Jag‘lardagi odontogen osteom iyelit, asosan,
uch bos-
qichda kechadi: o ‘tkir, o‘tkir osti va surunkali. Bundan tashqari,
chegaralangan va diffuz bo‘lishi mumkin.
Yuqori jag‘da g‘ovaksimon suyak juda kam b o ‘lib,
uning kortikal plastinkasida ko‘plab teshiklar mavjud. Shu
bois jag‘dagi tishlar atrofidagi yiringli yallig‘lanish jarayon-
larida ekssudat suyakdan tashqariga chiqib ketadi. Shuning
uchun ham yuqori jag‘da odontogen
osteomiyelit kasalligi
kam uchraydi.
0 ‘tkir bosqich
Bemor aniq bir tishdan boshlangan o ‘ta kuchli og‘riqdan
shikoyat qiladi. Keyinchalik bu og‘riq bir necha tishlar sohasiga
va jag‘ning toj qismiga tarqaladi. Bemorda umumiy holsizlik
kuzatiladi. Kasallikning diffuz turida og‘riqbutun jag‘ bo‘ylab
hosil b o ‘ladi. Bemorning ishtahasi yo‘qoladi, uyqusi buziladi.
Tana harorati 38° dan 40°C gacha bo‘lishi mumkin.
Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib, kuchli terlaydi.
Bemorning yuzida kataral shish paydo bo‘ladi.
Limfa
tugunlari kattalashadi, og‘riydi. Jag‘dagi og‘riq sohasi kengayib
boradi va yallig‘lanish jarayoni jag‘ tanasi b o ‘ylab tarqalib
boradi. Pastki jag‘ tanasi qalinlashadi.
Og‘iz b o ‘shlig‘i tekshirilganda, og‘izdan q o ‘lansa hid
keladi, so‘lak quyuqlashadi, til esa sarg‘ish-kulrang karash
bilan qoplanishi mumkin.
Milklaming shilliq qavati bir necha
tishlar atrofida qizar-
gan, shishgan, palpatsiya og‘riqli, o ‘tuv burma tekislashgan.
Tishlar qimirlab qolgan. Tishlaming qimirlash darajasi ortib
boradi. Sababchi kasal tishning qimirlashi ko‘proq b o ‘ladi.
Milk kasal tishdan ajralib turadi. Alveolyar — engak nervlari
innervatsiyasi sohasida sezgi buziladi.
0 ‘tkir odontogen osteomiyelit
kasalligi qon va siydikdagi
o‘zgarishlar bilan kechadi.
O dontogen osteom iyelitning o ‘tkir davrida ja g ‘laming
rentgen tasvirida hech qanday suyak o ‘zgarishlari kuzatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: