ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari
Bob bo‘yicha quyidagilarni xulosa qilish mumkin : 1. O‗zbek tilida modal so‗zlarning tasnifi va tarkibi masalasi
hali yetarlicha to‗liq o‗rganilgan emas. Bu esa fanda turfa xil
xilma –xilliklarning, tafovutlarning kelib chiqishiga sabab bo‗lmoqda.
Xususan, an‘anaviy tilshunoslik va formal tilshunoslik vakillari
orasida bu tafovutlar ancha – muncha ko‗zga tashlanadi. Biroq,
tasniflar orasida haminqadar mukammalroq, izchilroq tasniflar ham
borki, ularda modal so‗zlarning semantik tasnifi g‗oyatda katta e‘tibor
bilan tahlil qilingan. Ana shunday tasniflardan biri bu - Shavkat
Rahmatullayev tasnifidir.
2. O‗zbek tilida modal so‗zlarni bir turkumga birlashtiruvchi
asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
1) modal so‗zlar gap tarkibiga muayyan denotativ ma‘nolari bilan
kirmaydi.
2) modal so‗zlar grammatik shakllanganlik nuqtayi nazaridan rang
– barang. Unda tuslangan fe‘l ham, tuslanmagan fe‘l ham, ot ham,
olmosh ham modal so‗z vazifasida keladi. Ammo ular aytilganidek,
ba‘zan qisman, ba‘zan butunlay o‗z lug‗aviy ma‘nosini yo‗qotib,
paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo‗ladi;
3) modal so‗zlarning barchasi o‗ziga xos yagona ―so‗zlovchining
o‗z fikriga munosabatini bildirish‖ umumiy ma‘nosi ostida
birlashadi;
4) modal so‗zlarning gapdagi o‗rni qat‘iy emas.
3. Modal so‗zlarning tarkibi masalasi ham tilshunoslikda ancha
mubohasali. Xususan, ba‘zi modal so‗zlarning asli modal so‗zmi,
yoki undov so‗zmi ekanligini aniqlash ham qiyin kechmoqda. Bu
borada formal tilshunoslikning modal so‗zlarni funksional shakllangan
44
so‗z gaplarning bir turi sifatidagi qarashlari katta ahamiyatga molik
sanaladi.