Xususiyatlari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix18.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#117047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

 
 
 
4
Якушин Б. В. Гипотезы о происходение языка. Введение 5- бет. М.: Наука, 1984. 


18 
1.2. Modal so‘zlar – funksional-semantik shakllangan so‘z gaplarning bir
turi sifatida 
Tilshunoslikda so‗z – gaplar nomustaqil lug‗aviy ma‘noli so‗z
turkumlari qatorida bevosita tahlil qilinadi. Biz o‗rganayotgan modal
so‗zlar substansional tilshunoslikda aynan funksional – semantik
shakllangan so‗z – gaplarning bir turi sifatida o‗rganilganligi bois ham,
so‗z – gaplar to‗g‗risida to‗liqroq ma‘lumotga ega bo‗lishimiz darkor. 
Eng avvalo tilshunoslikda so‗z – gap to‗plamini ajratish tamoyillari
haqida fikr yuritmoqchimiz. O‗zbek tilshunosligida so‗z – gapning
mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‗llanish xususiyati
empirik asosda yetarlicha o‗rganilgan. Substansial yondashuvda gapning
eng kichik qurilish qolipi [ WPm ] sifatida qayd etilgach, ziddiyatli,
izohtalab nuqtalarga ega bo‗lgan so‗z – gapga ham ― lison – nutq‖
tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‗ldi va har bir
gapning o‗z qolipi mavjud bo‗lgani kabi, so‗z – gapning ham o‗ziga
xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‗lishi shartligi e‘tirof
etildi. 
So‗z – gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so‗zlarning
alohida belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi
so‗zdan, shuningdek, yoxud qo‗shma gapdan farq qiladi. Bular
quyidagilar: 
1) mustaqil holda gap bo‗la olish; 
2) gap tarkibida shu gapning biror bo‗lagi bilan sintaktik aloqaga
kirisha olmaslik; 
3) o‗ziga xos, g‗ayritabiiy ma‘noga ega bo‗lish; 
4) bog‗lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl,
zamon, shaxs – son shakllariga ega emaslik. 


19 
So‗z – gap sirasiga shu to‗rt asosiy belgi bilan bir majmuaga
birlashuvchi birliklar kiradi ( bu tipdagi birliklar kirish so‗z vazifasida
ham keladi, lekin ularning substansial belgisi - so‗z – gap bo‗lib kelish).
Quyida ularning har biri alohida - alohida ko‗rib o‗tiladi. 
1.Mustaqil holda alohida gap bo‗la olish belgisi. Bu belgi
to‗rtinchi belgi bilan chambarchas bog‗langan. O‗zbek lisoniy tizimi
gapda ma‘lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon,
shaxs/son ma‘no va munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur
bo‗lishini talab qiladi. So‗z – gapda bunday tarkibiy qismni alohida – 
alohida ajratish mumkin emas. Lekin kesimlik ma‗no va munosabati
so‗z – gapning o‗zida mujassamlashgan va ularning ichki mohiyatini
tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma‘nolari hamda
kesimlik – gap markazi mavqeida kelishida – fikrni shakllantirish,
ifodalash vazifasi bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so‗zning leksik
ma‘nosida mujassam. Shu sababdan bunday gapda kesimlik mavjud,
ammo kesimlik shakli ifodalanmagan. 
2. So‗z – gap mustaqil gap bo‗la olish qobiliyatiga ega
bo‗lganligidan bu so‗zga nisbatan semantik – funksional shakllangan so‗z 
– gap atamasi qo‗llaniladi. Bu atamadagi ― semantik‖ tarkibiy qismi
hodisaning lug‗aviy ( ma ‗noviy ) tomoniga ishora qilib turadi. Gap
markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki tabiiy xususiyati
namoyon bo‗ladi, ya‘ni leksik birlik ham so‗z, ham gap. Bu
atamaning funksional tarkibiy qismi esa so‗z – gapning sintaktik
funksiya bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan
chegaralanganini ifodalaydi. Demak, semantik – funksional shakllangan
gap grammatik shakllangan gap [ WPm ] dan farq qiladi va kesimlik
ma‘nosi so‗z – gapda leksik birlikning yoki atov birligi [ W ] ning
o‗zida mujassamlashganligi tufayli lisoniy qurilish qolipi [ W^] sifatida
berilgan. 


20 
3. So‗z – gapning o‗ziga xos g‗ayrioddiy lug‗aviy ma‘noga egaligi.
Bu xususiyat quyidagicha namoyon bo‗ladi: 
a) ma‘no imkoniyati chegaralangan; 
b) grammatik shaklni talab qilmaydi; 
d) boshqa so‗z bilan birikish imkoniyatidan mahrum; 
e) gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan; 
f) ma‘noli qismga ajralmaydi. 
Shuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga
nisbatan g‗ayrioddiy, biroq ma‘no va vazifa jihatidan alohida
barqaror til birligi hisoblanadi. 
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son,
olmosh, fe‘l, ravish, taqlid so‗z turkumlari gapning istalgan bir
bo‗lagi vazifasida kela olsa, so‗z – gap gap (yoki uning markazi)
vazifasida kela olishga xoslangan, bog‗lovchi, ko‗makchi, yuklama
esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi. 
So‗z – gap tasnifi. So‗z – gap o‗z ichida bir necha ma‘noviy
guruhga ajaraladi: 
1. Modal. 
2. Undov. 
3. Tasdiq/ inkor. 
4. Taklif / ishora. 
So‗zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati – qat‘iy
ishonch, gumon, taxmin kabi ma‘noni ifodalab keladigan so‗z


21 
modaldir. Unga [ xullas], [ demak], [ chamasi], [ tabiiy], [ ehtimol],
[shubhasiz], [ shekilli] kabi so‗zlar misol bo‗ladi. 
Kishilarning his – tuyg‗usini, haydash, to‗xtatish kabi xitob,
buyruqni ifodalaydigan so‗z – gap ko‗rinishi – undov so‗z – gap deyiladi.
His – tuyg‗u undoviga [eh], [voy], [oh], [ barakalla], [ rahmat ], [ ofarin 
] kabi so‗z, buyruq – xitob undovlariga [ pisht], [beh – beh ], [pisht – 
pisht], [chuh] kabi xitob so‗z kiradi. 
So‗z – gapning uchinchi ma‘noviy guruhi bo‗lgan tasdiq/ inkor
so‗z ko‗pincha modal tarkibida o‗rganilgan. [ ha ], [ mayli ], [ xo‗sh],
[xo‗p ] so‗zi tasdiqni, [ yo‗q ], [ mutlaqo], [also], [ sira ] so‗zi - inkorni
ifodalovchi so‗z – gap. 
Taklif / ishora so‗z – gapga qo‗llanishi tana a‘zolarining maxsus
harakati bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan [ma], [ mang ], [ qani ],
[marhamat ] so‗zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‗lib, uni
biror ish – harakatni bajarishga undaydi. 
So‗z – gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‗pchiligi boshqa
so‗z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‗ziga xos nutqiy
qo‗llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, [ so‗zsiz ],
[ tabiiy ] so‗zi sifatdan, [ albatta ] ravishdan o‗sib chiqqan bo‗lsa,
[ har qanday ], [ har holda ] modal so‗z – gapi so‗z birikmasidan,
[ nasib bo‗lsa ], [ xudo xohlasa ] kabilar gapdan kelib chiqqan. 
Sof so‗z – gapga [ albatta ], [ alhamdulilloh ]; [eh ], [ hoy ], [ oh ],
[ o‗h ]; [ ha ], [ yo‗q ], [ mutlaqo ]; [ ma ], [ mang ] kabi modal, undov,
tasdiq / inkor, taklif / ishora so‗zi mansub. O‗zbek substansial
tilshunosligida so‗z – gap [ W^] – lashgan ( modallashayotgan,
undovlashayotgan, tasdiq / inkorlashayotgan, taklif / inkorlashayotgan so‗zlar,
[ W^] – simon ( modalsimon, undovsimon, tasdiq/ inkorsimon ) so‗z – gapga
ajratilib, mufassal o‗rganilgan. 


22 
[ W^] – lashgan ( so‗z – gaplashgan ) so‗z o‗z semantik – funksional
xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin
turadi, lekin o‗z aloqasini boshqa so‗z turkumlaridan to‗la – to‗kis
uzmagan bo‗ladi. Chunonchi, modallashgan so‗zga [ chamasi ], [ chog‗i ],
[ ehtimol ]; undovlashgan so‗zga [ ura ], [ olg‗a ], [ dod ], [ voy – dod ];
tasdiq / inkorlashgan so‗zga [ bo‗pti ], [ ma‘qul ], [ aksincha ], [ mutlaqo ];
taklif – ishoralashgan so‗zga qani kabi leksema misol bo‗la oladi. 
[ W^] – lashayotgan ( so‗z – gaplashayotgan ) so‗z so‗z – gapga to‗la 
– to‗kis o‗tgan bo‗lmaydi. Va ―o‗tish yo‗lida‖ turgan so‗zdir. 
Bu o‗rinda modallashayotganga [ balki ], [ hatto ], [ aftidan ];
undovlashayotganga [ yashang ], [voy o‗lay ]; tasdiq – inkorlashayotganga
[ durust ], [ to‗g‗ri], [ rost], [ aslo ], [ hargiz]; taklif / ishoralashayotganga
[ mana mundoq ] kabi so‗zni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin