123
Misr bilan aloqalar.
Amir Temur bilan Misr
sultoni Bar-
quq o‘rtasidagi
rasmiy aloqalar 1385-yildan boshlangan edi.
1386–1405-yillar mobaynida Amir Temur va Misr sultonlari,
shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan
25 marta maktub va elchilar almashuvi bo‘ldi. Amir Temur
Misr sultoni
Barquq bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi,
savdogar va tijorat ahllari bemalol bordi-keldilarini amalga
oshirishlari, bundan keyin o‘rtada hech qanaqa ixtilof va adovat
harakatari bo‘lmasligi haqida takliflar bildirib o‘z elchilarini
jo‘natgan edi. Biroq
Sulton Barquq Amir Temur jo‘natgan
elchilarni
qatl etib, takliflarni rad etadi. Keyinchalik Amir
Temur Sulton Boyazid ustidan g‘alaba qozongach, Misr o‘z
itoatkorligini izhor etadi.
Dostları ilə paylaş: