26
b) diz’yunksiya
c) chin va yolg‘on mulohazalar
d) kon’yuksiya
6.
Sheffer shtrixi deb …. ataladi.
a)
x ↔ y mulohazasi
b)
x dan
y hosil bo‘ladi
c)
x|y mulohaza yolg‘ondir
d)
x y
Topshiriq. Badiiy adabiyotlardan mantiqiy amallarga 10 tadan misol toping.
Tahlil natijalarini quyidagi jadvalga joylashtiring.
Inkor
amali
Kon’yunksiya
amali
Diz’yunksiya
amali
Implikatsiya
amali
Ekvivalentlik
amali
Sheffer
shtrixi
Izoh
Topshiriq. Tanlanma matndan idiomalarga misollar toping. Tahlil natijalarini
quyidagi jadvalga joylashtiring:
Trop
turlari
Qo‘llanish
maqsadi
Matndagi
ma’nosi
O‘z
ma’nosi
Idioma
keltirilgan
matn
Olingan
manba,
sahifasi
Izoh
Topshiriq. Ta’kidiy diktant.
1. Har hafta ikki marotaba
qovoq samsa yoptirmay qolmas, ammo “yog‘ni
samsa qovoqni tilimni buzadi” deb ta’kidlashni ham unutmas edi (A.Qodiriy.
Mehrobdan chayon, -
Toshkent, 2007, 161-bet). 2. Dalalarda maysalar ko‘kargan
bo‘lsa ham, hanuz qishning nafasi ketgan emas (N.Eshonqul. Yalpiz hidi. - Toshkent,
2008, 67 bet). 3. Xayxot do‘stlik nima o‘zi? Maqsadlar-u dunyoqarashlar birligini
yoki taqdirlaru tabiatlar mushtarakligi? Yusuf bilmay qoldi (U.Xamdam. Muvozanat.
– Toshkent, 70 bet). 4. U hozir negadir yolg‘iz qolgisi, hayollariga qonib, yolg‘iz
yotgisi keldi va shakarobni hozirladi-da,
unga tuz sepmay, qizchalarni oshxonada
qoldirib, xonasiga yo‘l oldi (Bozor dunyo. – Toshkent, 2006, 378 bet). 5.
Faqat va
faqat o‘rganib shuni bildiki, cho‘qqisoqol endi bu oilada o‘z hukmini o‘tkaza oladi
(N.Eshonqul. Yalpiz hidi.
- Toshkent, 2008, 223 bet). 6. Agar yo‘llarda mashinalar
ko‘p bo‘lsa, u holda manzilimizga yetishimiz qiyinroq kechadi (Bozor dunyo. –
Toshkent, 2006, 370 bet).
a) Gaplarni mantiqiy amallar asosida tahlil qiling. Qanday bog‘lovchi vositalar
qo‘llanilmoqda, tushuntiring.
b) Talabalarni guruhlarga bo‘lib, kichik guruhlarga gaplarni rus tiliga tarjima
qilishni topshiring.
c) Har bir kichik guruh o‘z matnining fonetik formulasini tuzishini topshiring
(Namuna: Har, hafta = CVC, CVCCV).
27
Qo‘shimcha mutolaa
Multimedia (ko‘p muhitlik - degan ma’noni anglatadi)
- zamonaviy axborot
texnologiyasi bo‘lib, axborotlarning turli ko‘rinishlari-matn, nutq animatsiya
(multiplikatsiya) video tasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash,
qayta
ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajaradi. Multimedia insonning kompyuter bilan
muloqotining yangi takomillashgan shakli bo‘lib, undan har tomonlama axborot olish
mumkin. Multimedia orqali ta’limiy, tarbiyaviy, ma’lumotlarni
yetkazish, reklama
berish va boshqa vazifalarni amalga oshirish mumkin.
XXI asr axborot asri ekanligi kundalik turmushimizda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Fan va texnika tobora rivojlanayotgan bir davrda turli sohaga oid axborotlarni
tezkorlik bilan etkazish texnologiyalarining paydo bo‘lishi va ijtimoiy hayotimizning
barcha sohalariga “Internet”ning kirib borayotganligi hech kimga sir emas.
Inson
tafakkurining mahsuli bo‘lgan kompyuter va axborotlashtirish jarayoni ma’naviyat,
madaniyat va ta’lim tizimida ham faol qo‘llanmoqda. «O‘zbekiston XXI asrga
intilmoqda» nomli multimedia almanaxi o‘zbek tilida ishlab chiqildi. Almanax
respublikamiz olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, “Kompyuter-Osiyo” ilmiy –
texnika parkida ishlab chiqarilgan.
Adabiyotlar:
1. Новиков П.С. Элементы математической логики. – М.: Наука. 1973.
2. Ёқубов Т., Каллибеков С. Математиқ мантиқ элементлари. – Тошкент:
Ўқитувчи. 1996. – 272 б.
3. Йўлдошев Б. Математик ва компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2007.
4. Йўлдошев Б. Компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2009.
5. Эшқобил Шукур. Она тилимиз “ҳужайралари” ёхуд сўз математикаси //
Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2006 йил 24 феврал, 8 (3837)-сон.
6. Тўраев Ҳ. Математик мантиқ ва дискрет математика. –Тошкент:
Ўқитувчи, 2003.-416 б.
Dostları ilə paylaş: