Surunkali qaytalanuvchi aftali stomatit Surunkali qaytalanuvchi aftali stom atit og‘iz b o ‘shlig‘i
shilliq qobiq qavatida uchraydigan kasalliklardan b o ‘lib,
asosan, 20—40 yoshdagi aholi orasida ko‘proq uchraydi.
Surunkali qaytalanuvchi aftali stomatitni adenoviruslar,
L shaklidagi stafilakokklar, turli xil viruslar deb taxmin qilinadi.
Lekin aniq bir sababchi omil haligacha o ‘rganib chiqilmagan.
Klinik ko‘rinishi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qobiq qavatida vaqti-
vaqti bilan aftalar paydo bo‘ladi. Aftalar labda, o ‘tuv burmada,
lunjda, tilda, tanglayda joylashadi. Aftalar 3—7 mm li bo‘lib,
oval shakliga ega va chetlari to ‘q-qizil sillig‘langan gardish
bilan o ‘ralgan. Aftalar fibrinoz karash bilan qoplangan. Aftalar
7—10 kunda bitadi. Kasallikning qaytalanishi qish va bahorga
to ‘g‘ri keladi. Aftalar og‘riqli b o ‘lib, agar u jarohatlansa sekin
bitadigan yaralarga aylanadi.
Ko‘proq oshqozon-ichak kasalliklari b o ‘lgan bemorlarda
kuzatiladi.
Davolash. Oshqozon-ichak trakti va jigar faoliyatini bilish.
Mahalliy davolash: og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiyalashdan boshlanadi.
5000 ED trosisol, 300—500 ED geparin, 2,5 mg gidrokortizon,
1 ml 1 % li novokain eritmasi aralashmalaridan applikatsiya qilinadi.
LAB KASALLIKLARI Xeylit — lab qizil hoshiyasining yallig‘lanishi. Xeylitlar
mustaqil yoki organizmda kechuvchi kasallikning simptomi
bo‘lishi mumkin.
Xeylitlaming angulyar, glandulyar, eksfoliativ turlari bor.
Angulyar xeylit Bu surunkali qaytalanuvchi kasallik bo‘lib, uni zamburug1-
lar yoki steptostafilakokk infeksiyalar keltirib chiqaradi.
Bemor og‘zini ochayotganda og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘iz bur-
chaklarida tez yallig‘lanuvchi eroziya yoki bichilish paydo bo‘ladi.
Granulyar xeylit Granulyar xeylit — mayda so‘lak bezlarining yallig‘lanishi.
Oddiy glandulyar xeylitda lab qizil hoshiyasiga o ‘tish
sohasida qizil nuqtalar singari so‘lak bezlari kengayishini va
73
tomchi so‘lak ajralishini kuzatish mumkin. Labni quritilgandan
5—10 soniya vaqt o ‘tgach, so‘lak bezlardan tomclii so‘laklar
ajralib, butun labni qoplab oladi. Ayrim hollarda so‘lak kanali
ustida aylana shaklda leykoplakiya hosil bo‘ladi.