2-semestr bo‘yicha:
Fevral oyida 2 -yarim yillik amaliyot dasturiga muvofiq rasmiy hujjatllarni tayyorladim. Ilmiy ijod
bilan shug„ullanayotgan talabalarning “Alisher Navoiy va XXI asr”
mavzusidagi xalqaro
konferensiyaga tayyorgarliklari nazorat qilindi. Kafedraga biriktirilgan talabalarning ilmiy
maqolalarini ko„rib chiqishda yordam berdim.
Mart oyida universitetning bir guruh yoshlarini O„zbekiston yozuvchilar
uyushmasida tashkil etilgan
shoir Usmon Azim bilan bo„lib o„tadigan adabiy kechaga olib bordik. She‟riyat kechasi
taassurotlarga boy bo„ldi.
Aprel oyida respublikamizda joriy etilgan karantin munosabati bilan “Hilol” adabiy to„garagi onlayn
ish rejimiga o„tkazildi. Ijodiy barkamollikni qo„llab –quvvatlash maqsadida,
telegram sahifasi tashkil
etildi. “Hilolo” adabiy to„garagi tomonidan mazkur ijtimoiy sahifada “COVID-19 ga qarshi kurash!”
mavzusida 1-kurs talabalari o„rtasida insho tanlov o„tkazildi. Tanlov g„oliblarini taqdirlash
karantinga keyingi qo„ldirildi.
Shuningdek, to„garak a‟zolarining universitetimizda 30 -may kuni
tashkil etilishi rejalashtirilgan talabalar konferensiyasiga tayyorlangan maqolalarni nazorat qildim.
Ustozimiz Olim Usmonov maqolalarga taqriz yozdilar.
May oyida to„garak a‟zolarining 9- may Xotira va qadrlash kuniga bag„ishlab o„kazilishi
rejalashtirilgan slayd tanlovidagi hamda universitetimizning tashkil topgan
kuni munosabati bilan
e‟lon qilingan “Mening universtitetim” nomli maqola tanlovidagi ishtirokini ta‟minladim. Ijodkor
talabalarga e‟lon qilindi. Ishtirokchilar faolligi ta‟minlandi. O.Usmonov rahbarligidagi “Hilol”
adabiy to„garagida olib borgan ilmiy –pedagogik faoliyat va amaliyotim bo„yicha 2-
yarim yillik
hisobot tayyorlab, magistratura bo„limiga taqdim etdim.
(Magistratura bo„limiga taqdim etilgan oylik va yillik hisobotlar 2019-2012-o„quv
yiliga
mo„ljallangan shaxsiy kalendar ish rejasiga muvofiq tarzda tayyorlangan)