29
Mulohazalar hisobining har bir formulasi, o‘zgaruvchilar
uning ifodasiga
qanday kirishidan qat’i nazar, 1 yoki 0 qiymat qabul qiladi. Uning qiymati
mulohazalar algebrasidagi qoidalar bo‘yicha hisoblanadi.
Teorema. Mulohazalar hisobidagi har bir isbotlanuvchi formula mulohazalar
algebrasida aynan chin (tavtologiya, umumqiymatli) formula bo‘ladi.
Matematik mantiqning mulohazalar algebrasi bo‘limida asosiy teshirish obyekti
gaplardir. Matematik mantiqda har bir gapning ma’nosiga
qarab chin, to‘g‘ri,
haqqoniy yoki yolg‘on, noto‘g‘ri bo‘lishi ahamiyatlidir. Masalan,
London-
Angliyaning poytaxti, Buxoro-qadimiy va navqiron shahar; Bu yil yog‘ingarchilik
ko‘p bo‘ldi kabi gaplar chin yoki to‘g‘ri gaplar (mulohazalar)dir.
Yer oydan kichik.
3>5, 7>9, 12>15 kabilar esa yolg‘on, noto‘g‘ri gaplar (mulohazalar) hisoblanadi.
Ba’zan ko‘pgina gap, matn yoki asarlarning chin yoki yolg‘on ekanligini tez aniqlash
qiyin. Masalan,
Bugungi tun kechagidan qorong‘uroq ,
degan gap qaysi vaqtda va
qaysi joyda aytilishiga qarab yo chin, yo yolg‘on bo‘ladi. Shu asosda matematik
mantiq fanida quyidagi qoida mavjud:
Faqat chin yoki yolg‘on qiymat qabul qilaoladigan
darak gapga mulohaza
deyiladi.
Yonimga kel; Uyda bo‘ldingmi? Bayram bilan! Qachon kelasan? Nega dars
tayyorlamaysan? Yaxshi boring! kabi gaplar mulohazaga kirmaydi, chunki ular ifoda
maqsadiga ko‘ra buyruq, so‘roq va undov gaplardir. Har bir mulohaza uchun ma’lum
holatda chin yoki yolg‘on qiymatga ega bo‘ladi. Bundaan keyin biz chin qiymatni
qisqacha qilib
ch(l) simvoli
bilan belgilaymiz, yolg‘on qiymatni esa
yo(o)simvoli
bilan belgilaymiz.
Mulohazalarni belgilash uchun lotin alifbosidagi kichik harflardan foydalaniladi;
a,b,s,x,y,z... shunday mulohazalar ham borki, ular hamma vaqt mumkin bo‘lgan
holatlarda chin yoki yolg‘on qiymat qabul qiladilar.
Bunday mulohazalar chin
(absolyut) va (yolg‘on) mulohazalar deb yuritiladi. Masalan,
Yozda doim issiq
bo‘ladi. O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat kabi.
Mulohazalar algebrasida konkret mulohazalarningina emas,
balki har qanday
istalgan mulohazalar ham o‘rganiladi. Bunday mulohazalar o‘zgaruvchi mulohazalar
deyiladi. Masalan,
Sochi uzun qizning sochi qirqilgach, u kalta bo‘lib qoladi Shuning
uchun o‘zgaruvchi mulohazani
X bilan belgilaymiz. U holda
x har qanday konkret
mulohazani istalganini ifodalashga xizmat qiladi. Shuning uchun x ikki xil: chin va
yolg‘on qiymatli o‘zgaruvchilvrni ifodalaydi.
)
(
0
)
(
1
2
1
yo
x
ch
x
.
Dostları ilə paylaş: