Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Kasalliklari

Toj belgisi
Tishlam ing lab, lunj va m edial yuzalari d o ‘m boqroq 
bo‘lib, distal tomonga qarab biroz pasayib boradi. Tishlaming 
toj belgisi okklyuzion yuzadan qaraganda aniq ko‘rinadi.
Ildiz belgisi
Ildizlar tishning vertikal o ‘qiga nisbatan biroz yon-distal 
tomonga nishablangan boladi. Ildizlar belgisiga qarab tishning 
o‘ng yoki chapligi aniqlanadi.
Tish toji burchagi belgisi
Aproksimal medial va kesuv yuza hosil qilgan burchak distal 
va kesuv yuza hosil qilgan burchakka nisbatan kichik. Burchaklar 
belgisi yuqori markazi, yon kurak va premolyarlarda aniq 
namoyon b o ‘ladi.
TISHLARNING FARQLASH BELGILARI
4-rasm. Tishlarni farqlovchi belgilar: a, ^-burchaklar belgisi, b, rf—toj 
belgisi, v, ye—ildizlar belgisi.
14


Tish guruhlari
Tishlar shakli va bajaradigan vazifasiga qarab 4 guruhga 
b o ‘linadi:
1. Kesuv tishlar.
2. Qoziq tishlar.
3. Kichik oziq tishlar —premolyarlar.
4. Katta oziq tishlar — molyarlar.
Har bir tishda beshta yuza farqlanadi:
1. Dahliz (vestibulyar) yuza — tishning lab va lunjga qaragan 
yuzasi.
2. Oral yuza — tishning asil og‘iz b o ‘shlig‘iga qaragan 
yuzasi.
3. Aproksimal medial yuza — tishning yuz markaziga yaqin 
bo‘lgan yon yuzasi.
4. A proksim al distal yuza — yuz m ark azid an uzoq 
joylashgan yon yuzasi.
5. Kesuv yoki chaynov yuza — kurak tishlarda kesuv yuza, 
premolyar va molyarlarda chaynov yuza.
TISHLARNING XUSUSIY ANATOMIYASI 
Markaziy kurak tish
Tishning toj qismi kurakka o ‘xshaganligi uchun kurak tish 
nomini olgan. Vestibulyar yuzasi yassi qabariq. Oral yuzasi 
botiq b o ‘lib, 1/3 qismida oral do‘mboqligi bor. Vestibulyar 
yuza oral yuzaga nisbatan keng. Tishda m edial va distal 
burchaklar farqlanadi. Medial burchak o ‘tkir, distal burchak 
yassi. T ish n in g kesuv q irrasi m ed ial b u rch ak k a b iro z 
nishablangan. Ildizi bitta, yaxshi rivojlangan, konussimon 
shaklda b o ‘lib, ildiz kanali ham bitta va u yaxshi o ‘tuvchi. 
Markaziy kurak tishning uzunligi 19—29,5 mm, toj qismining 
uzunligi 8,5—14 mm. Tishning eni 7—10 mm ni tashkil etadi.
Yon kurak tish
Yon kurak tish markaziy kurak tishga juda o ‘xshash. Markaziy 
kurak tishdan hajmining kichikligi va medial burchakning 
yassiligi bilan farq qiladi. Tishning uzunligi 17,5—27,5 mm,
15


toj qismining uzunligi 8—11,8 mm, tishning eni 5—8 mm ni 
tashkil etadi. Ildizi va ildiz kanali bitta.
Qoziq tish
Qoziq tishning vestibulyar yuzasida b o ‘ylama bolish b o ‘lib, 
u kesuv qirrada o ‘tkir uch hosil qiladi. Bo‘ylama bolish tishning 
vestibulyar yuzasini ikkita teng b o ‘lmagan qismlarga ajratadi. 
Ensizi medial, enligi distal. Oral yuzasi ham qavariq bo‘lib, 
b o ‘ylam a bolishi b o r ham da tishning 1/3 qism ida oral 
d o ‘mboqligi bor. 
Tish ildizi bitta, uzun, baquw at. Ildiz 
kanali keng. Tishning uzunligi 19—37 mm, toj qismining 
uzunligi 9,5—10,5 mm, eni 6,5—8 mm.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin