Tarix fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix12.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#116881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.A.Abdullayev

[2]
 Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент: Университет, 
2007. 44-бет 



Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda mahalliy sugʼdiy va turkiy (xu, 
di, rung, hunn, turo qabilalari) aholidan tashqari VI-VIII asrlarda kelib oʼrnashgan 
turkiy etnik guruhlar shunchalar koʼp ediki, ularning nomlari yozma manbalarda 
az, uz, argʼun, tuxsi, yagʼmo, dugʼlat, qarluq, chigʼil, xalach, turkash, qangʼli, 
qipchoq, oʼgʼuz va boshqalar koʼrsatilgan. Ularga qadar ham, masalan, xiyoniylar 
bilan birga hunn, az, uz, tuxsi, turk, kaltatoy, musobozori kabi turkiy qabilalar kirib 
kelishgan. Ularning aksariyati Oʼrta Osiyoning Аmudaryogacha boʼlgan 
hududlariga joylashib, mahalliy aholi bilan aralashib yashashgan[3]. 
Аrablarning Oʼrta Osiyoga kirib kelishi turkiy qavmlarning mintaqa ichki 
tumanlariga jadal kirib kelishini vaqtincha toʼxtatgan. Natijada ungacha bu yerga 
kirib kelgan turkiy qavmlarning mahalliy aholi bilan aralashuvi kuchaydi. Аyniqsa 
bu jarayon Movarounnahrning shimoliy va sharqiy mintaqalarida yaqqol koʼzga 
tashlanadi. Bu hududda VIII-IX asrlarda turkiy nomdagi shaharlar barpo etilgan. 
Masalan, Shosh vohasining Аngren daryosi havzasida Аbrliq, Namudliq kabi kon 
sanoati shaharlari qad koʼtargan[4]. 
Ila va Sirdaryo oraligʼidagi mintaqalarning eng qadimgi aholisi xun, usun, 
qangʼar (qangʼli), pecheng va boshqalardan iborat boʼlgan. Bularning keyingi 
avlodlari qarluqlar davrida ham (qangʼar (qangʼli), uyshun, pecheneg) saqlanib 
qolgan edi. VI-VIII asrlarda Sirdaryoning oʼrta va quyi oqimlarida qangʼlilar bilan 
bijanaklar ham yashashib, ular bilan qabila ittifoqiga kirgan edi. Shu davrda 
oʼgʼuz, qarluq, chigʼil, xalach, yagʼmo qabilalari, IX-X asrlarda esa qipchoqlar va 
uygʼurlar kelib joylashishgan[5]. 
 
[3]
 Асқаров А. Кўрсатилган асар. 260-бет 
[4]
 Асқаров А. Кўрсатилган асар. 248-бет 
[5]
 Шониёзов К. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. Тошкент: Шарқ, 1999. 37-бет 



IX-XII asrlarda Shosh vohasi qishloq va shahar aholisi tili jihatidan turk 
yoki tojiklarga mansubligi haqida aniq maʼlumotlar uchramaydi. Lekin 
Sirdaryoning oʼrta oqimida qadimdan qangʼarlar – qirgʼizlar, xunlar, usunlar kabi 
turkiy xalqlar, etnik guruhlar yashab kelishgan. Koʼrinadiki, Shosh va Iloq vohalari 
aholisining aksariyat qismi turkiy tilli xalqlardan iborat boʼlgan deyish mumkin. 
Tabiiyki Chirchiq va Iloq daryolari vodiylarida sugʼdiylar ham istiqomat qilishgan. 
Shosh va Iloq vodiylari atroflaridagi togʼ va choʼllarda oʼtroq va yarim 
koʼchmanchi turk qabilalari oʼrnashgan. Istahriy Iloq (Ohangaron) daryosi 
Turkistondan boshlanishini qayd etgan. Ibn Havqal (vaf.976) ham bu daryoni 
Turkiston yerlaridan oqib kelishi haqida maʼlumot bergan. Iloq daryosining yuqori 
qismlari Qurama va Chotqol togʼlarining tutashgan hududlaridan boshlangan. 
Demak, Qurama togʼining yuqorisidan Chotqol togʼining oʼrta qismlarigacha 
boʼlgan hududlar turkiy qabilalarga qarashli boʼlgan. 
Muarrix Tabariyning (863-923) maʼlumotiga koʼra VII-VIII asrlarda Shosh 
vohasi aholisining asosiy qismini turkiy qabilalar tashkil etgan[6]. Chirchiq 
(Paroq) daryosining bir oʼzani Biskam (Piskam) dan, ikkinchi tarmogʼi Chitgil 
(Chaqal), Jidgil, yaʼni Chotqoldan iborat edi. Chotqol togʼi nomini turklarning 
chigil qabilasi nomidan olingan deb ham faraz qilinadi. 
“Hudud al-olam”da (982) Paroq (Chirchiq) daryosining yuqori qismi Qarluq 
togʼidan boshlanadi, deyilgan. Maʼlumki, chigʼillar Qarluq ittifoqidagi 
qabilalardan birining nomidir. Manbalardagi maʼlumotlar Tangritogʼ (Tyanьshanь) 
ning maʼlum qismi Qarluq, Chotqol togʼi esa Chigʼil deb atalgan boʼlishi kerak. Bu 
togʼlarning eng yuqori qismida Hazlajiya turklari yashashgan. Аrab manbalarida 
qarluqlar koʼpincha “Xarauj”, “Xarluj” tarzida berilgan. 
[6]
 Асқаров А. Кўрсатилган асар. 249-бет 



Koʼrinib turibdiki, Ibn Xavqal va “Hudud al-olam” maʼlumotlari bir-birini 
toʼldiradi. Chirchiq daryosi irmogʼidan boshlangan togʼni Qarluq nomi bilan 
atalishiga shubha qilmaydi. Yuqorida taʼkidlanganidek “Hudud al-olamda” Paroq 
(Chirchiq) daryosi Qarluq togʼidan boshlanishiga asoslanib, shuni taʼkidlash joizki, 
Qurama — Chotqol — Pskom tizma togʼidan Tangritogʼ (Tyanьshanь) ning 
shimoli va gʼarbiy qismlari va turkiy tilli qarluq va chigʼil qabilalarining maʼlum 
qismi yashagan vohaning Piskent, Parkent tumanlarida ham qarluqlar koʼpchilikni 
tashkil etishgan[7]. 
IX asrda Keles choʼlida, Ohangaron va Chirchiq vodiylarida, Chotqol va 
Ugom togʼlari bagʼirlarida oʼgʼuzlarning ayrim guruhlari hamda qarluq qabilalari 
istiqomat qilishgan[8]. Bu etnik guruhlar islom dinini qabul qilishgach, Somoniy 
hukmdorlari ruxsati bilan vodiyga kelib oʼrnashishgan. Oʼgʼuzlar VIII — IX 
asrlarda Sirdaryo boʼylarida yashashgan. IX asr oxiri -X asr boshlarida hududda 
birinchi Oʼgʼuz davlati vujudga kelgan[9]. 
Oʼgʼuzlarning ayrim guruhlari Keles choʼli, Аngren va Chirchiq daryolari 
vodiylarida, Chotqol va Ugom togʼ oldi tumanlarida istiqomat qilishgan. Ularning 
musulmon dinini qabul qilgan qismi Shosh viloyatining qishloq va shaharlarida 
turishgan. K. Shoniyozovning yozishicha, qarluqlarning baʼzi guruhlari Shosh 
vohasiga VIII asr boshlaridayoq kelishgan. Qarluqlarning bu qismi allaqachon 
oʼtroqlashib, Shosh vohasidagi turkiy tilli aholining qadimiy qatlamlari bilan 
aralashib ketgan. 
Sirdaryoning oʼng qirgʼogʼi quyi havzasida yashovchi argʼunlarning ayrim 
guruhlari VIII-XII asrlarda Shosh – Toshkent vohasiga koʼchib kelib, mahalliy 
aholi bilan aralashgan va aksariyat qismi oʼtroqlashgan[10]. Shuningdek, Shosh 
vohasiga turkeshlar va uygʼurlar ham kelib oʼrnashishgan. 
[7]
 Шониёзов К. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. 141-бет 
[8]
 Ўша асар. 74-бет 
[9]
 Агаджанов С. Г. Очерки истории огузов и туркмен Средней Азии IX-XII вв. Ашхабад, 1969. 
С.128 
[10]
 Асқаров А. Кўрсатилган асар. 261-бет 


10 
IX-X asrlarda mahalliy hokimiyat forsiyzabon Somoniylar qoʼlida boʼlsa 
ham, 
Movarounnahrning 
shimoliy, 
shimoli-sharqiy 
va 
shimoli-gʼarbiy 
hududlarida, jumladan Shosh vohasida oʼzbek elatining turkiy asosi shakllangan 
edi. Bu davrda oʼgʼuzlar bilan bir vaqtda kelgan guruhlar islom dinini qabul 
qilishgan boʼlishsada, lekin oʼzlarining etnik xususiyatlarini saqlab qolishgan 
edi[11]. 
Chingizxon imperiyasi tanazzulga uchrab, Chigʼatoy davlati vujudga 
kelgach, uni harbiy jihatdan himoya qilish uchun har biri ming uyli turk-moʼgʼullar 
qabilalari Oʼrta Osiyo hududlariga kelishgan. Ular barlos, jaloyir, qovchin va orlot 
qabilalari edi. Jumladan, jaloyirlar Toshkent vohasining Аngren havzasiga kelib 
oʼrnashishgan[12]. 
Xullas, IX-XII asrlarda Movarounnahrda iqtisodiy va madaniy jihatdan 
taraqqiy etgan Shosh, Toshkent vohasida oʼziga xos, nihoyatda qizgʼin etnik 
jarayonlar sodir boʼlib, turkiy tilli va forsiyzabon turgʼun aholi oʼtroq, yarim oʼtroq 
va koʼchmanchi tarzda yashab, oʼzbek elatining shakllanishiga oʼzlarining salmoqli 
hissalarini qoʼshib, oʼzbek xalqining etnik tarkibidagi eng asosiy komponentlar 
sifatida salohiyatli oʼringa ega boʼlishgan. 
[11]
 Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Тошкент: Шарқ, 2001. 222-223-бетлар 
[12]
 Асқаров А. Кўрсатилган асар. 254-бет 


11 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin