Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

Ishlamoq leksemasining kompyuter yordamidagi tahlili: 
1. Bosh so‘z: ishlamoq. 
2. Semantik uya: mehnat qilmoq, ter to‘kmoq; 
3. Leksik semantik guruh: boshqarmoq, haydamoq, qurmoq, yasamoq, 
yaratmoq. 
4. Semantik to‘da: zavod, korxona, ishchi, dehqon, dala, dastgoh. 
5. Mikromaydon: mehnat, ish. 
6. Makromaydon: ish-harakat. 
7. Sinonim: mehnat qilmoq, ter to‘kmoq; 
8. Antonim: bekor yotmoq, dangasalik qilmoq; 
9. Giperonim: mehnat qilish (faoliyat ko‘rsatish); 
10. Giponim: ishlamoq. 
11. Xolonim: harakat; 


57 
12. Meronim: qimirlab qo‘ymoq; 
13. Graduonim: timirskalamoq-ishlamoq- ter to‘kmoq. 
14. Funksiononim: yaratish, vujudga keltirish; 
15. Sath: leksik sath; 
16. So‘z turkumi: fe’l; 
17. Tuzilishi: sodda, yasama(ish+la); 
18. Morfologik o‘zgarish: o‘timli-o‘timsiz, bo‘lishli-bo‘lishsiz shaklga ega 
bo‘ladi, zamon, mayl, nisbat qo‘shimchalarini oladi (ishladi-ishlatdi, ishladi-
ishlamadi; ishladi- ishlayapdi- ishlamoqchi; ishlay- ishlagin, ishlasin; ishlaylik- 
ishlangiz- ishlasinlar;
19. Sintaktik aloqasi: zavodda ishlamoq, dalada ishlamoq, qattiq ishlamoq; 
20. Assosiasiya: ishchi, dehqon, xizmatchi, korxona, tez, sekin, dala, zavod. 
21. Ibora (frazeologizm) lar hosil qilishi: ishlasang-tishlaysan, ishlamasang 
kishnaysan. 
Demak, dunyo tilshunosligi tajribasidan kelib chiqqan holda bugungi kunda 
o‘zbek tilining kompyuter lug‘atlarini yaratish, tilimizda ishlatilayotgan barcha 
leksemalarning paradigmatik, sintagmatik qatorlarini aniqlash, ma’noviy 
tarmoqlanishlarini belgilash, ularni kompyuter xotirasiga kiritish orqali o‘zbek tili 
lug‘at jamg‘armasining ulkan zahirasini texnik jihatdan qaydlash, ularning boshqa 
tillarga sinxron tarjimasi uchun imkoniyatlar yaratish hozirda butun bir avlod oldida 
ko‘ndalang bo‘lib turgan bosh masalalardan biridir. Zero, lug‘atlarning muayyan xalq 
ma’naviyati va madaniyatida muhim o‘rin egallashi isbot talab qilmaydigan holatdir. 
Lug‘atlarda xalqning bitmas-tuganmas so‘z boyligi, ulkan ma’naviy xazinasi o‘z 
aksini topadi. Shu bois keyingi yillarda xalqimizning iqtisodiy va ma’naviy hayotida 
sodir bo‘lgan yangilanishlar, poklanishlar bizdan lug‘atlarning zamonaviy turlarini 
yaratishni talab qilmoqda. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin