Xususiyatlari


Bob bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix18.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#117047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

Bob bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1. Modal so‗zlar tilshunoslikda shu kunga qadar alohida so‗z
turkumlari tarkibida o‗rganilib kelinayotgan edi. So‗zlovchining
ifodalanayotgan fikrga asosan modal ma‘no yuklash uchun qo‗llaydigan
leksik birligi modal so‗zlar deyiladi. Modal so‗zlar morfologiyada
nomustaqil lug‗aviy ma‘noli so‗zlar tarkibida o‗rganilsa, sintaksisda kirish
so‗z vazifasida o‗rganiladi. 
2. Modal so‗zlarni alohida kategoriya sifatida V. V. Vinogradov
ishlab chiqqan. S. Abukumova, I. I .Menzaninova kabi tilshunoslar modal
so‗zlarni alohida so‗z turkumi sifatida o‗rganish tarafdori bo‗lib chiqdilar. 
O‗zbek tilida ham modal so‗zlar bo‗yicha salmoqli ishlar amalga
oshirilgan. R. Komiljonovning ― O‗zbek tilida modal so‗zlar‖,
S. Saidovning ―Hozirgi zamon o‗zbek tilidagi modal so‗zlarning
klassifikatsiyasi masalasiga doir‖ kabilar shular jumlasidandir. 
3. Modal so‗zlar substansial tilshunoslikda semantik – funksional
shakllangan so‗z – gaplar tarkibida o‗rganiladi va shunga muvofiq
tasniflanadi. Bunda modal so‗zlarning mustaqil holda gap bo‗la olish,
gap tarkibida shu gapning biror bo‗lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha
olmaslik, o‗ziga xos g‗ayrioddiy ma‘noga ega bo‗lish, bog‗lamalar bilan
birika olmaslik kabi xususiyatlari namoyon bo‗ladi. 


26 
IKKINCHI BOB. O‘ZBEK TILIDA MODAL SO‘ZLARNING
SEMANTIK TASNIFI VA USLUBIY XUSUSIYATLARI 
2.1. O‘zbek tilida modal so‘zlarning semantik tasnifiga doir
qarashlar 
Demak, so‗zlovchining o‗z fikriga bo‗lgan munosabatini bildiradigan
so‗zlar modal so‗zlar ekan, o‗zbek tilida modal so‗zlar tasnifiga oid
turli xil qarashlar mavjud. Jumladan, biz quyida o‗zbek tilida
mavjud modal so‗zlarning ba‘zi tasniflarini keltirib o‗tmoqchimiz. Bob
yakunida ular orasidan qaysi biri izchil va mukammalligi to‗g‗risida
muayyan xulosalarga kelish uchun ham, avvalo bu tasniflarni
yaxshiroq o‗rganib chiqishimiz, kamchilik va yutuqlarini tahlil
qilishimiz joiz bo‗ladi. Avvalambor, modal so‗zlar tilshunoslikda
ikki xil jihatdan tasnif qilinishi mumkin. Birinchisi, modal
so‗zlarning alohida olingan so‗z turkumi sifatida morfologiya
tarkibida o‗rganilishi bo‗lsa, ikkinchisi modal so‗zlarning gap
tarkibida gap bo‗laklari bilan munosabatini birinchi o‗ringa qo‗yib
o‗rganuvchi kiritmalar sifatida sintaksis tarkibida.
Har ikkala nuqtayi-nazardan ham, modal so‗zlar o‗z mohiyatini,
shakl – u shamoyilini yo‗qotmaydi. Ular kiritmalar tarkibida
o‗rganilganda modal so‗zlik xususiyatini, alohida so‗z turkumi
sifatida o‗rganilganda esa kirish so‗zlik xususiyatini yo‗qotib
qo‗ymaydi. Bu fikrni tilshunoslikda mavjud alohida so‗z
turkumlarining qolgan qismlari - undov va taqlid so‗zlarga nisbatan
ham qo‗llash mumkin. Modal so‗zlar tasnifi va tarkibi masalasi
tilshunosligimizda eng bahstalab masalalardan biri sanaladi. Shu
boisdan ham biz bu masalani alohida bobda ko‗rib chiqishga qaror
qildik.


27 
Modal so‗zlarning semantik tasnifi an‘anaviy va formal
tilshunoslikda muayyan tafovutlarga ega sanaladi. Chunonchi, an‘anaviy
tilshunoslikda modallar quyidagicha tasniflanadi: 
Tasdiqni bildiruvchi modal so‗zlar: albatta, haqiqatan, darhaqiqat,
so„zsiz, shubhasiz; 
Taxmin va gumonni bildiruvchi modal so‗zlar: ehtimol, chamasi,
aftidan, shekilli
Afsus va ajablanishni bildiruvchi modal so‗zlar: attang, afsuski,
ajabo
Fikrning tartibini bildiruvchi modal so‗zlar: avvalo, jumladan,
masalan; 
Umumlashtiruvchi, yakunlashtiruvchi modal so‗zlar: xullas, demak,

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin