15. Xabar maylidagi fe’l qatnashgan gapni
toping.
A) Inson qanchalik uzoq yashasa, yana shuncha
ko’proq yashagisi keladi.
B) Avvallari yashash uchun yozdim, endi yozish
uchun yashayapman.
C) Qarilikdan qo’rqma, unga hali yetish kerak.
D) O’n olti asr oldin toshga o’yib yozilgan o’rxun
bitiklarini o’qing.
16. O’g‘it solishni ham mashinaga yukladik. Ushbu gapdagi yasama fe’l qaysi turkumdagi
so’zdan yasalgan?
A) otdan B) sifatdan
C) ravishdan D) olmoshdan
17. Sodda yasama fe’llarni toping.
A) bildirmoq, eslamoq
B) qutlamoq, qo‘ymoq
C) tashlanmoq, g‘ichirlamoq
D) yo‘llamoq, suvsiramoq
18. Yasama fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Shabada endigina qad ko’targan yosh
nihollarni tebratar edi.
B) Xolida gulzorga chiqmoqchi edi, oyisi
to’xtatdi.
C) Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, dedi
Kamol.
D) berilgan gaplarda yasama fe'l mavjud emas.
19. Qaysi qatorda sifatdan yasalgan fe’llar
tovush o’zgarishiga uchragan?
A) o’yna, ata
B) qiyna, pasay
C) sana, yondash
D) gurulla, shovulla
20. Shart maylidagi fe’lni toping.
A) o’ynadim
B) o’ynaylik
C) o’ynasa edi
D) shart maylidagi fe’l yo’q
21. Birpasgina bo’lsa ham ko’rinish berib, notavon ko’nglimni tinchitib ketsang bo’lgani. Ushbu
gapdagi
ko’makchi
fe’lli
so’z
qo’shilmasini toping.
A) tinchitib ketsang
B) tinchitib ketsang bo’lgani
C) ketsang bo’lgani
D) ketsang
22. Qaysi qatorda ko‘makchi fe’lli so’z
qo’shilmasi orttirma nisbat shaklida?
A) Kuchli to‘lqin uni oqizib ketdi.
B) Majnuntol kokillari yo’lni to‘sib turardi.
C) o’qituvchi yana intizom haqida gapirib o’tdi.
D) Karima u qizni surishtirib qoldi.