 
tozalashda qonaydi, vaqti-vaqti bilan chaynash vaqtida og‘riq 
paydo b o ‘ladi, ayrim tishlar qimirlaydi va siljiydi va og‘izdan 
noxush hid keladi. Ko‘rik o ‘tkazilganda milk cheti shilliq pardasi 
y a llig ‘la n g a n lig i, sh ish g an lig i, m ilk s o ‘rg ‘ic h la rin in g
kattalashganligi, ayrim tishlam ing b o ‘yin qismlari ochilib 
qolganligini k o ‘rish m um kin. P a ro d o n tal c h o ‘ntakning 
chuqurligi 5 mm gacha bo‘lib, zondlanganda qonaydi.
Rentgenogrammada tishlararo kortikal milk plastinkasining 
tish ildizining 1/3 dan 1/2 gacha yemirilganligini kuzatish mumkin.
Parodontitning og‘ir kechishida bem or ovqat luqmasini 
chaynash vaqtida og‘riq va qonash paydo bo ‘lganligi uchun 
chaynashga qiynalayotganligiga, tishlarining qimirlashiga, 
og‘zidan noxush hid kelishiga shikoyat qiladi. Ko‘rik o ‘tkazil- 
ganda milk shilliq pardasining giperemiyasi, shishganligi, 
chuqur parodontal cho‘ntak borligi, tishlarni II—III darajali 
qimirlashi, tishlaming b o ‘yin va ildiz qismlarining ochilib 
qolganligi kuzatiladi. Milk cheti bosilganda yiringli ekssudat 
ajralib chiqadi. Rentgenogrammada — tishlararo kortikal suyak 
plastinkasining ildiz uzunligining 1/2 dan 2/3 gacha yemirilgan- 
ligi kuzatiladi. Parodontitning ushbu formasida milk usti va 
milk osti toshlari ko‘p bo‘ladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin