35
Tabiiy modellar –
prototipdan (asl nusxadan)
jismoniy tuzilishi
bilan farq qiladigan, lekin prototip bilan bir
xil matematik tasvirga ega bo‘lgan modellar.
Matematik modellar –
o‘rganilayotgan ob’yekt bilan bir turda
bo‘ladigan va undan faqat o‘lchamlari,
jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda
yasalgan materiali
bilan farq qiladigan
modellar.
Mantiqiy-matematik
modellar –
matematik,
mantiqiy
modellashtirish
metodlariga asoslanib kompyuterda algoritm
va dasturlardan foydalangan holda yaratilgan
modellar.
Kompyuter modellar –
belgilardan iborat bo‘lgan, tafakkur jarayonini
o‘rganishda qo‘llanadigan mavhum modellar.
Adabiyotlar:
1. Йўлдошев Б. Математик ва компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2007.
2. Йўлдошев Б. Компьютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2009.
3. Po‘latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007.
B.23.
8-MAVZU:
FORMALLASHTIRISH.
SO‘Z TURKUMLARINI FORMALLASHTIRISH
Reja:
1. Formallashtirish haqida tushuncha
2. So‘z turkumlarini formallashtirish haqida
3. O‘zbek tilida mustaqil so‘zlar va ularni formallashtirish
4. Ozbek tilida yordamchi so‘zlarni formallashtirish tamoyillari
Tilning ikkita turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar
tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv)ning axborot belgilari
tizimidan iborat. Tabiiy tilning alohida olingan har qanday belgisi o‘z holicha hyech
narsani ifoda qilmaydi. Bu belgilar inson amaliy faoliyati va tafakkuri taraqqiyotining
negizida vujudga kelgan til tizimiga kirgandan ma’lum bir ma’no
va mazmun kasb
etuvchi belgilarga anglatadi. Tabiiy til obyektiv olamning va bilishning turli xil
sohalariga tegishli bo‘lgan predmetlar, hodisalar hamda ularning xossalari va
munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U semantik
jihatdan yopiq tizim hisoblanadi. Boshqacha aytganda
tabiiy til boshqa tillarga
murojaat qilmagan holda, mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin.
Shuning bilan bir qatorda tabiiy til bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Ular quyidagilardan iborat: 1) tabiiy tildagi so‘zlarning ma’nosi vaqt
o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda
qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qilinishi
(sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida
ifoda qilingan fikr
aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini unchalik yaxshi
36
bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga
nisbatan yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan).
Tabiiy tildagi mana shu hodisalardan holi bo‘lish uchun ilmiy bilishda
atamalardan foydalaniladi. Atama o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z
bo‘lib, bu ma’no definisiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. Shuningdek,
tabiiy tilda
aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan ham erishiladi. Sun’iy til tabiiy til
negizida yaratilgan yordamchi informasion belgilar tizimidan iborat bo‘lib, u mavjud
axborotlar, xabarlarni aniq hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat
qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar -
ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi aniq mazmunga ega bo‘lgan
fikrlar ilmiy bilishda
ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning aniq
mazmunidan chetlashgan holda faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi.
Sun’iy tillar hozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning
ayniqsa matematika, fizika, kimyo, kibernetika, hisoblash
texnikasi va shu kabi
sohalar rivojlanishida hissasi katta. Sun’iy tillarning ishlatilishiga misol qilib
matematikadagi
to‘g‘ri
burchakli
uchburchak
tomonlarini
ifoda
qiluvchi
Cos
2
+Sin
2
= 1 formulani, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N
2
0 formulani,
mexanikadagi
tezlikni ifoda qiluvchi
Dostları ilə paylaş: