Microsoft Word 4-Kichik maktab yoshi docx dot


Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy



Yüklə 385,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix20.06.2022
ölçüsü385,11 Kb.
#117081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-Kichik maktab yoshi 1 docx

 
5.2.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy 
rivojlanishi 
Opqish faoliyati kichik maktab Yoshidagi opquvchining aql-
idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga 
tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-
sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. SHu
Yoshdagi bola idrokining optkirligi, ravshanligi, sofligi, 
aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, 


tafakkurining yaqqolligi opzining qiziquvchanligi, 
ishonuvchanligi bilan boshqa Yoshdagi bolalardan ajralib 
turadi. 
Kichik 
maktab 
davrida 
opqish 
faoliyati 
bilan 
shugpullanish, jumladan, moddiy narsalarning har xil 
xossalari bilan tanishish sezgilarning opsishiga katta tahsir 
koprsatadi. Kichik maktab Yoshidagi opquvchilarda asosan 
farq qila olish, koprish va eshitish sezgilari ayniqsa tez 
opsadi. 7-10 Yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 
45% ortishi,10-12 Yoshgacha bolalarda esa 65%gacha 
ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan. Kichik maktab 
opquvchilarini rasm chizishga oprgatish ranglarni farqlash 
sezgirligining opsishiga katta tahsir koprsatadi. Ohanglarni 
farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga musiqa va ashula
oprgatish jarayonida kuchli suratda opsadi. Sezgilarning 
opsishida SHuningdek, jismoniy tarbiya mashgpulotlarining 
ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi 
mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini opstiradi. 
Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari 
asosan tahlim- tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik 
jihatdan kopp darajada takomillashadi. Mazkur Yoshdagi 
bolalar opz idroklarining aniqligi, ravonligi, optkirligi bilan 
boshqa Yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har 
bir narsaga berilib, opta sinchkovlik bilan qarashlari sababli 
idrokning muhim xususiyatlarini opzlashtirish imkoniyatiga 
ega bopladilar. 
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va 
kattaligini, ularni maqonda joylashishini bilish bilan, birga 
ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli opqish uchun 
bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori boplishi juda 
muhim 
hisoblanadi. 
Maktab 
Yoshiga 
kelib, 
normal 
rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks 
ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. SHuning uchun ham 
surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga 
taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda 


atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini 
anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni 
rivojlantiradi. CHunki, bola shu rasmlar orqali olam 
gopzalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, 
ajratadi va opz munosabatini bildira oladi.
 
Tahlim-tarbiya 
jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata olish 
qobiliyati opsadi. Kuzata bilish muvafaqqiyatli opqish uchun 
zarur shartlardan biridir. Opquvchilarda kuzata bilish 
qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari 
bilan birgalikda opsib boradi. Bu Yoshdagi opquvchilar opz 
idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlangpich sinf 
opquvchilari 
katta 
Yoshdagi 
odamlardan 
deyarli 
qolishmasdan topgpri chiziqni kopz bilan chamalab teng ikki 
boplakka bopla oladilar, narsa va chiziqlarni katta-
kichikligiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda 
turgan oprnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, 
qaysi biri balandroq yoki pastroq joylashganini kopz bilan 
chamalab, shu masofani bosib optish uchun talab qilinadigan 
vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar. 
Maktab tahlimiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan 
uzoq muddatli va shartli barqaror bopladi. Boshlangpich sinf 
opquvchilarida diqqatni irodaviy zopr berish bilan 
boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi 
boplmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning 
kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat 
kopproq rivojlangan bopladi. Boshlangpich sinf opquv 
materiallarining 
yaqqolligi, 
yorqinligi, 
jozibadorligi, 
opquvchida beixtiyor his-tuygpularni uygpotadi va kuchli 
irodaviy zopriqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 
1-2 sinf opquvchilari diqqatining opziga xos xususiyatlaridan 
biri - uning etarlicha barqaror emasligidir. SHuning uchun 
ham ular opz diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga 
qarata olmaydilar va diqqat obhektlari ustida uzoq tura 
olmaydilar.Tahlim 
jarayoni 
kichik 
maktab 
Yoshidagi 
opquvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol 


ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. 
Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-
masalalar echish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zopr 
berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu 
Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatni topplash, tashkil qilish, 
uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish uquvi shakllana 
boshlaydi. 
Ushbu matritsa kichik maktab Yoshidagi opquvchilar 
diqqatining kopchishi, taqsimlanishi, mahsuldorligi va 
barqarorligini aniqlash uchun ishlatiladi.Kichik maktab 
Yoshidagi bolaga Landolt xalqachalari chizilgan blank 
taqdim etiladi va unga quyidagi qopllanma beriladi. “Hozir 
biz sen bilan “ Diqqatli bopl va iloji boricha tezroq ishla“ 
nomli opyin opynaymiz. Sen hozir boshqa oprtoqlaring bilan 
musobaqalashasan. 
Keyin 
musobaqada 
kim 
yutganini 
kopramiz. Seni bajargan ishlaring oprtoqlaringnikidan yomon 
boplmaydi deb opylayman. SHundan sopng bolaga Landolt 
xalqachali blank koprsatiladi va u nima qilishi kerakligi 
tushuntiriladi. U xalqachalarni qatorlar bopyicha diqqat bilan 
qarashi va ular orasidan joyidan opzgartirib chizilgan 
xalqachalarni topishi va ularni belgilab qopyishi kerak. 
Ish 5 minut davomida bajariladi. Har bir minutdan sopng 
eksperimentator “chiziq” deb aytadi. Bu vaqtda bola topxtagan 
joyiga chiziq tortishi kerak bopladi. 5 minut optganidan sopng 
eksperimentator “topxta” deb aytadi va bola ishni topxtatishi 
kerak va opsha erga ikkita chiziq tortib qopyishi zarur. Ish 
tugatilganidan sopng eksperimentator bola tomonidan har bir 
minut ichida hamda 5 minut davomida koprib chiqilgan 
xalqachalar sonini aniqlaydi. SHuningdek, ishlash jarayonida 
har bir minutda va 5 minut davomida yopl qopyilgan xatoliklar 
hisoblaniladi. 
Kichik maktab Yoshidagi bola mahlum darajada opz 
faoliyatini opzi mustaqil rivojlantira oladi. U opz rejasini, u 
yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishni sopz bilan 
ifodalab bera oladi. Rejalashtirish sopzsiz bolaning diqqatini 


tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Kichik maktab Yoshidagi 
bolalar opz diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin 
bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori motivatsiyani tashkil 
etilishini talab etadi. 
Opquv faoliyati boladan berilgan opquv materiallarini 
esda saqlab qolishni talab etadi, opqituvchi opquvchisiga 
nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida koprsatmalar beradi. 
Opquvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni 
tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu Yoshda ixtiyorsiz 
xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab 
qolishini asosan uning ishga boplgan qiziqishi belgilab 
beradi. Opquv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy 
sharti hisoblanadi Birinchi signal sistemasi ikkinchi signal 
sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik maktab 
Yoshidagi 
opquvchilarda 
mantiqiy 
xotiradan 
kopra 
koprgazmali harakatli xotira ustunlik qiladi. SHuning uchun 
ham 
ular 
nazariy 
qonun 
va 
qoidalardan, 
mavhum 
tushunchalardan kopra yaqqol mahlumotlar, axborotlar, voqea 
va hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq hamda 
mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda 
saqlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tahlim olish 
munosabati bilan mantiqiy, yahni mahnosiga tushunib esda 
qoldirish qobiliyati opsib boradi. Esda qoladigan 
materialning 
hajmi 
kengayib 
boradi, 
materialning 
mazmunini 
tushunish 
ham 
chuqurlashadi 
va 
murakkablashadi. Bahzan boshlangpich sinf opquvchilari, 
hatto 
mazmuni 
tushunarli 
boplgan 
materialni 
ham 
mahnosiga ehtibor bermasdan, mexanik ravishda oprganib 
oladilar. 
Respublikamizning 
psixolog 
olimi 
E.Gp.Gpozievning 
fikriga 
kopra, 
buning 
sabablari 
quyidagilar:1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira 
turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham 
mahlumotlarni aynan,opzgarishsiz eslab qolish imkonini 
beradi; 


2) opquvchilar opqituvchi qopygan vazifani anglab 
etmaydilar,natijada uning “topgpri tushuntirib ber” degan 
talabini sopzma-sopz takrorlash deb biladilar; 3)ularning 
nutq 
boyligini 
etishmasligi 
(ilmiy 
atamalar, 
til 
qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy topldirish, unga 
qopshimcha qilish imkoniyati yopqligi uni sopzma-sopz 
qaytarishni osonlashtiradi; 4) opquvchilar matnni topgpri 
usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu 
Yoshdagi bolalarda albatta boplishi kerak emas. Mexanik 
esda qoldirish koppincha opqituvchilar opquvchilarida
mantiqiy xotirani opstirishga etarli ehtibor bermagan 
hollarda boplishi mumkin.Tahlim jarayonida opquv 
materialining mahnosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, 
dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish 
orqali opquvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. 
Birinchi sinfdan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati 
tez rivojlana boshlaydi. Opqish jarayoni uchun ixtiyoriy 
esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar 
talab etiladi. Busiz opqish jarayonining normal boplishi 
mumkin emas. Opquvchilardan faqat oprganib, bilib 
olishgina emas, balki oprganib bilib olganini xotirlay olish 
ham talab etiladi. Opquv materialini muayyan sistema bilan 
xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yopli bilan boplishi 
mumkin. 
Opquvchilar tushuncha va qoidalarni tahriflab berolmay 
kolganlarida yoki tahriflash mumkin boplmagan paytlarda 
tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan koprsatib 
beradilar. Dars jarayonida opqituvchi turli vaziyatlarni 
tasavvur qilishni sopraydi. Bu holat, albatta, biron-bir 
yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar boplgan 
taqdirdagina opquvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks 
holda bu Yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur, harakatlar 
qilishga qiynaladilar. Kichik maktab davrida tasavvur 
asosan bolalar rasm chizayotganlarida, SHuningdek ertak va 
hikoyalar topqiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab 


Yoshidagi opquvchilar opz xayollari va tasavvurlariga 
asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni opzlari mustaqil 
ravishda topqiy oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar 
tasavvuri juda keng va xilma-xil bopladi. Ayrim opquvchilar 
real borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va 
vaziyatlarni tasavvur etadilar. SHu bois kichik maktab 
Yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish 
mumkin. Bolalar koppincha opzlariga mahlum siymolar, 
syujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur 
etadilar, yaratadilar. Juda kopp multfilmlar ana shunday 
bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. Turli tasavvurlar 
zamirida 
ularning 
qoprquvni 
engishi, 
dopst 
topishi, 
xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur 
terapevtik natijaga olib keluvchi faoliyat sifatida ham 
namoyon 
boplishi 
mumkin. 
Bola 
real 
hayotda 
qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan 
holatda ham koppincha xayolga beriladi. Masalan, 
mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola opzining hamma 
havas qiladigan oilasi, uyi boplishini, bu uyga opgprilar 
kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. Opz 
tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan 
kechirgan 
bola 
opzining 
kelgusi 
xatti-harakatlari 
motivatsiyasi 
uchun 
zamin 
tayyorlaydi. 
Kattalarga 
nisbatan boplgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati 
juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila 
boshlaydi, opz-opzining shaxsiy tajribasidan tasavvur 
yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi
shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolada xayol etarli 
darajada rivoj topgan bopladi va u xilma-xil tasavvurlarning 
kattagina zaxirasiga ega bopladi. Opqish jarayonida u faqat
idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki shu 
bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, 
oprgatilayotgan materialni yaqqol tarzda opzlashtira boradi.


Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy sanhat 
asarlarini etarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. 
Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, 
opquvchilarda xayol paydo bopladi. Boshlangpich sinf 
opquvchilari opynaydigan opyinlarda ham ularning xayolini 
opsishi davom etaveradi.Opquvchilar opz opyinlarida turli 
narsalarni yasaydilar, turli erlarga sayohat qiladilar. Bunday 
opyinlarlardan opquvchi mazmundor taassurotlar oladi va unda 
turli tasavvurlar hosil bopladi, uning ijodiy, qurish-yasash va 
badiiy qobiliyatlari opsadi. Kichik maktab Yoshidagi 
opquvchining xayoli opzining kengligi va mazmundorligi 
jihatidangina opzgarib qolmasdan, balki yopnalishi jihatidan 
ham opzgaradi. Kichik maktab davridagi opquvchining 
ixtiyorsiz xayoli ham, ixtiyoriy xayoli ham maktabgacha 
Yoshdagi bolalarning xayolidan opzining barqarorligi bilan 
farq qiladi.
Maktabga kelish arafasida bolaning sopz boyligi opz fikrini 
bayon eta oladigan darajada ortadi. 6 Yoshdagi normal 
rivojlanayotgan bola opz nutqida 3000-7000 sopzni ishlatadi. 
Bolalar nutqining opsishida ularning maktabdagi opqish 
faoliyati ayniqsa, katta rol opynaydi. Bola maktabga
kelmasidan oldin opzi qanday gapirayotgani ustida opylab 
optirmasdan, opz nutqidan faqat aloqa va bilish vositasi 
tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan
til opqitiladigan va oprganiladigan fan boplib qoladi.
Maktabda opqiyotgan

bola opz ona tilining grammatikasi
bilan shugpullanishi natijasida, opz nutqini grammatika
qoidalariga muvofiq ongli ravishda tuzishni oprganadi.
Grammatikani oprganish jarayonida bola nutqining fonetika
jihati aniqlanadi, nutqning morfologik jihati topgpri boplib 
boradi, sintaksis tuzilishi esa ancha takomillashadi. 
Nutqning ayrim jihatlariga xos boplgan bu sifatlar faqat 
grammatikani opqib oprganish natijasidagina opsib qolmasdan, 
balki, shu bilan birga, maktabda opqitilayotgan boshqa 
fanlarning tahsiri ostida ham opsadi. Maktabda opqitilayotgan 


hamma fanlarni oprganish va shu fanlar bilan shugpullanish
jarayonida opquvchi nutqining lugpat zaxirasi boyiydi, 
sopzlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi
sopzning, har kaysi terminning mahnosi aniqlanadi. 
Boshlangpich sinf Yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, sifat, son, 
fehl va bogplovchilardan iborat bopladi. Bu Yoshdagi bolalar 
opz nutqlarida qaysi sopzlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini 
ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 Yoshli bola 
jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun 
bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, uni 
opzlashtirishi mahlum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 Yoshli 
bolalar nutqining opziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, 
ular opz fikrlarini bayon etish uchungina emas, balki opz 
suhbatdoshining diqqatini opziga jalb qilish uchun ham 
gapiradilar. 
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana 
boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni topgpri tuzish va sopzlarni 
topgpri yozishga mahlum talablar qopyilganligi bilan 
xarakterlanadi. Bola sopzlarni qanday eshitgan boplsa, 
shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni topgpri talaffuz 
etishga va yozishga oprganishi zarur. Yozma nutqni egallash 
asosida bolalarda turli matnlar haqida mahlumotlar yuzaga 
keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi 
bois, bolada opzi yozgan fikrlarni, sopz va harflarni nazorat 
etish malakasi hali rivojlanmagan bopladi. Lekin unga ijod 
qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish kichik 
maktab Yoshidagi opquvchilarda berilgan mavzuni anglash, 
uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun 
mahlumot topplash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja tuzish, 
uni mahlum ketma-ketlikda bayon etish, malakasini yuzaga 
keltiradi. Jumlalarni topgpri tuzish, aynan shu mazmunga 
mos sopzlarni topish va ularni topgpri yozish, tinish 
belgilarini topgpri qopyish, opz xatolarini topa olish va 
topgprilash 
aqliy 
rivojlanishning 
koprsatkichlaridan 
hisoblanadi. Metodistlar kichik maktab Yoshidagi bolalarning 


nutqini rivojlantirish uchun quyidagi nutq turlarini sistemali
ravishda tashkil etish sxemasini tavsiya etadilar. 

Yüklə 385,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin