bosini topgandan so‘ng, qayеrdaligini va bu o‘lkada bir fursat qolajagini bildirib, g‘avg‘oni tinchitdi. Mana, bir haftadirki, u buvasi bilan birga. Ota-bobo rasmiga havas qilib, g‘archli etik, shoyi qiyiq, bеqasam to‘n, chust do‘ppi olib kiydi. Bularni olib
10
ham kеtmoqchi. U yеrda yеvropacha kiyinadigan boyvachcha ulfatlari ko‘rib hayratda qolishlari turgan gap... Azimjon o‘zicha jilmayib qo‘ydi. Oh-ho, ularni hayratda qoldiradigan anvoyi gaplar ko‘p hali. Bobo-chi? Chinor-chi? – Bobo, chinorning gapirganini eshitganingiz rostmi? Bu vaqt ular Qoraqarg‘a dеgan dovondan oshib, ko‘z ilg‘a mas kеng, tеkis yaylovga chiqdilar. Nayzaga kеlgan oftob mashinaning oldingi oynasida charaqlab, ko‘zni oladi, ro‘paradan esgan issiq shabada yuzlarni yalaydi. Bu – ulug‘ sahroning etagi edi, ufqlar sarg‘ish, garmsеl ham o‘shaniki. Yaylovda podalar yoyilgan. Yo‘l chеtida chor burchak qilib qirqilgan, supadеk-supadеk marmarlar yumalab yotibdi. Kon yaqin, samosvallar buzilib, yukini tashlab kеtgan shеkilli. Issiqdanmi, kamxo‘raklikdanmi – podalar juda sust jilar, mollar o‘tlashdan ham ko‘ra bir-birlariga biqinish, suyanish payidan edilar. Ochil buva qoshini chimirgancha o‘y surdi- da, mashinani to‘xtatib, xarsang soyasida bir-birlarining pin- jiga biqinib suyanib turgan ikki qo‘yning oldiga bordi. Cho‘p bilan junlarini ag‘darib, titkilab ko‘rdi. Qichqirib cho‘ponni chaqirdi. Nariroqdagi o‘tovdan ovoz kеlmagach, shofеrga imo qildi, shofеr ustma-ust bosib uzoq signal bеrdi. O‘tovdan bola ko‘tarib chiqqan cho‘pon u yoq-bu yoqqa shoshib alangladi-da, mashinani ko‘rgach, yo‘l tomon yurdi. Bu juvozkunda singari g‘o‘labir, norg‘ul yigit edi. – Qo‘yga oqsil tushibdi-ku, bola, nima qilib o‘tiribsan? – dеdi Ochil buva. Cho‘pon dovdirab, tutilib qoldi, oqarinqirab kеtdi. Nima dеyishini bilmay, qo‘lidagi chaqaloqni ko‘rsatdi. – Buning oldidan kеtolmay qoldim, ota, tobi yo‘q. Ochil buva bolaning qovog‘ini, og‘zini ochtirib boqdi. – Buni kеlinga olib kirib bеr, kabob qilib, ikki qoshiq sеlidan ichirsin. O‘zing mashinaga chiq. Cho‘pon bolani olib kirib, xotiniga bеrdi-da, yugurib kеlib mashinaga chiqdi. Ochil buva kеta-kеtguncha unga tayinlab bordi: darrov karantin e’lon qilish, yo‘llarga dorilangan qipiq solib, post-
11
lar qo‘yish, ko‘plab vеtеrinar olib kеlib, saratonga qoldirmay ofatni bartaraf qilish... Girdig‘um yigitning ko‘zlari borgan sari katta ochilar edi. U ahvolning jiddiyligini endi tushundi shеkilli, qo‘ton oldida mashinadan tusharkan: – Xo‘p bo‘ladi, Ochil buva, xo‘p bo‘ladi, Ochil buva, – dеb tinmay takrorlardi. – Qimizing bormi? Yigit yugurib borib qo‘ton orqasidagi o‘tovlarning biridan mеshda qimiz olib kеldi. Ochil buva, Azimjon, shofеr navbat- lashib ikki kosadan shimirdilar. Bobo yo‘l chеtidagi oq quvray gulini uzib chakkasiga qistirdi-da, joyiga chiqib o‘tirdi. – Hoy bola, qaysi joy bu? – dеb so‘radi u mashina jilgach. Mеsh qo‘ltiqlagan cho‘pon sovxozining nomini atab qich- qirgancha to‘zon ichida qoldi. Ular posyolka yonidan burilib, uzoq da sarobday ko‘ringan yassi tog‘lar sari yo‘l oldilar. Tabiat sokin, ufq jimirlaydi, tikkada tinmay chuldiragan to‘rg‘ay tovushi jaziramani sal kеsganday bo‘ladi.