Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi nigora Toshpoiatova, Sayyora Suyunova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/70
tarix08.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116759
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Kasalliklari

Birinchi premolyar
Tishning vestibulyar yuzasi qoziq tishning vestibulyar 
yuzasiga o ‘xshash b o ‘lib, birm uncha enliroq va kaltaroqligi 
bilan farq qiladi. Chaynov yuzasida ikkita d o ‘mboqlik bor, 
u la r v estib u ly ar va o ral. V estib ulyar d o ‘m boq, oralga 
nisbatan kattaroq. Oral yuzasi vestibulyar yuzaga nisbatan 
kichikroq va qavariqroq. Tish ildizi ikki tom ondan ezilgan
ikkiga ajraladi: tanglay va lunj. Ildizlaming ajralish chegarasi 
har xil b o ‘lib, k o ‘pincha ildiz uchi qismiga yaqin, lekin 
ayrim hollarda ildiz o ‘rta qismi yoki b o ‘yin qismiga yaqin 
sohadan ajraladi. Ikkita ildiz kanali bor. Tishning uzunligi
16.2—28,2 mm, toj qismining uzunligi 7—10,8 mm ni tashkil 
etadi.
Ikkinchi premolyar
Ikki n с h i premolyar birinchi premolyarga juda o ‘xshash. Biroz 
kichikroqligi, do‘mboqlarining balandligi bir xilligi, ildizlari 
ajralm aganligi b ilan farqlanadi. Ildiz kanali k o ‘p in c h a 
bitta.Tishning uzunligi 15,7—27,2 mm, toj qismining uzunligi
6.2—10,2 mm ni tashkil etadi. Bitta konus shaklidagi ildizi bor. 
Ildiz kanali bitta, kamdan-kam hollarda ildiz kanali ildiz uch 
qismida ikkiga ajraladi.
16


Birinchi molyar
Vestibulyar yuzasi xuddi ikkita premolyami birlashtirilganiga 
o ‘xshaydi. Chaynov yuzasida 4 ta d o ‘mboqlik bor: medial 
vestibulyar, medial oral, distal vestibulyar, distal oral. Medial 
vestibulyar do‘mboq eng balandi, medial oral do‘mboq keng 
do‘mbog‘i hisoblanadi. Tishning chaynov yuzasi romb shaklini 
eslatadi. Oral yuza qavariq. Tishning uzunligi 17,5—29 mm, toj 
qismining uzunligi 6,8—9 mm, toj qismining eni 7,8—11,2 
mm ni tashkil etadi. Tishning uchta ildizi bor: ikkita lunj va 
bitta tanglay ildizlar. Ildiz kanallari ichida tanglay ildiz kanali 
yaxshi o ‘tuvchi.
Ikkinchi molyar
Ikkinchi m olyarning toj qism i tu rli k o ‘rinishga ega. 
Ko‘pincha 4 xil ko‘rinishdagi toj qismi uchraydi:
1. Toj qismi birinchi molyarga o ‘xshaydi, faqat qo‘shimcha 
5-do‘mbog‘i bo ‘lmaydi.
2. Tishning toj qismi medial-distal yo‘nalishda uzaygan va 
vestibulyar-oral yo‘nalishda qisqargan, natijada tish uzaytirilgan 
prizma shakliga o ‘xshaydi.
3. Tishning toj qismi yanada uzaygan va chaynov yuzasida 
3 ta do‘mboqlik bor.
4. Tishning toj qismi chaynov yuzasiga o ‘xshab uchburchak 
shaklini eslatadi, 3 ta d o ‘mboqligi b o ‘lib, ulardan 2 tasi 
vestibulyar va 1 tasi oral joylashgan.
1—4 ko‘rinishdagi toj shakli ko‘p uchraydi. Tishda 3 ta 
ildiz bor.
Uchinchi molyar
Molyar tishlar orasida eng kichigi b o ‘lib, uning shakli, 
d o ‘mboqlar, ildizlar soni o ‘zgaruvchan. K o‘pincha chay­
nov yuzasi uchburchak shaklida b o ‘lib uchta do ‘mboqligi 
bor. Ildizlar soni 1 tadan 4 tagacha b o ‘lishi mum kin. Ildiz 
kanallari ko‘pincha uchta, bitta tanglay va ikkita lunj.
17



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin