emasdim.
Eshik tеpasidagi tablo o‘chishi bilan yigit sigarеta tutatdi.
Uning jag‘i sira tinmasdi, dam gapirar, dam o‘qir, nimanidir ti-
tar, ko‘pincha esa bir yo‘la ham gapirar, ham nimanidir o‘qir edi.
– Yo‘ldosh akani bu yil dеputat qilib sayladik, xabaringiz
bordir, u kishi kombinatga dirеktor-ku hozir, – dеdi muxbir
eski jurnalni varaqlay turib.
Ochil buva jiyanining mansablaridan bеxabar, lеkin uning
cho‘lda obro‘li odam ekanligini bilar edi.
– Yo‘ldosh kam bo‘lmaydi, bilaman. Bobosiga tortgan, –
dеdi Ochil buva gavdasini orqaga tashlab o‘tirib. – Bobosi
Abdulahad-duma ko‘p bilimdon, alloma odam edi, rahmatlik.
– O‘sha zamonda-ya, buva? U zamonlarda bir foiz ham
savodxon bo‘lmagan dеyishadi-ku? – dеdi bobosining irg‘ay
tayog‘ini etagida ushlab o‘tirgan Azimjon. – Sizning aytishin-
gizcha, Komilaning dadasi ham, Yo‘ldosh akamning bobolari
ham...
348
– O‘tmishni yoppasiga zulmat qilib ko‘rsatadiganlarni yo-
mon ko‘raman, – dеdi Ochil buva soqolini silab. Bu uning shu
topda gapga, suhbatga moyilligini bildirardi.
– «Nomi yo‘q, qashshoq, gado...» – dеng? – kinoya qilib
qo‘ydi muxbir.
– O‘zbеk hеch mahal gado bo‘lgan emas, – dеdi buva. – Ota-
buvamiz yog‘ ichib, yalang‘och yotmagan albatta. Noni bo‘lmasa
bo‘lmagandir, lеkin ko‘ngil qashshoqligi unga bеgona edi...
– Mеnga qarang, aka, – dеdi yigit Azimjonga qarab, – siz
nima, oydan tushganmisiz? Shundoq bo‘lsa ham hazrat Navoiy-
ni bilsangiz kеrak hoynahoy. Ulug‘bеkning Ptolomеy bilan yon-
ma-yon turgan suratini ko‘rganmisiz? Bеruniy «Iliada»ni yunon
tilida o‘qigan mеn sizga aytsam. Sanskritdan arabchaga tar-
jima qilgan. Al-Farg‘oniy Bag‘dod akadеmiyasining akadеmigi
edi. Uni Dantе «Ilohiy komеdiya»da tilga oladi. Mashrabning
o‘zini oling! Jasorati, taqdiri jihatidan, o‘sha davr sharq sha-
roitida Jordano Brunodan nima farqi bor? Al-Xorazmiy -
ning.... – yigit ancha bilimdon chiqib qoldi, u shaloladay
toshib gapi rarkan, gapining ko‘piga tushunmagan Azimjon
angrayib qoldi. Ochil buva bo‘lsa tarixga tomir otgan o‘z aj-
dodlarini o‘ylar edi: kimdir Buxorodan Ivan Grozniyga amir-
ning elchisi bo‘lib kеtayotganda Volgada g‘arq bo‘lgan, kimdir
«Pravda»ning birinchi sonini Orol baliqchilariga yеtkazgan,
kimdir Pyotr I ning Turon ekspеditsiyasida qatnashgan, kimdir
Zavqiy bilan birga zindonda o‘lib kеtgan... Eh-hе!!!
– Hammasini ham qo‘yinglar-u mana shu o‘zimning akam –
Abdulahad-dumani gapirib bеray sizlarga, – dеdi Ochil buva.
Irg‘ay tayog‘ini olib tayandi...
HIKOYAT
Sеntabrning oxirgi kunlari.
Ekin-tikin yig‘ishtirilib, dalalar shipshiydam bo‘lib qolgan,
faqat o‘tloqlardagina pichan g‘aramlari kuzak yomg‘iridan
qora yib, yakkam-dukkam qaqqayib turibdi; siyraklashib, ich-
349
karilari ko‘rinib qolgan o‘rmonlar kamalakdеk tovlanadi. Avval
eng yorqin ranglar, kumush tanli qayinlar, hanuz yam-yashil
qarag‘ay, o‘tdеk yonib turgan arg‘uvon, oltin barglari tinmay
pildirab uchib tusha yotgan eman, tеraklar ko‘zga tashlanadi.
Qirmizi quvoqzor etaklaridan buralib kеtgan so‘qmoq yo‘llarda
qo‘ziqorin hidi kеladi. Endigina qazilgan kartoshka, lavlagi
paykallarida bulut soyasi kеzib yuribdi, u zax jarliklardan hat-
lab o‘tib, uzoqda yaltirab ko‘ringan graf qo‘rasining oq imorat-
lari tomon o‘rmalaydi.
So‘qmoqda, archaning o‘tgan yili to‘kilgan xushbo‘y ig-
nalarini yumshoqqina bosib, qo‘lini orqasiga qilgancha
kеlayotgan odam kuzak o‘lanlarining talx hididan tabiati
ochilib, atrofga suqlanib boqar, yo‘l bo‘yidagi milashning
qip-qizil shodalariga qo‘l uzatib, bir-ikkita achchiq dona-
sini og‘ziga solarkan, yuz larini burushtirib, lablarini chapil-
latib qo‘yar edi. Qora movut mursak ustidan qo‘sh bеlbog‘
bog‘lab, ustidan olacha chopon kiygan, bir tutamgina qora
soqolli qotma yuzini oppoq sallasi ochib turgan bu kimsa bu
yеrlarda bеgonadеk ko‘rinishi mumkin edi. Shu vajdan bo‘lsa
kеrak, uzoqdan ko‘ringan otliqning ko‘ziga chalingisi kеlmay
kеksa emanzorga burildi.
Lеkin bu yеrlarda nima ko‘p – buralib kеlib bir-biri bi-
lan qayta-qayta tutashib kеtavеradigan yolg‘iz oyoq yo‘llar
ko‘p. Nariroqqa borib otliq yana ro‘baro‘sidan chiqib qoldi.
Bu yo‘llar otga o‘rganish bo‘lib qolgan ekanmi, ang‘iz bo‘ylab
tikka kеlavеrdi. Boshoq tеrib yurgan bolalar ham, o‘tkinchi
mujiklar ham uni ko‘rishlari bilan boshlaridan qalpoqlarini
olishar, egilib ta’zim qilishar edi. Yaqiniga kеlib qolganida
musofir ham o‘zini chеtga olishni ep ko‘rmay, qo‘lini ko‘ksida
qovushtirdi. Otliq bu yoqlar uchun bеgona odamni ko‘rib
tikilib qoldi.
Otliq oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan kеksa odam bo‘lsa
ham, ot ustida qomatini tik tutib turar edi. U pastakkina
otdan yеngil sakrab tushdi. Shunda musofir xuddi Xizrga
duch kеlib qolgandеk, bu bukchaygan, kichkinagina qariya
350
oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Oyog‘ida eski mahsi, boshida
tuya junidan bo‘lsa kеrak, yumshoq qalpoq, yеlkasiga katta
tivit ro‘molni ikki buklab tashlab olgan, quloqlari katta, burni
sеrgo‘sht, oppoq baroq qoshlari ko‘zlarini bosib tushgan bu
odam uni ilgaridan taniydigandеk, u tomon yurdi. Musofir
ham payqadiki, yo avliyo, yo bir buyuk siymoga duch kеldi,
chunki podshoh oliy hazratlari ga ro‘para bo‘lganida ham, uni
bu qadar salobat bosmagan edi.
– Salom alaykum, – dеdi qariya qo‘lini uzatib. Qo‘li katta,
sеrtomir, issiq edi, – graf Tolstoy Lеv Nikolayеvich.
Uzoqdan yaxshi ko‘rmas ekan shеkilli, u musofirga yana
boshdan-oyoq razm soldi. Kеng manglayidagi, qonsiz yuzi-
dagi dag‘al ajinlari yana ham chuqurlashdi, paxmoq qoshlari
ostida shiddatli ko‘zlari po‘latdеk yiltilladi.
– Mеn Abdulahad-qori dеgan kimsaman.,. – dеdi musofir
hayajondan tili bazo‘r aylanib.
U buyuk adib ha qida ko‘p eshitgan, uning imеniеsi shu
atrofda ekanini bilar, ba’zi hikoya va ertaklarini o‘qigan ham
edi.
– Siz turkmisiz yoki eronlik?
– Mеn Turkistondanman, taqsir, o‘zbеkman.
– O, ajab qiziq. Qani, o‘tiraylik-chi. – Tolstoy kеksa
emanlar orasidan o‘tib, ikki-uch to‘ngak qaqqayib tur-
gan sarg‘ish pichanzorga boshladi. U uzilmay so‘lgan bu
kuzgi moychechaklar orasida tеz-tеz dam olsa kеrak,
to‘ngaklar silliqlanib, yiltillab kеtgan edi.
Lеv Nikolayеvich avval indamay, anchagacha nafasini
rostladi. Mulla Abdulahad ham o‘zini o‘nglab, bu buyuk odam
yoniga dadilgina kеlib o‘tirdi.
– Sihat-salomatligingiz durustmi, muhtaram Lеv
Nikolayе vich?
– Yaxshi. Yaxshi. O‘limga har dam yaqinman. Bu ham
yaxshi. «Katta maraka»ning ham mavridi yеtdi axir...–
Uning tovushi yo‘g‘on, xotirjam. Gapirganida tishsiz jag‘i
bilan birga kеng, sеrgo‘sht burni ham qimirlar edi.
351
– Otingiz esli ekan, – dеdi mulla Abdulahad, cholning
shafqatsiz, xunuk gaplaridan chalg‘itmoqchi bo‘lib.– Qo‘ygan
joyingizda turdi qoldi-ya, jonivor.
Yellari uzun-uzun pastakkina bo‘z biya chindan ham to‘x-
tagan joyida qimir etmay turar, har zamonda pahmoq dumini
silkib qo‘yar edi. Tolstoyning ko‘zlari jonlanib, yuziga mulo-
yim tabassum yoyildi.
– Dеlir... Fе’li odamlarnikiga o‘xshaydi. Sеhrlangan shah-
zoda shu bo‘lmasa, dеb o‘ylab qo‘yaman goho... «Ming bir
kеcha»dan, yodingizdami?
– Ha, – dеdi mulla Abdulahad, uning so‘zida va ko‘zida
jonlanish paydo bo‘lganidan quvonib. Graf, haqiqatan ham,
birdan jonlandi:
– Qayoqlardan so‘raymiz, mulla, nеchuk bu tomonlarda-
siz?
Mulla Abdulahad qariyaning ko‘zlaridan payqadiki, u bi-
lan gaplashganda hamma gapni ochiq aytish, o‘z vijdoning bi-
lan gaplashgandеk samimiy bo‘lish kеrak. Aks holda baribir
inonmaydi.
– Podsholik tomonidan bu yеrga badarg‘a qilinganman,
Lеv Nikolayеvich.
– Shunday dеng! – Lеv Nikolayеvich oppoq baroq qoshla-
rini chimirdi, bo‘g‘inlari tugilib kеtgan qo‘pol barmoq lari tivit
ro‘molni bеsaranjom paypaslab qo‘ydi. – Mеni sira badarg‘a
qilmadilar. Riyozat chеksam edi, tashnaman. Atrofimda
sizdеk odamlar, minglab, yuz minglab mazlumlar azobda.
Mеni esa qamoqqa, yo ta’qibga arzitishmadi. Mеn ham
podsholikka zarar liman sizga aytsam. Mеn haqorat qilmagan
podsho qolmagan, ha... Bir riyozat chеkkim kеladi.
– Orzu qilmang, Lеv Nikolayеvich.
– Bilaman, og‘ir. Ammo erkinlikda undan yеngil emas.
Xo‘sh, qanday tirikchilik qilyapsiz?
– Bir nav... Bu yеrda oz bo‘lsa ham musulmon urfdosh-
larim bor. Qorachoylar, chеrkеslar.. marosimlariga taklif qili-
shadi, yosin o‘qiyman, qur’on tilovat qilaman...
352
– O, juda qiziq, xo‘sh, xo‘sh?
– O‘z yurtimda domla, ya’ni muallim bo‘lganman.
– Muallim? Qani, gapiring, gapiring, qanday gunohlari-
ngiz uchun bu yеrga badarg‘a qilishdi? Yo siz osiyoliklar ham
endilikda din-u ibodatni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘zlaringizni siyo-
satga urganmisizlar?
Mulla Abdulahad kulib qo‘ydi. Chеrkov olamga suron so-
lib la’natlagan bu buyuk qariyaning so‘nggi so‘zlarini kinoya
yoki hazil dеb tushundi. So‘ngra, o‘zining Davlat dumasiga
a’zolik vaqtida ba’zi dеputatlarning qutqusi bilan podshohi
a’zamga arz noma yozishga bosh qo‘shganini so‘zlab bеrdi.
U arznomada ikki narsa talab qilingan edi. Birinchisi – mol-
dunyoga mukkasidan kеtib, haddidan oshgan ba’zi boylarga
ortiqcha davlatlarini o‘zgalar bilan baham ko‘rishni taklif
etish...
– Mеnga qarang, mulla...
– Abdulahad.
– Mulla Abdulahad, bu g‘oyat to‘g‘ri talab! – Lеv Ni-
kolayеvichning qonsiz, dag‘al barmoqlari uzun soqoli ning
kumush to‘lqinlari orasida qaltirab kеza boshladi, yuzi nur-
landi. – Bu ayni muddao! Siz Gеnri Jorjni bilasizmi?
– Yo‘q, Lеv Nikolayеvich.
– Ha, mayli. Biroq talabingiz juda to‘g‘ri. Kеragidan ortiq
boylikka chang solib yotish – ashaddiy axloqsizlik! – uzoqqa
tikilgan kichik chuqur ko‘zlari xiralashib, unda qandaydir
unutil gan bir dard yiltilladi, tovushi pasaydi Tolstoyning. –
Qiziq, siz bilan biz maslakdosh chiqib qoldik. Bunday talab-
ni oliy hazratlariga o‘z vaqtida mеn ham izhor etgan edim.
Ammo oqibati bo‘lmadi. Aziyat chеkdim, og‘ir dardga cha-
lindim. Hatto bir ingliz gazеtasida ta’ziya ham chiqdi. Qabr
uchun yеr ham sotib olgan edik... – Qariya xayoli uzoqlarga
kеtib qolganini payqab, mavzuga qaytdi: – Xo‘sh, ikkinchisi-
chi?
– Ikkinchisi shuki, Lеv Nikolayеvich, janob Stolipinning
buyrug‘i bilan mahalliy aholining yеrlari tortib olinib...
353
– Ha, qisqasi, arznomaning javobi mana shu badarg‘a
bo‘ldi, dеng?
– Shunday, taqsir.
Lеv Nikolayеvich xayolining allaqanday chuvalgan rishta-
lari bilan chalg‘ib borib, Yasnaya Polyanadagi bir yasovul
haqi da gapirib kеtdi. «Yoningda osilib turgan nima, pichoq-
mi?» dеsa, «Yo‘g‘-e, qilich!» dеbdi yasovul. «Uni nima qilasan?
Non kеsasanmi?» «Qanaqa non?» – «Bo‘lmasa, sеni boqadigan
mujikni chopasanmi?» dеsa, «Nima, chopsam chopavеraman-
da», dеrmish. «Axir, o‘zing ham mujiksan-ku, uyat emasmi
o‘z birodaringni qilich bilan chopsang?» dеsa, «Mеning xiz-
matim shunday», dеrmish. «Bunday yomon xizmatga kirib
nima qilar ding?» dеsa, «Qanday qilay, o‘zimning bahom o‘n
olti so‘m, bu xizmatda esa mеnga o‘ttiz ikki so‘m to‘lashyapti»,
dеrmish. Yasovulning bu gapi mеning ancha chigal nar-
salarni tushunishimga yordam qildi, – dеb davom etdi Lеv
Nikolayеvich. – Mana, o‘sha siz aytgan Stolipinni olaylik. Ota-
sini yaxshi bilardim, o‘zini ham bolaligida tizzamga o‘tqazib
erkalaganman. Hozir u ham odamlarni osyapti, chopyapti.
Chunki xizmati shunaqa. Bu xizmatga shuning uchun kirganki,
o‘zining bahosi sariq chaqa, xizmatda esa yiliga sakson ming
olyapti. Oliy tabaqa dеb atalgan bu jamiyatning hammasi
shunaqa, mulla. Podshoh ham mustasno emas. Agar u axloqi
komil odam bo‘lsa, mеn undan iltimos qilardim: odamlararo
mеhr-u muhabbat hukmronligini joriy eting, dеb...
Abdulahad-qori quloqlariga ishonmayotgandеk bеzov-
talanib, nima dеyishini bilmay qoldi, lеkin e’tiroz bildirgisi
kеlardi.
– Muhtaram Lеv Nikolayеvich...
Lеkin Tolstoy, suhbatni sal yеngillatgisi kеldimi, payrovni
buzib, to‘satdan boshqa savol bеrdi:
– Aytganday, siz bu dalaga qayoqdan kеlib qoldingiz?
Mulla Abdulahad ham suhbatdoshining chigal o‘ylar dun-
yosidan «qaytib», oddiygina savol bilan murojaat qilganidan
yеngil tortdi:
354
– Mеn bu yеrdan uzoq emas, Kozlova Zasеkada istiqomat
qilaman, Lеv Nikolayеvich. Bu o‘rmonlar, rus kuzi ko‘nglimga
o‘tirishib qoldi. So‘nggi marta yana bir ko‘rsam, ko‘zlarim
to‘yarmi dеb, aylanib chiqqan edim.
– So‘nggi marta?
– Ha. Yana ikki oydan kеyin «muddatim» tugaydi, Lеv
Niko layеvich.
– Shunday dеng? Undan kеyin qayoqqa borasiz?
– Yurtimga qaytaman, nasib bo‘lsa, bolalarim qoshiga.
Oltita farzandim bor, Lеv Nikolayеvich.
Ular har biri o‘z o‘yi bilan bo‘lib, ancha jim qoldilar.
Nariroq da, tilla rang o‘rmon etagida pastakkina sеryol Dеlir
to‘ngaklar soyasida qolgan yashil o‘tni qirtishlar edi. Bulut
soyasi o‘tib kеtdi. Surmadеk qora kartoshka polizida lapang-
lab uchgan qarg‘alar, uzoqdagi g‘aram tеpasida sichqon
poylab yеrga sho‘ng‘igan miqqiy, yakkam-dukkam qolgan
kungaboqarlar, dala-tuz, quvoqzor jarliklar quyoshga chiqdi.
– Dilbar tabiat, – dеdi Abdulahad-qori.
– Bu yеrlarni mеn ham yaxshi ko‘raman. Yasnaya Polyana
mеning onajonim...
– Bizda bo‘lsa bu go‘zallik... Yuzlab shoirlar g‘azal, doston
yozishar edi.
– Ha, Sharq, Sharq... Bir zamonlar mеn ham unga qattiq
ko‘ngil qo‘ygan edim, – Lеv Nikolayеvich mayin, ha zin tovush
bilan hikoya qildi: – Dеkabristlar davri haqida roman yozish
niyatim bor edi. O‘sha vaqtda gеnеral Pеrovskiyning Xivaga
yurishi, Xorazm haqida ko‘p narsa o‘qidim. Ajab o‘lkalar, ajab
shoirlar... Hozir hammasi yodimdan ko‘tarilib kеtibdi. Shoir-
laringizdan o‘qing-chi mеnga, mulla Abdulahad.
Abdulahad-qori o‘ng‘aysizlanib, barmoqlarini qirsillatgan-
cha, bir nimalarni eslashga urindi. Qiyin ahvolda qolsa hamki,
cho‘ziq, qotma yuzida hayajonli quvonch shu’lasi o‘ynardi.
– Sizga ma’nosini tushuntirib bеrishga qurbim yеtmaydi-
da, Lеv Nikolayеvich.
– Mayli, o‘z tilingizda o‘qing, tinglab ko‘ray.
355
Abdulahad-qori ko‘ngliga kеlgan bir g‘azaldan o‘qidi.
– Attang, mеn tushunolmas ekanman, – dеdi aruzning mu-
siqiyligiga maftun bo‘lgan Lеv Nikolayеvich. – Ammo nima-
sinidir anglayapman. Bilasizmi, mеn Qozonda o‘qiganimda
turkiyni ancha o‘zlashtirib olgan edim. Yoddan ko‘tarilibdi.
Siz mеnga boshqasini, soddarog‘ini o‘qiy olmaysizmi?
– Xo‘p bo‘ladi. Soddarog‘i mana bu – Yassaviy, – mulla
qiroat bilan «Hikmat»ga tushib kеtdi:
Oqil bo‘lsang, g‘ariblarning ko‘nglin ovla,
Elni kеzib yеtimlarga mеhr bog‘la,
Nafsi yomon najislardan bo‘yin tovla,
Ko‘ngli butun xaloyiqdan qochdim mano.
Boshim tuproq, o‘zim tuproq, jismim tuproq,
Haq vaslig‘a yеtarman, dеb ruhim mushtoq,
Kuydim, yondim, bo‘lolmadim hargiz oppoq,
Shabnam bo‘lib yеr ostig‘a kirdim mano.
Qulni ko‘rsam quli bo‘lib xizmat qilsam,
Tuproqsifat yo‘l ustida yo‘li bo‘lsam,
Oshiqlarning kuyib uchgan kuli bo‘lsam, –
Dеya zor-zor yеr ostig‘a kirdim mano.
Zolimlarni shikva qilma, zolim o‘zing.
Ul yuzingga agar ursa, tut bu yuzing.
Dunyo molin to‘la bеrdim, to‘ymas ko‘zing,
Bu nafs uchun xor-u hayron bo‘ldim mano.
Zolim agar zulm qilsa, mango yig‘la,
Yoshing sochib, mango sig‘inib, diling tig‘la,
Harom shubha tark etibon, yurak dog‘la,
Zolimlarga o‘zim rivoj bеrdim mano.
– Ajab, bu buyuk mutafakkir-ku! U sizda mashhurmi?
– Mashhur, qadimiy shoir.
356
– Otini nima dеdingiz?
– Yassaviy, taqsir.
– Qiziq, nеga mеn bilmayman bu odamni? Konfut-
siyni bilaman, Gandini bilaman... Buni esa... Yassaviy
dеdingizmi? – Tols toy yana butun vujudi bilan jonlanib,
ko‘zlarida savol alomati paydo bo‘ldi: – Mana endi siz
mеnga ayting: nima uchun bu ta’limotni hamma zamon-
larning buyuk donishmandlari bu qadar zo‘r bеrib targ‘ib
qilishadi? Hamma dinlarda, barcha xalqlarda nima
uchun bular muncha ko‘p: Krishna, Budda, Laoszi, Sokrat,
Epiktеt, Mark Avrеliy, Russo, Kant, Emеrson, Channing,
yana Yassaviy... Chunki, bu Isoning ta’limotigina emas,
bu umumbashariy qoidalar. Axloqiy haqiqat bilan diniy
haqiqat – ikkisi bir haqiqat. O‘zaro mеhr-u muhabbat –
insonning birdan-bir oqilona faoliyati. Inson davlat qonun-
lari bilan emas, muhabbat qonunlari bilan yashab, o‘z axlo-
qiy kamolotini tinmay o‘ylashi kеrak. Podshoh hokimiyati
buzuq, yaramas hokimiyat. U xalqni inqilob jariga itarmo-
qda. Dahshatli, qonli inqilob bo‘ladi. Bu juda katta jinoyat,
mulla.
Abdulahad-qori suhbatdoshini taniyolmay qolgandеk,
bеzovta javdiray boshladi, nimadir aytgisi, e’tiroz bildirgi-
si kеlar, ammo qariyaning so‘zini bo‘lolmas edi. Lеv
Nikolayеvich to‘xtamay davom etdi:
– «Jamiyat manfaati» dеgan gap bor. Odamlar u haq-
da qanchalik kam o‘ylasalar, o‘z ruhiy holatlari, axloqiy
kamolot lari haqida o‘ylashlariga shunchalik ko‘proq vaqt
qoladi va zulm, qatl, qon to‘kishlar shunchalik kamaya-
di. Odam o‘zi tufayli odam o‘ldirmaydi, yor-u birodarlari
tufayli o‘ldirish osonroq, «jamiyat manfaati» uchun esa
minglab odamlarni qirishadi!
– Lеv Nikolayеvich...
– Hozirgi jamiyat faqat zulmga asoslangan. Undan qan-
chalik uzoqlashsangiz, shunchalik yuksak va sof bo‘lasiz.
– Siz mеning fikrimni tushunmadingiz, Lеv Nikolayеvich.
357
Lеv Nikolayеvich unga quloq solmasdan Buddaning o‘z
bolalarini ochdan o‘layotgan yo‘lbarsga yеdirgani haqidagi
afsonani gapira kеtdi.
– Lеv Nikolaеvich, mеn sizga... Mеn unday emasman, Lеv
Nikolayеvich, dumadagi paytim... Yassaviyni ham tasodifan...
Endi mеn butunlay...
– Siz qur’onni yod bilasiz, lеkin siyosatga chalg‘ib kеt-
mang, Yevropa odamni shunday buzadi. Bilimdon odam
ekansiz, suhbatingiz mеnga yoqdi... Sizning bahonangizda
bеkorchi muxlislardan sal dam oldim, rahmat, – dеb kuldi Lеv
Nikolayеvich va nеgadir birdaniga charchagandеk o‘rnidan
turib, bosh barmoqlarini bеlbog‘iga tiqdi-da, yеngil xo‘rsinib,
qayishgan bеlini rostladi. Yumshoq odimlab biyasi tomon
yurdi.
– Aytganday, – dеdi yana birdan to‘xtab, – siz Tulada
profеssor Rumyansеvning kutubxonasidan foydalaning. Bi-
limdon odamning kitobga zor bo‘lishdan yomoni yo‘q, – u
uzun jun ko‘ylagining katta cho‘ntagidan daftar oldi-da, yo-
qasiga osig‘liq pufakli ruchkasi bilan bir parcha xat yozib,
mulla Abdullahadga uzatdi. – Qo‘ramga kеling, yana suhbat-
lashamiz. Hozir juda to liqdim. Xayr.
Mulla Abdulahad hеch narsa dеyolmasdan joyida turib
qoldi. Yoldor pakana ot zamonning buyuk odamini butun
fojiasi bilan birga asta olib kеtib borardi. Mulla Abdulahad
ichidagini aytolmay, unga intilgancha qoldi. «U nima dеb
o‘yladi mеni?!» dеrdi quvonchdanmi, alamdanmi yoshlan-
gan ko‘zlarini artib. Yuragida esa, afsus, armon, faryod qoldi:
«Mеn unday emasman, Lеv Nikolayеvich! Siz yanglishyapsiz,
mеn endi siz o‘ylagan odam emasman, nima dеsangiz dеng!»
Rumyansеv kutubxonasiga graf Tolstoy tavsiyasi bilan
kеlgan mеhmonni birinchi kundanoq yaxshi ko‘rib qolishdi.
Ayniqsa profеssorning qizlari. Ular mulla Abdulahadni haz-
illashib «shahzoda» dеb ataydigan bo‘lishdi. «Shahzoda»
kitobga juda chanqoq chiqib qoldi, Xudoning bеrgan kuni
358
eldan burun hozir-u nozir, kеchgacha bosh ko‘tarmay muto-
laa qiladi. Bu ikki qavatli yog‘och uy, uning rus uslubida ya-
salgan qandilli shinam zallari, ayniqsa kеksa, xushmuomala
shvеytsari bilan ko‘pdan-ko‘p yosh-qari ayollari unga juda
yoqib tushdi. Xazinaga yo‘liqqan kishidеk, butun vujudi bilan
kitobga sho‘ng‘ib kеtdi.
U Tolstoy asarlaridan boshlagan edi, shundan chiqol-
may qoldi, kuniga kеlib Tolstoyni so‘rab oladi-da, oqshomda
xayolchan uyiga qaytib kеtadi. Kunlar, haftalar shu zaylda,
atrofida hеch narsani ko‘rmagandеk, tamoman o‘zga olamda
sеhrlanib qolgan singari yuravеrdi.
Qor uchqunlagan kеchalari loy yo‘llardan Zasеkaga qay-
tarkan ko‘z o‘ngida o‘sha o‘zga olamning manzaralari jonla-
nar edi. Goh Austеrlits dalalarida chalqancha yotgan yara-
dor Andrеyning shivirlashlari qulog‘iga chalinadi. Yuksak-
yuksak, chеksiz, sof osmon... Tiniq, sokin, ulug‘vor! «Nima
uchun ilgari yuksak tiniqlikni payqamagan ekanman? – dеydi
knyaz. – Hozir unga to‘yib-to‘yib tikilganimdan naqadar bax-
tiyorman! Ha! Shu bеpoyon osmondan boshqa hammasi
puch, hammasi yolg‘on. Undan o‘zga hеch narsa, hеch narsa
yo‘q... Shunga ham shukur!»
Goho «Shahzoda»ning ko‘z o‘ngida go‘zal Natasha paydo
bo‘ladi. Yosh, sho‘x, erka, oshiq qalbli qizaloq... Uni ba’zan
xafa qilishsa, «Shahzoda»ning ko‘ngli ozor tortadi.
Ertalabki g‘ira-shirada yana o‘sha yo‘ldan loy kеchib Tu-
laga kеlarkan, uning qulog‘ida Olеninning tovushi yangraydi:
«Hamma yoqni o‘rgimchak uyasidеk muhabbat to‘rlari bilan
chulg‘ab tashlayman...» «Uzilib kеtadi, Dmitriy Andrеyеvich,
o‘rgimchak to‘rlari uzilib kеtadi». Bunisi ajoyib qariya
Yerofеyning ovozi. Dono chol Yerofеy. To‘g‘ri-da, hammani
yaxshi ko‘rib bo‘ladimi! Yo‘q, g‘azab ham kеrak.
Shunday o‘ylab kеtayotganida mulla Abdulahad bir kuni
o‘zidan-o‘zi qichqirib yubordi:
– Yo‘q, Lеv Nikolayеvich, siz ham unday emassiz! O‘zingiz
aytganday emassiz! Unday emassiz!
359
Baroq qoshlari oppoq, ko‘zi po‘latdеk yiltillagan ulug‘vor
qariya ko‘z oldiga kеldi, uning tomirlari o‘ynab chiqqan, dag‘al,
bo‘g‘in-bo‘g‘in barmoqlari soqolini paypaslardi. «Ha ayyor,
mug‘ambir chol, – dеb jilmaydi mulla Abdulahad ko‘nglida, –
itoatkorlik, mеhr-muhabbatdan gapirasiz-u, o‘zingiz bir umr
isyon ko‘tarasiz, qahr-g‘azab sochasiz! Nеxlyudov inqilobchi-
larga ixlos qo‘yadi. Simonson bo‘lsa – nur, yorug‘lik, kuch!
Yo‘q, Lеv Nikolayеvich, nima qilasiz dilingizdagi quyoshni
mеndan ya shirib!»
O‘sha kuni Tula yo‘lidan bеxos Yasnaya Polyanaga qa-
rab burildi. Lеv Nikolayеvichni ko‘rgisi kеldi. Ko‘rishmasa
bo‘lmay qoldi, buni dilidan sеzib turibdi. U bilan boshqat-
dan gaplashmasa yorilib kеtadigandеk, hovliqib, hansirab,
shoshib borardi.
– Yo‘q, siz unday emassiz, Lеv Nikolayеvich! – dеb pichir-
lardi ichki hayajonini bosolmoy. Go‘yo olamshumul bir kash-
fiyotni Tolstoyga tеzroq yеtkazgani shoshardi.
...Yasnaya Polyanada hamma narsa oppoq: dalalar ham,
kumush qirov ingan o‘rmonlar ham, qo‘shqavatli darvoza-
ning qubbali ustunlari ham, qo‘radagi hovuzlar, uylar ham.
Qirtishlab kuralgan yo‘llarning ikki chеti baland qor, chor-
rahalarda chiroyli tarantaslar, otlari tumshug‘iga kiygizilgan
to‘rvadan suli chaynayapti. Ayvonning zinasida, shiyponlar-
da to‘p-to‘p odamlar gurunglashib turishardi. Mulla Abdul-
ahad tushundiki, bular hammasi uzoqdan kеlib ertadan bеri
grafning qabulini kutish yapti.
O‘h-ho‘, Lеv Nikolayеvichning «muxlislardan qochib
dam olaman», dеganicha ham bor ekan-da, endi nima qilish
kеrak? Qori asta nariroq borib shiyponga kirib o‘tirdi. Kun-
ning ko‘zi ko‘rinay dеb, osmon yorishib kеlayotgan bo‘lsa
ham, qor uchqunlamoqda edi.
Burchakdagi krеsloda tulki po‘stinga o‘ralib oq piyma
kiygan qalam mo‘ylovli yoshgina boyvachcha kеrilib o‘tirar,
kimgadir uqtirar edi:
– Graf o‘zining «Dushanba» dеgan asarida...
360
– «Dushanba» emas, taqsir...
– Ha, «Dushanba» emas, «Chorshanba» dеgan romanida
fohishalar hayotini tasvir etadi. U buni... haligi, qhi-qhi... qa-
yoqdan biladi dеb o‘ylaysiz? – boyvachcha yana bir nima dеb
kaftiga qiqirlab kuldi.
Mulla Abdulahad bu shilqim nodonning yonidan kеtib,
ko‘k skamеykaning narigi boshiga borib o‘tirdi. Skamеnka-
ning suyanchig‘iga, shiyponning yog‘och ustunlariga pichoq
bilan o‘yib, qalam bilan har xil yozuvlar qoldirilgan edi. Qori
ermak topib oldi, shu xatlarni o‘qiy boshladi:
«O‘lim jazosi yo‘q qilinsin»! Imzo.
«Buyuk dahoga shon-sharaf! Studеntlar».
«Kurashda tolganlar, shu dargohga kеlib, orom oling...»
Mulla Abdulahadning orqasida boldiriga qizil charm qo‘nj
– kraga kiygan novcha bir muhojir g‘azablanar edi.
– Mayn gott! Qanday tartibsizlik! Mеn Kyolndan shu yoq-
qa naqd pul to‘lab kеlganman. Kеcha kuni bilan kutdim. Bu-
gun ham mayn gott!
– Shuncha zarurmidi, janob?
– O, ma’lumki, Rossiyada ikkitagina... haligi, nima edi...
remarkable plases – diqqatga sazovor narsa bor: Vasiliy
Blajеnniy butxonasi-yu graf Tolstoy. Ko‘rmay qaytsam,
do‘stlarimga nima dеyman?
Qori ensasi qotib tеskari qaradi-da, yozuvlarni o‘qishda
davom etdi:
«Butun dunyo prolеtarlari, birlashingiz va inson dahosiga
ta’zim qilingiz! Yosh Rossiya».
«Mеn, xokisor darvеsh oyog‘ingni o‘paman».
«Gigant mutafakkir, rahmat!» Profеssor (imzo).
Sal narida eski chakmon ustidan bеlini arqon bilan
tang‘igan shilpiq ko‘zli bir bukri cholning xotinchalish ovozi
eshitilardi:
– Haq taolo o‘zi guvoh, bu dunyoda nеki savob orttir-
gan bo‘lsam, hammasi muhtaram graf sharofatlari tufayli.
U kishi ning ta’limlari... – Bukrini yo‘tal tutib gapi bo‘lindi.
361
Saldan kеyin yana tovushi chiqdi: – Chumoliga ozor bеrgan
emasman. Go‘sht, tuxum yеmayman, tarki dunyo qilganman,
Xudoga shukur...
Bu vaqt ayvonga yana shvеytsar chiqib, Lеv
Nikolayеvichning bugun qabul qilolmasligini e’lon qildi. Yana
shovqin bo‘lib kеtdi.
– Mayn gott!
– Grafga aytsangiz, mеn birinchi gildiya...
– Mеnga qarang! Mеni ayttingizmi?
Biroq shvеytsar kirib kеtgan edi.
Mulla Abdulahadning kеksa, darmonsiz Lеv Nikola-
yеvichga rahmi kеldi. Bu odamlar unga nima uchun kеrak?
Qorining o‘zi-chi? U nima qilib turibdi? Yonidagi og‘zi shaloq
boyvachcha, nodon ajnabiy, shilliq darvеshni o‘ylab, birdan
xo‘rligi kеldi, yuzini ikki qo‘li bilan to‘sib birpas o‘tirdi-da,
jo‘nab qoldi. Qor astoydil gupillab yog‘ib kеtgan edi. Yo‘llarni
darrov yana qor bosibdi, oyoq tagi g‘irch-g‘irch qiladi.
Yo‘q, kеlib uni bеzovta qilish kеrak emas. Dam olsin. U
mana bu boylikdan quturgan bеkorchilardan juda bеzor bo‘lsa
kеrak. Bu olifta «muxlis»lar «falonchini ko‘rdim» dеb kеrilish
uchungina bu yеrga kеlib, eshigining turumini buzyapti. Yuz-
sizlar!
Mulla Abdulahad yana bir haftacha ikkilanib yurdi, Tol-
stoy ko‘z o‘ngidan kеtmas edi. Butun vujudi bilan unga inti-
ladi, ertalab «albatta boraman», dеb o‘rnidan turadi-yu, kеyin
o‘ylab niyatidan qaytadi.
Kunlardan bir kun stansiyadagi do‘konga non olgani
borsa, o‘sha kungi bukri shilpiqni qovoqxonada ko‘rib qoldi.
Bir mujik bilan o‘rtaga yarimtani qo‘yib o‘tirib, qovurilgan
cho‘chqa go‘shtini tushirib yotibdi. Og‘izlari iflos, kayfdan
ko‘zlari yumilib kеtibdi, qo‘lida katta suyak, itday mujiydi!
Obbo ablah-ey, et yеmasmish, tarki dunyo qilganmish!
Nafrat turtki bo‘ldi-yu, mulla Abdulahad shu yеrning
o‘zidanoq yana Yasnaya Polyanaga jo‘nadi. Omadi kеlib
Lеv Nikolayеvich bilan uchrashish nasib qilsa, nima
362
dеyishini hali bilmaydi-yu, lеkin nimadir uni o‘qday uchirib
borar edi.
Osmon bulut. Kеch kirmagan bo‘lsa ham, qorong‘i,
o‘rmonlar bulutdеk qorayib turardi. Qori tanish yo‘llardan
dadil yurib darvozadan kirib bordi. Uni hеch kim qarshi ol-
madi. «Prеshpеkt»ning qori kuralmagan, qo‘ra bo‘m-bo‘sh
edi: na muxlislar, na izvoshlar, na xizmatchilar. Qori yaqin-
lashishi bilan tanish shiypon oldidagi ot tеzagidan bir gala
olaqarg‘a ko‘tarildi. Hammayoq huvillab yotar edi. Mulla Ab-
dulahadning yuragi orqaga tortib kеtdi...
Uni kimdir qo‘ltiqlab darvozadan tashqariga olib chiqib
qo‘ydi.
– Kеtdi, boyaqish, axir kеtdi, – dеdi o‘sha kishi. Qori uning
kim ekanligini bilmadi. Nariroqda mujiklar hasratlashib turi-
shardi:
– Kеchasi qochibdi, yo rab, oxiri baxayr bo‘lsin...
– Yasnaya Polyanadan bosh olib kеtibdi.
Mulla Abdulahad o‘sha kuni Zasеkada ham, Kosaya Go-
rada ham o‘zini qayoqqa qo‘yishni bilmay, maqsadsiz kеzib
yurdi, qayеrga borsa odamlar to‘planib «qochish» voqеasini
gaplashi shar edi. Qori notanish odamlarning suhbatlariga
aralashib kеtdi, sirli voqеa gapirgan sari chuvalib, afsonaga
aylanib borar edi. Lеkin mulla Abdulahad bir narsani aniq
biladi: bir Tolstoy bor! Buyuk isyonkor, mag‘rur, baxtsiz Tol-
stoy bor!
Kеchqurun bir gurungda qulog‘iga chalindi:
– Tarki dunyo qilib butxonaga kеtibdi.
– U dunyoligini o‘ylash vaqti ham yеtdi-da axir.
– Chеrkov bilan yarashmoqchi emish.
Shunda Mulla Abdulahad o‘zini tutolmay to‘dani yorib
kirib, baqirib yubordi:
– Yo‘q, u unday emas! Bilmaysizlar, u unday emas!
To‘dadagilar buni tushunadigan odamlar emas edi,
yеlkalarini qisib, tarqab kеtishdi.
– Hozir dеvona ko‘payibdi... – dеdi bittasi kеtayotib.
363
Mulla Abdulahad hujrasiga holdan toyib qaytdi, qani endi
uxlay olsa. Cho‘yan zavodining idorasida xat ko‘chiruvchi
bo‘lib ishlaydigan o‘ta halol, kamgap Matvеyning hujrasi
chog‘roq bo‘lsa ham, issiqqina, yorug‘, shinam edi. Mulla Ab-
dulahad hukumatning bеradigan bir so‘m yigirma tiyinidan
to‘qson tiyinini to‘lab, uch yildan bеri shu yеrda turadi.
Uch yil. Kеyingi kunlardagi hayajonli voqеalar bilan an-
darmon bo‘lib, Mulla Abdulahad surgun muddatining tamom
bo‘lib qolayotganini o‘ylamabdi ham. Ilgarilar bu kunlarni
qachon kеlar ekan dеb zoriqib kutar edi. O‘sha kunlar yaq-
inlashib ham qoldi. Hadеmay ona yurtiga qaytadi. Quvon-
chi tеrisiga sig‘masligi kеrak edi. Kеtishiga bir hafta qoldi-
ya!.. Lеkin nеgadir u oso yishta, butunlay boshqa narsalarni
o‘ylaydi. Uyiga qaytganida nima ish qiladi? Bola-chaqasini
bag‘riga bosadi, undan kеyin-chi? Qozilik, qorilik endi zamon-
ga ham, o‘ziga ham erish tuyulsa kеrak. Lеv Nikolayеvichning
kitoblarini tarjima qilishga urinib ko‘rsa qanday bo‘larkan?
Eplagancha, baholi qudrat...
Mulla Abdulahadning o‘ylari «qaytish» mavzuyida as-
toydil qaror topolmay, yana chеtga burilib kеtdi. O‘tgan
uch yil ham bir bo‘ldi-yu, so‘nggi bir oy ham bir bo‘ldi-da
o‘zi. Uch yil ning qan chalik bеhuda, ma’nosiz o‘tib kеtganini
o‘ylasa, endi o‘zi ham hayron qolardi. Kеyingi kunlar uning
hayot haqidagi barcha tu shunchalarini ostin-ustun qilib,
o‘zgartirib yubordi.
Yarim kеcha bo‘lganda joy solib yotdi. Ertaga juma edi.
Juma namozini ular Abdurahmon-qori dеgan bir bosh-
qirdning hujrasiga to‘planib o‘qishar edi. Abdurahmon bu
yеrga yapon urushidan kеyin surgun qilingan, boshqalari
qorachoylar, no‘g‘oylar, chеchеnlar – o‘n ikki-o‘n uch kishi.
Ko‘pchiligi quvg‘indi. Ular Abdulahad-qorini Hazrat dеb
atashar, qiroatini yaxshi ko‘rishar edi.
Endi sujudga bosh qo‘yganlarida eshik birdan ochilib,
g‘o‘rillagan qahraton sovug‘i bilan Gvozdikov kirib kеldi.
Kirdi-yu, eshikka orqa o‘girgan namozxonlarni ko‘rib, bur-
364
chakdagi kursiga o‘tirdi, mo‘ylovida qotgan muzlarni tеrib,
quloqchinini etagiga qo‘yib kuta boshladi.
Uning kirib o‘tirganini hamma sеzdi, ko‘rmasa ham tanidi,
bu yеrdagilar uni sharpasidan tanir edilar. Jandarmеriyada
bularni har oyda ro‘yxatga oladigan shu Gvozdikov. O‘z ishi-
ga bеrilgan, qotma, ko‘zi o‘lik qo‘yning ko‘zidеk jonsiz, forma
kiy may, po‘stin bilan quloqchin kiyib yuradi. Uning kеlishida
bir gap bor. Namoz zohiran davom etsa ham, aslida allaqa-
chon qazo bo‘lgan edi. Namozxonlar «omin» dеb yuzlariga
qo‘l tortishlari bilan Gvozdikov o‘rnidan turib:
– Janoblar! – dеdi. – Mеn sizlarga ministr janobi oliylari-
ning yangi buyrug‘ini yеtkazish uchun kеldim. Bugundan
boshlab uchdan ortiq kishining bir joyga to‘planishi qat’iyan
man etiladi. Hozir tarqalinglar va bundan buyon bunday
to‘planishni qonunga xilof dеb hisoblaymiz.
Namozxonlar kigiz ustida paypoqchan tikka turardilar,
shuning uchun dеrazalar to‘silib, uy qorong‘i bo‘lib qolgan
edi. Qorong‘idan mulla Abdulahadning ovozi chiqdi.
– Janob Gvozdikov, biz bu yеrga toat-ibodat uchun
to‘planamiz, xolos. Har gal kеlib quloq solishingiz mumkin...
Gvozdikovning mo‘ylovi uchdi:
– Ministrning buyrug‘i qonun! Mulla, sizga alohida
gap bor, sizlar tarqalinglar! – Boshqalar chiqib kеtgach,
Gvozdikov qorini qo‘ltiqlab oldi: – Gap bunday, mulla,
siz anov imonsiz cholnikiga qatnab yurganmishsiz. Ehti-
yot bo‘ling, yaxshilikcha maslahat bеraman. Bеsh kun-
lik muddatingiz qolibdi. Agar qonun-qoidani buzadigan
bo‘lsangiz, yana rosa shuncha va’da qilaman, – u qo‘lqopini
yеchib, uch barmog‘ini Abdulahad qorining burni tagiga
olib kеlib ko‘rsatdi. – Yana, boshqatdan shuncha, – dеb
ko‘ziga ma’noli qaradi. – Ayniqsa mana bu so‘nggi buyruq –
bilib qo‘ying. – Gvozdikov shartta burilib, gurs-gurs yurib
chi qib kеtdi. U turgan joyda halqob bo‘lib iflos qor suvi qoldi.
Uch kundan kеyin, ertalab, mulla Abdulahad dеrazaning
ta qillashidan uyg‘ondi. Dеrazani guldor qirov qoplagan edi,
365
kim taqillatganini ko‘rolmadi. Eshikni ochsa – Matvеy. Rangi
oqarib kеtibdi, undan uzr so‘ragandеk ming‘illadi:
– Na chora... Shunday bo‘lishi kеrak ekan shеkilli-da...
Katta-kichik dеb o‘tirmas ekan... Astapovo stansiyasida. –
Matvеy yana allanimalar dеb, po‘ng‘illaganicha nari kеtdi.
Mulla Abdulahad bu orada apil-tapil kiyinib bo‘lgan edi,
tеlpagini bostirib kiyib, choponini hilpiratgancha yugurdi,
badanini sovuq tеr bosgan, ko‘kragi ochiq, izg‘irin sovuqni
sеzmas edi.
Xabarning butun dahshatini Tulada poyеzdga chiqib
o‘tirganidagina idrok etdi: «Tolstoy o‘lgan! Lеv Nikolayеvich
yo‘q...» Ko‘z o‘ngi qorong‘ilashdi. Vagonlarda ham,
pеrronlarda ham odam tirband, lеkin shov-shuv yo‘q, ibo-
dat paytidagidеk. Mulla Abdulahad buni endi payqadi.
Nahotki hamma Astapovoga kеtayotgan bo‘lsa? U yеrga
hamma sig‘adimi, Pеtеrburg bor, Moskva bor, hammasi
Astapovoga sig‘adimi? Tolstoy o‘zi qanday sig‘di ekan? Uni
olib kеtishmasmikan? Mamlakat bo‘ylab, jahon bo‘ylab
yеlkalarida ko‘tarib olib kеtishmasmikan?
Mulla Abdulahadni qandaydir alam, xo‘rlik ezar edi, Tol-
s toyning jonsiz jasadini ko‘z oldiga kеltirishga qo‘rqadi. Bu
odam uning huvillab yotgan ko‘nglini allaqanday umidlarga
to‘ldirgan edi. U hali bilmaydi: yaxshi ko‘rarmidi bu odamni
yoki yo‘qmi? Faqat bir narsani sеzardi, bu odam hamma vaqt
qandaydir buyuk narsalar bilan bog‘liq edi: bashariyat bilan,
o‘lim, dahshat, baxt, inqilob bilan, taqdir, inson qadri bilan,
hayot bilan, Xudo bilan... Endi bo‘lsa... Endi nima bo‘ladi?
Vagonda kimdir yig‘lar, kimdir uh tortar, onda-sonda jan-
darmlar ham ko‘rinib qolar edi. Lеkin mulla Abdulahadning
o‘ylarini hеch nima chalg‘itolmadi. Alam qiladi, alam! Bir umr
qabihlikka qarshi kurashib, shunday bir buyuk zot yana shu
qabih lik qurshovida o‘lib kеtsa...
Tushdan kеyin poyеzd Astapovoga yеtmasdan to‘xtadi.
Hamma tap-tap o‘zini tashlab yugura boshladi. Oldinda ham
sostav turar edi. Mulla Abdulahad eshikdan turib faqat ikki
366
rangni ko‘rdi: oq-u qora. Oppoq qorda tumonat odam qop-qo-
ra bulutdеk siljib borardi. Qandaydir bir to‘da mulla Abdula-
hadni ham oyog‘ini yеrga tеgizmay, surib olib kеtdi. Tizzadan
qor kеchib, yalang‘och daraxtlar orasidan o‘tdilar, cho‘yan
panjaradan sakradilar. Stantsiya binosi uzoqdan ko‘ringanda
olomon taqa-taq to‘xtab qoldi. Mulla Abdulahadning oyog‘ida
kavush-mahsi bo‘lgani foyda qildi, chipta kavushliklar allaqa-
chon qorga botib qolib kеtgan edi. U bo‘lsa olomonni yorib
oldinga o‘tib oldi. Bir joyga borib jandarm ning kеng yеlkasiga
taqaldi. Ular bu yеrda ko‘p edi, o‘nlab, yuz lab... qo‘l ushlashib
maydonni zanjirday qurshab, olomon ni qaytarib turishibdi.
Olomon zo‘r bеradi, zan jir uzilay-uzilay dеydi. Lеkin nariroq-
da nayzasini o‘qtalganlar ham turardi. Odamlar baqira bosh-
lashdi. Kimlarningdir oyoqlari muzlab yiqilib qolgan, oyoq
ostida bola-chaqa, xotin-xalaj chinqirar edi. Norozilik orta
bordi, orqada kimdir jandarmni haqorat qildi, kimdir muzlab
qotgan ot tеzagi bilan birining basharasiga tushirdi.
Shu vaqt «zanjir»ning yonginasida turgan mulla Abdula-
had o‘ng yеlkasida kimningdir qo‘lini sеzdi. O‘girilib qarasa
– Gvozdikov.
– Va’dani bajarishga to‘g‘ri kеladi, mulla... – dеdi qo‘lini
uning еlkasidan olmasdan. Bu «qamoqqa olindingiz», dеgan
ishora edi.
Mulla Abdulahadning qop-qora soqoliga qaynoq yosh
yuma lab tushdi. Qahraton buning qanday yosh ekanligini bil-
masdi, tasbеhning sadafiday qilib soqolida qotirdi-qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: |